Bilvosita konduktometriyada. titrlashning oxirgi nuqtasi topiladi. Bu usul konduktometrik titrlash deb yuritiladi. Konduktometrik λ titrlashda bo‘g‘inning doimiysi (φ = ᴂR) aniqlanishi shart emas.
Konduktometrik asboblarda ishlash tartibi
Past chastotali konduktometriyada tokning chastotasi o‘rtacha 1000 Gs ni tashkil etishi kerak, shunda polyarizatsiya hodisalari deyarli nolga tenglashadi. Polyarizatsiyani kamaytirish uchun elektrodlarning yuzalari ham oshiriladi. Bunda elektrodlarning sirti elektrolitik cho‘ktirilgan platina bilan qoplanadi. Ana shunda yuza bir necha marta ortadi. Konduktometriyada bevosita qarshilikdan tashqari elektr otkazuvchanlik ham o‘lchanadi. Titrimetrik analiz uchun 50 Gs chastotada ishlaydigan P-38 markali konduktometrik ko‘prik turidagi asboblardan ham foydalanish mumkin. Shuningdek, P-568, P-577 markali o‘zgaruvchan tokli ko‘priklar ham ishlatiladi. 0‘lchashlar uchun P-38 markali ko‘prikda reoxord yordamida galvanometrning ko‘rsatishi nolga rostlanadi. P-568 markali ko‘prikda ossillograf ekranida gorizontal chiziq hosil qilinadi. P-577 markali ko‘prikda esa o‘lchov asbobi shkalasining ko‘rsatishi nolga maksimal yaqinlashishi kerak. Buning uchun asbobning sezgirligi oshiriladi va reoxord yordamida qarshilik o‘zgartirilib, nolga maksimal yaqinlashishga erishiladi. KEL-IM va shunga o‘xshash konduktometrlarda bevosita elektr o‘tkazuvchanlik o‘lchanadi. Asbob 10-10-7 dan to 101 Sm/m gacha bo‘lgan solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash imkonini beradi.KEL-IM asbobini ishga tayyorlash uchun «Pribor» tugmasi bosiladi, bunda asbobning ulanganini ko‘rsatuvchi indikator lampasi yonadi. Asbobning ishlash qobiliyatini tekshirish uchun «Kalibrovka» tugmasi va o‘lchash oraliqlariga to‘g‘ri keladigan tugmachalardan biri bosiladi. So‘ngra «Kalibrovka» dastasi yordamida ko‘rsatish asbobining strelkasi 80 ga o‘rnatiladi. Shu tarzda barcha o‘lchash oraliqlari tekshirib chiqiladi. Barqaror qiymatli natijalar olish uchun asbobda o‘lchash uni elektr manbasiga ulagandan 15-20 daqiqa o‘tgach amalga oshirilishi kerak.Elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash uchun elektrolitik bo‘g‘in asbobga ulanadi va distillangan suv bilan yuviladi. So‘ngra tekshiriladigan eritmadan elektrodlar botguncha solinadi va oldin o‘lchash oraliqlaridan eng yuqorigisining tugmachasi, keyin esa «Kalibrovka» tugmasi bosiladi. Agar «Kalibrovka» tugmasi qayta bosilganda asbobning strelkasi o‘zgarmasa, ketma-ket boshqa oraliqlar tugmachalari bosiladi va strelkaning shkalada 2/3 qismiga siljishiga erishiladi. Shunday holatda
asbob darajalanadi va o‘lchangan natija olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |