Astanaqulova zuhraxon baxtiyorjon qizi


Lateral fikrlash tahlim texnologiyasi. L



Download 0,64 Mb.
bet56/59
Sana01.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#628561
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
01 МАГ ДИСС ЗУХРАХОН Узуликсиз таълимда технология фанини ўқитишда

3. Lateral fikrlash tahlim texnologiyasi. Lateral fikrlash ta’lim texnologiyasi, yag’ni, lateral fikrlash – bu ta’limga ijodiy yondashuv bo’lib, ta’lim oluvchini mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. U “yon tomondan fikrlash”, “nostandart fikrlash”, nuqtai nazar o’zgarishi va “g’oyalarni ijodiy topish” jihatdan ustuvor vertikal fikrlashni kengaytiruvchi muhim to’ldiruvchi hisoblanadi.
Lateral fikrlashning metodik maqsadi esa, ma’lumotlarni qayta ishlashning an’anaviy, odatiy yo’lidan farqli bo’lgan yo’l orqali alternativ, ijodiy, nostandart g’oyalarni yoki takliflarni yaratish hisoblanadi.
Lateral fikrlash texnologiyasida ijodiy fikrlash va ish-harakatni amalga oshirishni fikrlar orqali tavsifi yoritiladi. SHu o’rinda vertikal(bitta yechim) va lateral(bir nechta yechim yo’llari) fikrlash tipologiyasi ishlab chiqilgan. Lateral fikrlash ta’lim texnologiyasini amalga oshirish bosqichlari yoritilgan. Lateral fikrlash texnologiyasi avvalo, bo’lajak texnologiya fani o’qituvchisining innovatsion faoliyatga tayyorlashda o’qituvchi tomonidan qo’yilgan pedagogik vazifalarga yangi yoki nostandart yechimlarni topishda hamda mustaqil ta’limni tashkil etishda nostandart o’quv vaziyatlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.


III –BOB BO’YICHA HULOSALAR.
Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyat ko’rsatuvchi pedagoglarni tayyorlashda o’quv fanlarini o’qitish jarayonida tadbiq etiladigan innovatsion ta’lim texnologiyalari, jumladan, muammoli o’qitish(muammo va muammoli vaziyat), loyixalash(Juftlik, kichik guruxlar, jamoada o’quv loyixalarini tayyorlash), modul-kreditli o’qitish(modul va modullar dasturi) va hamkorlikda(komandada o’qitish, kichik guruxlarda o’qitish) o’qitishning innovatsion ta’lim texnologiyasi, shuningdek, Vebinar va grafikli orgonayzer strategiyasi ta’lim texnologiyalardan talabalarni o’qitish jarayonida foydalanish muvoffaqiyat bilan davom etmoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyat ko’rsatuvchi pedagoglarni tayyorlashda innovatsion ta’lim texnologiyalarini dars jarayonida foydalanish bo’yicha quyidagi hulosalarga kelindi:

  • an’anaviy ta’lim texnologiyalarida o’quv maqsadlari pedagogning bilim berishga yo’naltirilgan bo’lsa, “Modulli o’qitish ta’lim texnologiyasi” esa ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, kasbiy faoliyatga yo’naltirilgan bo’ladi.

  • texnologiya fani darslarida izonit texnikasi mahsulotlarini tayyorlashda “Grafikli orgonayzer strategiyasi” mavzusini bayon etishda “Vebinar texnologiyalaridan foydalanish talabalar bilim sifati va ta’lim samaradorligini oshirishda alohida ahamiyatga ega.

  • faoliyatga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasining asosiy mohiyati shundaki, bunda talabalar aniq o’quv vaziyati bo’yicha mustaqil ishlash, fikr bildirish, xulosa qilish va natijalarni taqdimot qilish jarayonlari o’rganish jarayoni o’rganilgan.

  • Lateral fikrlash ta’lim texnologiyasi, bu ta’limga ijodiy yondashuv bo’lib, bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchisining innovatsion faoliyatga tayyorlashda o’qituvchi tomonidan qo’yilgan pedagogik vazifalarga yangi yoki nostandart yechimlarni topishda hamda mustaqil ta’limni tashkil etishda nostandart o’quv vaziyatlarini ishlab chiqish masalalari o’rganilgan.

Lateral fikrlash texnologiyasi avvalo, bo’lajak texnologiya fani o’qituvchisining innovatsion faoliyatga tayyorlashda o’qituvchi tomonidan qo’yilgan pedagogik vazifalarga yangi yoki nostandart yechimlarni topishda hamda mustaqil tahlimni tashkil etishda nostandart o’quv vaziyatlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnologiya fani darslarida izonit texnikasi mahsulotlarini tayyorlashda interfaol metodlar(Grafikli orgonayzer strategiyasi)dan foydalanib izotexnika (ip grafikasi) asosida izonit texnikasining ip grafikasi usulida tikish jarayoninii o’rganish uchun burchak, doira va kamon shaklidagi tasvirlarni chizish va ularni to’ldirish bilan izonit tasvir va buyumlar tayyorlash ko’nikmalarini shakllantirish va malakalarini hosil qilish jarayonida yangi bilimlar hosil qilish masalalari tahlil etildi.
SHuningdek, pedagogik turkum fanlarni o’qitishda qo’llaniladigan keyslarni ularning xarakteriga ko’ra B.Blum taksonomiyasi (bilish-tushunish-anglash-tahlil-sintez-qo’llash tizimi)ga muvofiq o’quv-keyslarini quyidagi guruhlarga ajratish tavsiya etilgann:

  • pedagogik bilimlardan xabardorlikni aniqlashga yordam beradigan keyslar;

  • ta’lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat va hodisaning tarkibiy elementlari o’rtasidagi o’zaro birlik, aloqadorlikni anglash hamda tahlil qilishga yo’naltirilgan keyslar;

  • pedagogik faoliyat, hodisa yoki jarayon mohiyatini tushunish holatini belgilashga xizmat qiladigan keyslar;

  • ta’lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat va hodisaning tarkibiy elementlarini tizimlashtirish, sintezlash, bosqichlarni izchil ifodalashni taqozo etadigan keyslar;

  • pedagogik bilimlarni amalda qo’llash, mavjud ko’nikma va malakalarni to’laqonli namoyon etishga doir keyslar.

Pedagogik turkum fanlarni o’qitishda ushbu keyslardan samarali, maqsadli va o’rinli foydalanish uchun zarur sharoitlar mavjudligi aniqlandi. Bunday keyslarning bayoni, shunga ta’luqli savollari va o’qituvchining keys yuzasidan yechimi va tavsiyalari izohlangan.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish