0,05 N li EDTA eritmasini tayyorlash. EDTA ning kationlar bilan kompleks hosil qilish reaksiyalarida ikkita vodorod atomi almashganligi uchun modda ekvivalentining molyar massasi:
Demak, 1,0 l 0,05 N li eritma tayyorlashda 186,12 x 0,05 = 9,306 gr EDTA, 500 ml tayyorlashda esa, 9,305x500/1000 = 4,653 gr EDTA olish kerak bo‘ladi. EDTA ning eritmasini tayyorlashda uning hisoblangan tortimi texnik tarozida o‘lchanib, o‘lchov kolbasiga solinadi, ustiga kolbaning 1/3 qismigacha distillangan suv quyiladi va to‘la eriguncha aralashtiriladi. Agar laboratoriyada EDTA ning yuqoriroq konsentratsiyali tayyor eritmasi bo‘lsa, u holda shu eritmani suyultirib ham eritma tayyorlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |