Arxeologiya va etnologiya fanidan savollarga javoblar. Tosh davri xususiyatlari


Mezolit - bu davr o'rta tosh davr (mil.av. 11-7ming yilliklar orasi) ham deyiladi. Mezolitda



Download 175,5 Kb.
bet11/17
Sana20.03.2022
Hajmi175,5 Kb.
#503167
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
101 arxeologiya 100 200

Mezolit - bu davr o'rta tosh davr (mil.av. 11-7ming yilliklar orasi) ham deyiladi. Mezolitda o'q-yoy kashf etilgan va bu o'sha davr odamlari hayotida buyuk burilish bo'ldi, chunki ovdan keladigan yemaklik hajmi ortdi. Tosh qurollar va ularni yasash takomillashdi, hayvonlarni qo'lga o'rgatish boshlandi. ... Bu davr arxeologik yodgorliklari Zarafshon quyi oqimida "Kaptarning qumi", shuningdek, Nomozgohtepa Qoratepa (Turkmaniston) kabilarda o'rganilgan. 
32. Antik davr Markaziy Osiyo yodgorliklari.
O’rta Osiyo hududida mil.av. IV– milodiy IV asrlarga oid yodgorliklarda keng miqyosda arxeologik tadqiqotlar olib borildi. O’zbekiston hududida M.E.Masson rahbarligida Termiz arxeologiya ekspeditsiyasi, Ya.G’.G’ulomov nomidagi Arxeologiya institutining arxeologiya guruhi O’zbekistonning barcha viloyatlarida, S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Xorazm vohasida V.M.Masson rahbarligida Baqtriya ekspeditsiyasi, G.A.Pugachenkova rahbarligida Xamza nomidagi san’atshunoslik ekspeditsiyasi xodimlarining Surxondaryo viloyatidagi faoliyatlarini qayd etish mumkin. XX asrning 30 yillari boshlari va o’rtalarida M.E.Masson rahbarligidagi Termiz arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi xodimlari eski Termizning qal’a qismida qazish ishlarini olib borib, mil.avv. III asrga oid ashyolarni olishga muvaffaq bo’ldilar. Shu bilan birga, Kushon davriga oid Ayritomda qazish ishlarini olib bordi, natijada noyob ashyolar, ya’ni «arfa chalayotgan ayol» haykali topilgan.1937–1940 yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya- etnografiya ekspeditsiyasi Amudaryoning qurib qolgan o’zani Aqchadaryo havzasidagi tarixiy obidalarni ro’yxatga oldi, arxeologik xaritaga joylashtirdi, Jonbos qal’a, Tuproq qal’a yodgorliklarida qazish ishlarini olib bordi. Ekspeditsiya a’zolari 1946 yildan 1991 yilgacha bo’lgan tarixiy davrda Qo’yqirilgan qal’a, Ko’zaliqir, Ayozqal’a 1, 2, 3, Qalaliqir, Quyisoy-2 yodgorliklarida keng miqyosda qazish ishlarini olib bordi. Qo’yqirilgan qal’a o’zining rejalashtirilishi, me’moriy inshooti bilan diqqatga sazovor. S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari keng miqyosda tarixiy obidalarni ro’yxatga olishni olib bordi, natijada 400ga yaqin obidalar topilib, ular antik va o’rta asrlarga oiddir. 1967 yildan boshlab O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filialining arxeologik guruhi Qoraqalpog’iston va Xorazm viloyati hududida arxeologik qidiruv va qazish ishlarini olib bordi. E.Bijanov Ustyurtdagi qadimgi tosh davri manzillarini, V.N.Yagodin Kerdar madaniyati, Xorazm va ko’chmanchilar aloqalari, A.V.Gudkova Tokqal’a, G.Xo’janiyazov Qo’rg’oshin qal’a, Burli-qal’a, Akchingul yodgorliklarida, M.Mambetullaev Katqal’a, Tuprokqal’a, Voyangan Tuprokqal’a (Xiva), Olmaotishgan-2, Xiva, K.Sobirov Katqal’a, Tuproqqal’a, Xazorasp yodgorliklarida arxeologik qazish ishlarini olib bordilar.
33. O’zbekistonning eneolit davri yodgorliklari o’xshash madaniyatlari.
Hozirgi Sarazm qishlog‘i Zarafshon vohasining yuqori qismida0 ‘zbekiston bilan Tojikistonning chegara hududida joylashgan. Shuqishloqda istiqomat qiluvchi Ashurali Toyloqov 1976 yili o‘z tomorqasiva qo‘shnilarining hovlilaridan topilgan sopol siniqlari, bronza bolta vapichoqlarni olib, Panjikent muzeyiga topshiradi. Bu topilmalar darhololimlarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi va 1977 yilda tojikistonlikarxeologlar tadqiqot ishlarini boshlab yuboradilar. U erda 1977 yildan
beri Tojikistonlik arxeolog Abdulla Isaqov tadqiqot ishlarini olibboradi. Keyinchalik bu erda fransuz va amerikalik olimlar hamhamkorlikda tadqiqot ishlarini olib bordilar.
Sarazm qishlog‘i 90 gektar maydonni egallagan bo‘lib, lOtepalikdaniborat. Bu erda aholi eneolit davridan ilk bronza davrigacha yashagan.Birinchi bosqichda Sarazm qishlog‘iga asos solinadi. Bu davrdaqishloq atrofi mudofaa devori bilan o‘ralib, guvaladan qurilgan bir
xonali uylari boMgan. Uylar yaqinida xilxonalar boMgan. Qishloqhududidan sirtiga qora va qizil bo‘yoqlar turli geometrik naqshlarsolingan sopol parchalari, misdan yasalgan qurollar, mis oyna, oltin va
kumushdan yasalgan taqinchoqlar, qimmatbaho toshlar-bronza, lazuritva serdolikdan yasalgan munchoqlar topilgan. Bu topilmalarTurkmanistonning Anov II moddiy buyumlariga ancha o ‘xshaydi.
Olimlar bu davrning xronologiyasini radiokarbon usulida aniqlaganlar.U mil.avv. 3100-2930 yilliklarga mansub bo`lgan. Shundaymakonlar Zarafshonning quyi oqimida ^Kaptar ko‘li va Katta
Tuzkon-35 mavzelari atrofining 4 ta joyidan eneolit davri makonlari topilgan. Bu yodgorliklar 1960 yillarning boshlarida A.Asqarov vaOMslomovlar tomonidan o‘rganilgan. Bu joylardan miloddan avvalgi
III- II ming yillikning chegarasida iste’qomat qilgan eneolit davriurug‘ jamoalarining kulbalari qoldiqlari topilgan. Moddiy buyumlar -yorg‘uchoqlar, o‘roq, pichoq qadamalari, mis mehnat qurollarining
siniqlari taqir va qum ustida sochilib yotgan.Eneolit makonlari Buxoro viloyatining Lavlakon, Beshbuloq vaZamonbobo I makonlaridan ham topilgan.
34. Bronza davrining umumiy tavsifi
Bronzaning kashf etilishi ibtidoiy janioa xo‘jaligida buyuko‘zgarishlarga olib keldi. Bu insoniyatning iqtisodiy hayotigaginaemas. balki siyosiy, madaniy, ma’naviy hayotida ham tub o‘zgarishlar yasadi.Bronzaning tarkibi mis va qalay qorishmasidan iborat boMgan.
Eng yaxshi bronzaning tarkibida 90% mis va 10 % qalay boMgan.U dastlab miloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida Mesopatamiyada (ikki daryo oraligMda) kashf etilgan. Bronza qurollar qattiqva ularga ishlov berish oson boMganligi uchun mis qurollarni siqib
chiqardi. Shuningdek, bronza misga nisbatan past haroratda erigan.Mis 1084 gradus haroratda erisa, bronza 700-900 gradusda erigan.Uning bunday past haroratda erishi, uning har bir xo‘jalikdaqurollar yasash imkonini bergan. Bu esa mehnat, jangovor qurollarning turi ko‘payishiga va samaradorligining oshishiga olib kelgan.Bronza maxsus qalin sopol idish—tigellarda eritilib, sopolqoshiqlar orqali tosh va sopoldan yasalgan qoliplarga solingan.
Bronza qoliplarga yopishib qolmasligi uchun qoliplarga mumiyosurtilgan va bronza qolipdan oson ajralgan .Jahon tarixida bronza davri miloddan avvalgi III ming yillik
oxirlaridan boshlanadi. Bu davrda Qadimgi Misr, Mesoptamiya,Kichik Osiyo va Eronning janubi-g‘arbida davlatlar shakllanib, quldorlik jamiyati keng ravnaq topgan edi. 0 ‘zbekiston hududidaesa bu davr miloddan avvalgi II ming yillikning I choragida
boshlanib, miloddan avvalgi VIII asrlargacha davom etadi.Shuningdek, jamiyat taraqqiyoti ham o ‘ziga xos tarzda davometgan. 0 ‘rta Osiyoning janubiy hududlarida dehqonchilik madaniyati
ravnaq topib, ilk shahar madaniyati tarkib topdi. 0 ‘zbekistonningjanubiy-sharqiy va markaziy hududlarida, ya’ni Samarqand,Farg‘ona, Qarshi vohasi hududlarida ilk shahar madaniyati izlari
so‘nggi bronza davriga kelganda vujudga keldi. Ungacha buhududlarda ko'chmanchi chorvadorlar madaniyati, ya’ni Andronovava Tozabog‘yob madaniyatlari aholisi yashab kelgan. 0 ‘zbekistonningshimoliy hududlarida cho‘l va dasht chorvachilik xo‘jaligi etakchio ‘rinni egallagan. Zarafshon, Sirdaryo va Amudaryo etaklaridaso‘nggi bronza va ilk temir davrida chorvador qabilalar o‘troqlashib,sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlaganlar va ular asosidaqishloqlar tashkil etiladi. Bronza davri xo‘jaligining eng katta yutug‘i bu dehqonchilik
madaniyatining keng yoyilishi va unihg chorvachilikdan ajralibchiqishidir. Bu jarayon fanda birinchi ijtimoiy mehnat taqsimotideb nomlanib, miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmidasodir boMgan. Ijtimoiy mehnat taqsimoti birinchi navbatda tabiiy
sharoit muhitidan kelib chiqib ixtisoslashdi. 0 ‘rta Osiyoning janubiyva janubi-g‘arbiy tumanlari dehqonchilik madaniyatining o‘choqlarigaaylandi. Uning cho‘l va dasht zonalarida chorvadorlar va 0 ‘rtaOsiyoning shimoli-sharqiy, shimoli-g‘arbiy, markaziy hududlaridagidaryo etaklarida dehqonchilik madaniyati tarkib topa boshladi.Dehqonchilikdan chorvachilikning alohida soha boMib ajralibchiqishi qonuniy zaruriyat bo`lgan.
35. Temir davrining umumif tavsifi
Mehnat qurollari ishlab chiqarishda temiming kashf etilishi o‘shadavr ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tub o‘zgarishlarning asosi bo‘ldi.Tem irdan. foydalanish natijasida jamiyatning social-iqtisodiy
hayotida katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Ikkinchi yirik mehnat taqsimoti sodirbo‘ldi. Dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqdi. Bu o ‘znavbatida mehnat unumdorligining oshishiga, tovar ayirboshlashningjonlanishiga, xususiy mulkning rivojlanishiga, davlatning mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi. Temir davri boshlarida Osiyo va Evropaninghamma joylarida mustaxkam istehkomlar qurilgan, shaharlarrivojlangan.Umuman, odamlar temir bilan eneolit davridayoq tanish boMganlar,lekin uning amaliy ahamiyatini bilmaganlar. Tabiatda sof temir, faqat
meteoritlarda uchraydi. Osmondan tushgan buyum esa, ibtidoiy odamlaruchun muqaddas buyum sanalgan. Temirdan ishlangan taqinchoqlar,munchoqlar qadimgi Sharqda iste’qomat qilgan qabilalamingqabrlaridan topilgan. Temir to mil.av. 1 ming yillikgacha aholi uchun
noyob zeb-ziynat buyumlari yasash uchun material sifatida ishlatibkelingan. Mil.av. XIV asrlarga oid Misr, Mesopotomiya va Egey dengiziatrofida temirdan ishlangan buyumlar uchraydi. Bunday buyumlarItaliyada mil.avv. XII asrda, Germaniya, Skandinaviya va Rossiya
hududlarida X asrlarda paydo boMgan.Temiming ommaviy ravishda qoMlanilishi esa, mil.av. IX asrgato‘g‘ri keladi. 0 ‘rta Osiyo hududida ilk temir buyumlari mil.av.
VIII asrlarga oiddir.Temir tabiatda ruda holida juda ko‘p uchraydi, deyarli ibtidoiy
qabilalar yashagan barcha hududlarda mavjud boMgan. Lekin qalay va
mis ayrim hududlardagina mavjud boMib, bu qabilalarga o‘zlariga etarli
xoni-ashyo olishda qiyinchiliklarni tug‘dirgan. Bronzaga ishlov berish, temirga ishlov berishdan ko‘ra, ibtidoiyodam uchun oson kechgan, chunki bronza 700-800 S da, mis 1084 S da
erigan, temir esa 1530 S da erigan. Shu sabab dastlab temirnieritmasdan ishlov berganlar va u sargMsh va bo‘sh metall shaklidabolgan. Ibtidoiy davrda rudadan temirni ajratib olish jarayonining kashfetilishi, eng buyuk kashfiyot boMgan. Bu kashfiyot asosida esa temir
rudasiga dam berish usuli yotadi. Dam berish usulidan ba’zi joylardasoMiggi bronza davridan foydalanib kelingan. Dam berishda bosqonliqo‘radan foydalanilgan. Temir qurollarga o‘tish ko‘pchilik mamlakatlarda uzil-kesil dehqonchilikka oMish uchun zarur sharoit yaratib bergan. Evropadao'rmonzorlarda ekin maydonlarni kengaytirish imkonini bergan. Erlarga
■shlov berish sifatini oshirgan. Unda so‘qa va omochdan keng
foydalanilgan. So‘qa yordamida erlar chuqur va sifatli haydalgan.
Omoch yordamida esa, egatlar xosil qilingan va toshloq, qattiq erlarga
■shlov berish oson boMgan. Temir so‘qa tishlar mil.av. VIII asrlarga oid
Osur podsholari saroyidan topilgan. Oddiy temir harbiy va mehnat qurollari uchun yumshoqlik qilgan.Yunon tarixshunosi Polibiy mil.av. Ill asrda galliyalik jangchilar qilich
bilan bir urgandan keyin uni oyogM bilan to‘g ‘rilab olishga majbur
boMganligini yozib qoldirgan.Biroq ko'pchilik davlatlarda ilk temir davridayoq po‘lat ishlatila
boshlangan. Temirni o‘choqda bir necha marta qizitib va uni bir nechamarta sovuq suvga solib toblab poMat xosil qilingan.
36. Arxeologik manbalar haqida ma’lumot bering
Arxeologik m anbalar arxeologik yodgorliklardir, ya’ni insontomonidan yaratilgan turar-joy qoldiqlari, odamlar yashagan g‘or vaungirlar, mehnat qurollari, sopol idishlari, san’at obidalari, qoyatoshrasmlari, shuningdek, moddiy materialga bitilgan yozma manbalar
ham kiradi. Arxeologlar kishilik madaniyati tarixini o‘rganishdamoddiy va yozma manbalarga tayanib ish ko‘radilar.Arxeologiyada qadimgi buyumlarni o‘rganish birdan bir maqsad
qilib olinmaydi, topilmalarni tilga kiritish va o‘sha zamon nafasinitiklash arxeologiyaning asosiy maqsadidir. Shuning uchun topilmalartarixiy tadqiqotlar uchun faqat manba sifatidagina ilmiy qimmatgaega bo‘ladi. Buyumlarning yoshi, nimaga ishlatilgani, qanday uslubdayasalganini aniqlash tadqiqotning zarur tayyorgarlik bosqichihisoblanadi.

Download 175,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish