Ob’ektlarni avtomatik boshqarish funksional chizmasini tuzish
Apparatura komplektida qo‘shimcha raqamli indekslarning berilishi qo‘yidagi ketma – ketlikda amalga oshiriladi: datchik, o‘lchovchi yoki rostlovchi asbob, qayta ulagich va hokazo. Avtomatlashtirish sxemasining (AS) pozitsion belgilanishi loyihaning barcha materiallarida saqlanadi. Asbobning yoki
qurilmaning (qo‘lda boshqariluvchi qurilmalardan tashqari) belgilanishdagi birinchi raqam o‘lchanayotgan kattalikning nomi hisoblanadi. Qo‘lda bajariladigan ishlar uchun mo‘ljallangan qurilmalarning (knopka, boshqarish kaliti va boshqalar) harfiy belgilanishi N harfidan boshlanishi kerak. Asbobning funksional belgilarining harfiy belgilanishining joylanish tartibi I, R, C, S, A ketma – ketlik bilan belgilangan. Chizmalarda iloji boricha chiziqlar kam bo‘lishi yoki kesishishi kerak. Agar prinsipial chizmalarda chiziqlar ko‘payib ketsa, adres usulidan foydalaniladi, bunda joyiga o‘rnatilgan asboblarda, ko‘rsatilgan gorizontal chiziqdan 40... 80 mm masofada, bog‘lanish yo‘llari uziladi. Xuddi shu masofada o‘lchash uchun impuls olish joyi va ijro etuvchi mexanizmlar o‘rnatilgan yrdan bog‘lash chiziqlari uziladi. Bog‘lash chiziqlarining raqamli adreslari qo‘yi va yuqori uzunliklarga mos ikkita gorizontallarda joylashadi. Uzilish yerlarida chapdan ungga tartib bilan ortib boradigan qilib nomerlar yoziladi.
Nazorat – o‘lchash asboblarining to‘g‘ri tanlangani haqida oldindan fikr yuritish maqsadida bog‘lash chiziqlarining quyi kesmalari yonida o‘lchanayotgan texnologik parametrlarning eng yuqori miqdorlari ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, bu ma’lumotlardan o‘lchash asboblarining shkalasini tanlaganda foydalanish mumkin.
Issiqlik almashish apparatlarining kompyuterli modellarini tuzish
Haroratning fazaviy bir jinsli boMmagan maydonlari ta’siri ostida yuzaga keladigan, issiqliklarni tashishning o‘z - o‘zidan yuz beradigan jarayoniga issiqlik almashish jarayoni deyiladi.
Issiqlik tashishning miqdoriy o‘lchami o‘tish yo‘nalishiga perpendikular bo‘lgan birlik yuzadan birlik vaqt ichida o‘tadigan issiqlik miqdoriga teng va o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi q issiqlik oqimi zichligining vektori hisoblanadi.
Issiqlik almashish apparatlarini hisoblashning muhim masalasi harorat maydonlari T(t,x,u,z) ni aniqlash, shuningdek, issiqlik oqimlari q(t,x,u,z) ni topish hisoblanadi. Agar q oqim maydonining zichligi ma’lum bo‘lsa, unda issiqlik tashishning yig‘indisi Q ni ixtiyoriy sirt orqali hisoblash qiyin emas.
Issiqlik almashish masalasining matematik ifodalanishi tashish va saqlanish qonunlariga asoslanadi. Mos chegaraviy shartlar tadqiq etilayotgan obyektning boshlang‘ich holati va uning atrof- muhit bilan o ‘zaro ta’sirini belgilaydi.
Issiqlik almashish nazariyasi uzluksiz (tutash) muhitlar modellariga asoslanadi. Bu molekulalar o‘rtasidagi masofa qaralayotgan tizimning, hattoki uning elementar hajmlarining xarakterli olchamlaridan juda kichikligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |