Astanaqulova zuhraxon baxtiyorjon qizi


Texnologiya fanini o’qitishning noan’anaviy ta’lim metodlari



Download 0,64 Mb.
bet37/59
Sana01.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#628561
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
01 МАГ ДИСС ЗУХРАХОН Узуликсиз таълимда технология фанини ўқитишда

2.2.Texnologiya fanini o’qitishning noan’anaviy ta’lim metodlari
Noan’anaviy dars o’tish metodlari quyidagilardan iborat: (Konferentsiya darsi, Seminar darsi, Texnika vositalari yordamida dars o’tish, Darslarda kasbga yo’naltirish, Eksprimental darslarini o’tishi, Bahs-munozara darsi, Ilmiy-fantastik kitoblar ustida ishlash, o’ylab top (evrika), o’yinchoqlar yordamida dars o’tish va boshqalar).
Yuqorida nomlangan metodlardan ayrimlarini ko’rib chiqaylik.
Konferentsiya darsi. O’quvchilarning ijodiy ishlashga ko’mak beruvchi usullardan biri, maktablarda konferentsiya darsini tashkil etish va o’tkazishdir.
Konferentsiya darsi quyidagi yo’nalishda bo’ladi:
a) an’anaviy shaklda konferentsiya darsi;
b) mahsus mavzuni ilmiy jihatdan o’rganish;
v) kasbga qiziqtirish darsi.
Konferentsiya darsi o’quvchilarning kitob ustida mustaqil ishlashga, olam yangiliklari bilan tanishtirish va o’quvchilarning bilish faoliyatini kengaytirishga katta yordam beradi.
Konferentsiya darsining muvaffaqiyatli o’tishi uning sifatiga, tayyorgarlik darajasiga bog’liq. Bunday tayyorgarlikka quyidagi bosqichlar kiradi:

  • konferentsiya darsining vazifalari va unda muhokama qilinadigan savollar doirasini aniqlash;

  • O’qituvchining tegishli adabiyotlarni o’rganishi;

  • o’quvchilar o’rtasida ma’ruzani to’g’ri taqsimlash;

  • o’quvchilar uchun qo’shimcha moslamalar berish;

Konferentsiya darsining mavzusi shunday tanlanishi kerakki, u birinchidan qiziqarli, ikkinchidan, uni atroflicha va chuqur o’rganishga erishish, uchinchidan, mavzuning texnika va xalq xujaligidagi ahamiyati yoritib berilishi lozim.
Seminar darsi. O’quvchilarda mustaqil bilim olish va kitob ustida ishlash ko’nikmasini hosil qilishda seminar darsi yaxshi natija beradi.
Seminar darsi hozirgi zamon talabiga javob beradigan dars turlaridan biri bo’lib, o’quvchilarni mustaqillikka o’rgatadi, qo’shimcha adabiyotlar, jurnallar, ommabop kitoblar, ma’lumotnoma (spravochnik) lardan foydalanishga odatlantiradi. O’quvchi o’rgangan materiallarini xulosalash, texnika va turmushga bog’lash, muammoli savollarni to’g’ri hal qilishda ijodiy yondashishga harakat qiladi.
Seminar darsining maqsadi o’quvchilarni adabiyotlardan, qo’llanmalardan mustaqil konspekt olishga, O’quv predmetini chuqurroq o’rganish, egallagan bilimlarini umumlashtirishga o’rgatishdan iborat.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish