Arthropoda tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Qisqichbaqasimonlar



Download 128,95 Kb.
bet3/4
Sana12.07.2022
Hajmi128,95 Kb.
#782516
1   2   3   4
Bog'liq
ис ичба асимонларнинг ташки тузилиши

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Bo‘g‘imoyoqlilarning tashqi tuzilishiga xos belgilarni ko‘rsating.
2. Bo‘g‘imoyoqlilarning bosh bo‘limi qanday tuzilgan?
3. Bo‘g‘imoyoqlilar tanasi necha bo‘limdan iborat.
4. Bo‘g‘imoyoqlilar tipining sistematikasi to‘g‘risida ma’lumot bering.
Ikkinchi sаvоl bo‘yichа dаrs mаqsаdi: Qisqichbaqasimonlar sinfi vakillarining yashash muhiti, o‘ziga xos tuzilish belgilari, tana bo‘g‘imlari va bo‘limlari, ko‘payishi hamda rivojlanishi to‘g‘risidа tаlаbаlаrdа tаsаvvur va tushunchа hоsil qilish.
Ikkinchi sаvоl bаyоni:
Jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata) kenja tipi. Jabra bilan nafas oluvchilar azaldan suvda yashovchi hayvonlar hisoblanadi. Ularning jabralari parapodiy o'simtalarining o'zgarishidan kelib chiqqan. Bir qancha juda mayda vakillarining jabralari bo'lmaydi; ular tana yuzasi orqali nafas oladi. Quruqlikda hayot kechirishga moslashgan turlari (zaxkashlar) o'ziga xos tuzilgan traxeyalar orqali nafas oladi. Bu kenja tipga faqat qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi kiradi.
Qisqichbaqasimonlar birlamchi suv hayvonlari hisoblanadi. Asosiy ko‘pchilik turlari suvda yashaydi; ayniqsa dengizlarda keng tarqalgan. Ular chuchuk suvlarda ham uchraydi. Bir qancha vakillari quruqlikda hayot kechiradi (zaxkashlar, ayrim krablar). Qisqichbaqasimonlar (kalanuslar, diaptomuslar, dafniyalar, sikloplar) dengiz va chuchuk suv planktonining 90 % idan oshiqroq qismini tashkil etadi. Ko‘p turlari suv tubida harakat qilib hayot kechiradigan bentos hayvonlar hisoblanadi (daryo qisqichbaqasi, omarlar, krablar, langustlar). Mo‘ylovoyoqli qisqichbaqasimonlar esa o‘troq hayot kechiruvchi bentos hayvonlarga kiradi. Turli krevetkalar suv qa'rida suzib yuradi. Qisqichbaqasimonlar orasida suv hayvonlari tanasida parazitlik qilib hayot kechiradigan turlari ham bor.
Qisqichbaqasimonlar ko‘pchilik dengiz hayvonlari, jumladan, baliqlar uchun asosiy oziq hisoblanadi. Yer yuzida eng yirik hisoblanadigan tishsiz kitlar ham mayda plankton qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Krevetkalar, krablar, omarlar va daryo qisqichbaqalari oziq ovqat sifatida ovlanadi.
Qisqichbaqasimonlar bosh qismida ikki juft mo‘ylovlari rivojlangan, jabralari yordamida nafas oladi. Tipik vakili daryo qisqichbaqasi hisoblanadi. Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvlarda yashaydigan qisqichbaqasimonlarning yirik turlaridan hisoblanadi. Qisqichbaqa kimyoviy moddalar bilan ifloslanmagan daryo va ko‘llarda hayot kеchiradi. U tungi hayvon bo‘lib, kunduzi suv ostidagi daraxtlarning ildizi yoki toshlar ostida yashirinib yotadi; tunda esa ovga chiqadi. Qisqichbaqalar hammaxo‘r, ular suvo‘tlari, chuvalchanglar, hasharotlarning lichinkalari bilan oziqlanadi; hidni yaxshi sеzadi; ko‘proq kasallangan hayvonlar va ularning murdasini topib yеydi. Qisqichbaqa ovlovchilar to‘rga hidlangan b aliq yoki baqa go‘shti solishadi. Shuning uchun qisqichbaqalar suv havzalarining sanitarlari hisoblanadi.
Qisqichbaqasimonlarning oyoq o‘simtalari soni tana bo‘g'imlari sonidan kamroq bo‘ladi. Masalan yuksak qisqichbaqasimonlarning 18 ta tana bo‘g'imlariga 17 juft oyoqlar to‘g'ri keladi (110-rasm). Ularning oxirgi telson bo‘g'imida oyoq o‘simtalari rivojlanmagan. Tuban qisqichbaqasimonlarning qorin bo‘g'imlarida oyoq o‘simtalari bo‘lmaydi.


Download 128,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish