Asm korxonalari faoliyatining tahlili


Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini baholash ko’rsatgichlari



Download 48,69 Kb.
bet6/10
Sana10.07.2022
Hajmi48,69 Kb.
#767557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Soatqulov Farzod ASm kurs ishi

2.3. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini baholash ko’rsatgichlari
Asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajasi oshgan sayin ishlab chiqarish rivojlanib, uning hajmi oshib boradi. Shuning uchun asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligi darajasini o’rganish asosida mavjud imkoniyatlarini aniqlash katta ahamiyatga ega. Ushbu bo’limda asosiy vositalardan (fondlardan) foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarini hisoblash usullari va tahlil qilish yo’llari yoritildi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi quyidagi 3 ta ko’rsatkich bilan ifodalanadi:
1. Fond qaytimi (FQ) – bu yalpi mahsulot hajmini (YaM) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatiga (AIF) nisbati tariqasida aniqlanadi:
Bu ko’rsatkich 1 so’mlik asosiy fondlar hajmi hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot hajmini (summasi) bildiradi. Ushbu ko’rsatkich tahlil etilayotgan davrda oshgan bo’lsa, asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining oshganligini bildiradi.
2. Fond sig’imi (FS) – fond qaytimini aksini ifodalovchi ko’rsatkichdir:
Bu ko’rsatkich 1 so’mlik yalpi mahsulot hajmiga to’g’ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari summasini bildiradi. Ushbu ko’rsatkich pasaygan bo’lsa, bu fondlardan foydalanish samaradorligini oshganligini ko’rsatadi.
3. Fond rentabelligi (FR) – sof foydani (SF) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik hajmiga (AIF) bo’lish orqali aniqlanadigan ko’rsatkich:
Bu ko’rsatkich 1 so’mlik asosiy ishlab chiqarish fondlari hisobiga olingan sof foyda summasini bildiradi.Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarining tahlili solishtirish va zanjirli bog’lanish usullari yordamida amalga oshiriladi.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarining har-bir turi bo’yicha hisobot yilidagi ko’rsatkichini bazis yilidagisiga solishtirib o’zgarishi aniqlanadi, so’ngra o’zgarishning sabablari topiladi. Omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» yoki «Indeks» usullaridan foydalanib, aniqlash mumkin. Biz asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining tahlilini uning asosiy ko’rsatkichi bo’lgan fond qaytimi misolida ko’rib chiqamiz. Hisobot yilidagi fond qaytimini bazis yilidagi fond qaytimiga solishtirib, uning umumiy o’zgarishi (oshgan yoki kamayganligi) aniqlanadi:
bunda, AIF0, AIF1 – mos holda bazis va hisobot yillaridagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati (hajmi);
YaM0, YaM1 – mos holda bazis va hisobot yillaridagi yalpi mahsulot qiymati (hajmi).
Bu o’zgarish ikki omil hisobiga sodir bo’ladi:
1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik hajmining o’zgarishi;
2. Yalpi mahsulot hajmining o’zgarishi.
Fond qaytimining o’zgarishiga omillarning ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulidan foydalanib aniqlaymiz. Omillarning ta’sirini aniqlashdan oldin «Shartli fond qaytimi» ko’rsatkichini aniqlab olish zarur. Buni aniqlash uchun bazis yilidagi yalpi mahsulot hajmini hisobot yilidagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish kerak:
Fond qaytimining o’zgarishiga birinchi omilning, ya’ni asosiy fondlar hajmi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli fond qaytimi ko’rsatkichidan bazis yilidagi fond qaytimi ko’rsatkichini chegirib tashlash kerak:
Fond qaytimining o’zgarishiga ikkinchi omilning, ya’ni yalpi mahsulot hajmi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi fond qaytimi ko’rsatkichidan shartli fond qaytimi ko’rsatkichini chegirib tashlash kerak:
Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi fond qaytimining umumiy o’zgarishiga teng kelishi shart. Shu hisob-kitoblardan so’ng fond qaytimi dinamikasining o’zgarishiga xulosa qilinadi, uni oshirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.
Asosiy vositalarni yangilash tezligi korxonalarning ishlab chiqarish, investitsion va innovatsion faolligiga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy vositalarni muomaladan chiqarishning optimal muddatlari ilg‘or texnikalardan foydalanish asosida kengaytirilgan ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga imkon beradi. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini umumiy tavsiflashda fond qaytimi, fond sig‘imi, fondlar rentabelligi, mahsulotlar o‘sishining bir so‘miga to‘g‘ri keladigan solishtirma kapital qo‘yilmalar kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi natijasida yuzaga keluvchi nisbiy iqtisod (qo‘shimcha ehtiyoj) ham hisoblanadi. Tahlil jarayonida yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar dinamikasi, ularning darajasi bo‘yicha reja bajarilishi o‘rganiladi, korxonalarning qiyosiy tahlili amalga oshiriladi.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini yanada chuqurroq tahlil qilish maqsadida fond qaytimi ko‘rsatkichi barcha asosiy vositalar, ishlab chiqarish yo‘nalishidagi fondlar, ularning aktiv qismi (mashina va uskunalar) bo‘yicha aniqlanadi.
Fond qaytimi – asosiy ishlab chiqarish fondlarining 1 so‘m (1000 so‘m)iga to‘g‘ri keladigan bir yilda (yoki boshqa davr) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidir. Uni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: .
q f Q F A =
Bu yerda, Fq – fond qaytimi; Q – ulgurji narxlardagi mahsulotlar (ish, xizmat) hajmi; Af – asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati. Fond qaytimini hisoblashda shuni nazarda tutish talab qilinadiki, asosiy vositalar qiymatida xususiy va ijaraga olingan mablag‘lar hisobga olinadi, konservatsiyadagi, shuningdek, boshqa korxonalarga ijaraga berilgan asosiy vositalar hisobga olinmaydi. Fond qaytimi dinamikasini baholashda boshlang‘ich ma’lumotlar taqqoslama ko‘rinishga keltiriladi. Mahsulot hajmini ulgurji narxlar va 256 strukturaviy o‘zgarishlar o‘zgarishiga, asosiy mablag‘lar qiymatini esa qayta baholash koeffitsiyentiga tuzatish talab qilinadi.
Ayrim iqtisodchilar fond qaytimini sotilgan mahsulotlar, foyda, shuningdek, natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishdan kelib chiqqan holda aniqlashni taklif qiladilar. Natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishdan kelib chiqqan holda aniqlangan fond qaytimi ko‘rsatkichi asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini to‘g‘riroq aks ettiradi. Biroq bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan ushbu ko‘rsatkichning qo‘llanilish doirasi chegaralangan. Sanoatning aksariyat tarmoqlarida fond qaytimi qiymat ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. Fond qaytimini hisoblash uchun sotilgan mahsulotlar ko‘rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiq emas, chunki qator yillar uchun dinamikada bu ko‘rsatkich hajmni turlicha bahoda aks ettiradi.
Fond qaytimini korxona foydasi bo‘yicha ham hisoblash mumkin. Asosiy faoliyat bo‘yicha foyda . Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati Fr = Mablag‘lardan samarali foydalanishning boshqa ko‘rsatkichi fond sig‘imi hisoblanib, u asosiy vositalar o‘rtacha qiymatini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati bilan aniqlanadi (fond qaytimiga teskari ko‘rsatkich) : .
f s A F Q =
Fond sig‘imini dinamikada hisoblash va baholash o‘ziga xos alohida o‘rin tutadi. Fond sig‘imining o‘zgarishi mahsulot hajmining bir so‘miga asosiy vositalar qiymati o‘sishi yoki kamayishini ko‘rsatadi va asosiy vositalarda mablag‘larni nisbatan tejab qolish yoki ortiqcha sarflash miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi. Asosiy vositalarni nisbatan tejab qolish (ortiqcha sarflash) miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Tn ( Af) = ( Fs1 –Fs0 ) x Q1 .
Bu yerda, Fs1 ,Fs0 – haqiqatdagi va bazis davrdagi fond sig‘imi; 257 Q – haqiqatdagi mahsulot hajmi. Asosiy vositalar qiymatining o‘sish sur’ati bilan mahsulot ishlab chiqarish o‘sish sur’atining nisbati fond sig‘imining chegaraviy ko‘rsatkichini, ya’ni mahsuotlarning 1% o‘sishiga asosiy vositalar o‘sishini aniqlashga imkon beradi. Agar fond sig‘imining chegaraviy ko‘rsatkichi birdan kam bo‘lsa, asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi ortadi va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti o‘sgan hisoblanadi. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi keyingi ko‘rsatkich fond bilan qurollanganlik ko‘rsatkichi hisoblanib, fond qiymatining xodimlar soniga nisbati sifatida hisoblanadi.
Fond bilan qurollanganlik ko‘rsatkichi xodimlarning umumiy soni bo‘yicha ham, asosiy ishlab chiqarish xodimlarining soni hisobida ham aniqlanishi mumkin. Ushbu ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlarini taqqoslash xodimlar soni tarkibidagi o‘zgarishlarni ularning o‘zgarmas miqdorida asosiy vositalar bilan ta’minlanganligiga ta’siri haqida mulohaza qilishga imkon beradi. Fond qaytimi, fond bilan qurollanganlik va mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani kuzatish uchun fond qaytimi formulasini hosil qilish lozim (surat va maxraj xodimlar soniga bo‘linadi): . u q qur Q M Xs F F Av Xs
Bu yerda, Q – mahsulot (ish, xizmat) hajmi; Av – asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha qiymati; Xs – xodimlar soni; Mu – mehnat unumdorligi; Fqur – fond bilan qurollanganlik. Shunday qilib, fond qaytimini mehnat unumdorligining fond bilan qurollanganlikka bo‘linmasi sifatida tasavvur qilish mumkin. O‘z navbatida, fond qaytimi mehnat unumdorligiga to‘g‘ri proportsional, fond bilan qurollanganlikka esa teskari proporsional bo‘ladi. Fond qaytimini oshirish uchun mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati uning 258 fond bilan qurollanganlik bo‘yicha o‘sish sur’atini ortda qoldirishi zarur.


Download 48,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish