Titrlash natijalari yuqorida ko‘rsatilgan tartibda rasmiylashtiriladi. Analiz natijasi yuqorida keltirilgan tartibda hisoblanadi.
Alyuminiy miqdorini kompleksonometrik aniqlash.
Alyuminiy ionini EDTA eritmasi bilan bevosita titrlash orqali aniqlab bo‘lmaydi, chunki bunda komleks hosil bo‘lish reaksiyasi juda sekin boradi. Shuning uchun ham bilvosita titrlash usulidan foydalaniladi. Analiz qilinayotgan eritmaga ortiqcha miqdorda EDTAning standart eritmasidan solib, reaksiyani tezlatish uchun olingan aralashma suv hammomida qizdiriladi. Eritma sovitiladi va EDTAning ortiqcha miqdori ruxning standart eritmasi bilan titrlanadi. Alyuminiyning EDTA bilan reaksiyasini quyidagi tenglama bilan tasvirlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |