Analiz natijalarini hisoblash va ularni statistik ishlash, jadvalga yozish yuqoridagilarday amalga oshiriladi.
KUCHSIZ ASOSLARNI ANIQLASH
Kuchsiz asoslarini kuchli kislotalar yordamida yuqori chastotali titrlab aniqlash mumkin.
Ishni bajarish tartibi. Titrlash bo‘g‘iniga aniqlanadigan asos eritmasidan 2-5 ml quyib, eritma yuqoridagi tartibda suyultiriladi va 0,1 N HCl eritmasi yordamida titrlanadi. Titrlash egri chiziqlari tuzilib, ular yordamida oxirgi nuqtagacha sarflangan titrantning hajmi asosida analiz natijalari hisoblanadi. Ushbu uslubiyat yordamida kuchsiz kislotalarni ham ishqorlar yordamida titrlab aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |