Plazmatik hujayralar yoki plazmotsitlar
Plazmotsitlar sut emizuvchilarda va xususan, odamda ko’p uchrovchi hujayra turidir. U murtaklarda, taloq, limfa tuguni, jigar, ichakning shilliq qavatida va boshqa a’zolarida uchraydi. Plazmatik hujayralar oval yoki yumaloq shaklga ega bo’lib, yadrosi ekssentrik joylashadi. Hujayra sitoplazmasi to’q bazofil bo’yaladi.
Elektron mikroskopda plazmotsit sitoplazmasida juda yaxshi rivojlangan donador endoplazmatik to’r, Golji kompleksi va erkin ribosomalarni ko’rish mumkin. Golji kompleksi atrofida lizosomalar ham uchraydi. Plazmotsitlarning asosiy vazifasi immu-noglobulinlar yoki antitelolar ishlab chiqarishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |