Amonova k. E



Download 41,34 Kb.
bet6/6
Sana23.01.2022
Hajmi41,34 Kb.
#404362
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
A Kamola

Tafakkurni o‘stirish - obrazli-xarakatli, ko‘rgazmali-obrazli, mantikiy
tafakkur turlarini egallashdan iborat. Bola turli rejalar, sxemalardan erkin foydalana olishi lozim. Maktabgacha yoshning oxiriga kelib, bolalarda mantiqiy tafakkur elementlari shakllana boshlaydi, ya’ni ular xulosalar qila oladilar, mantiq
qonunlariga ko‘ra fikrlaydilar.
Bola ijodiy qobiliyatining o‘sishi deganda tasavvur - xayolning taraqqiyoti va
noan’anaviy tafakkur qila olish tushuniladi. Ijodkorlik ko‘p jihatdan o‘z his -
tuyg‘ulari, olam xaqidagi tasavvurlarini turli usullar bilan bayon eta olishga
bog‘liq. Buning uchun esa bola xar bir narsada uning turli tomonlarini ko‘ra olishi,
narsaga xos alohida belgilarning barchasini his qilishi, obrazni ko‘z oldiga keltira
olishi kerak.
Va nihoyat, bolalarni maktabga tayyorlashga yordam beradigan o‘yinlar orqali kichkintoylarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish, nutqning taxlili bilan tanishtirish, bola ko‘lini yozuv malakasini egallashga tayyorlash ishlari olib boriladi.
Deyarli har bir o‘yin uchun uni o‘tkazishning soddaroq yoki murakkabroq
ko‘rinishlari keltiriladi. SHu sababli bola bilan uyin tashkil etishda uning individual xususiyatlarini hisobga olish kerak. Agar bola topshiriklarni bajarishga qiynalmasa, unga birmuncha murakkabroq topshiriq beriladi, agar kiynalsa, soddaroq topshiriq berish lozim. Topshirikni bajara olmagani uchun uni koyish kerak emas.
Bolalarga u yoki bu narsalarni o‘rgatibgina kolmay, ularda o‘ziga ishonch,
dadillik, fikrni ximoya qila olish, qarorida qatiy turish kabi xislatlarni ham
tarbiyalash zarur. Bu ayniqsa, ijodiy topshiriqlarni bajarishga tegishli. Bola tanqidni to‘g‘ri tushunishi, o‘zining yangi g‘oyalarini dadillik bilan ilgari sura olishi kerak.
Bu holda ham bolaning individual xususiyatlari albatta hisobga olinishi
muhimdir. Agar u dadil, o‘ziga ishongan bo‘lsa, o‘z javoblarini tankidiy baholashga o‘rgata boshlash mumkin. Agar tortinchoq, uyatchan bo‘lsa, uni qullab-quvvatlash, xar qanday tashabbusini ma’qullash lozim. Agar kichkintoy topshiriqni tez almashtirmoqchi bo‘lsa, pala - partish bajarsa, uni topshiriq bilan qiziqtirib, topshiriqning yangi jixat, tomonlarini topishga rag‘batlantiriladi. Aksincha, bola topshirikni bajarishda uralashib qolsa, uni bir g‘oyadan boshqasiga o‘tishga undash lozim.
Har bir o‘yin - bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti, xamkorligi
maktabidir. Samimiylik, o‘zaro qullab- quvvatlash, quvnoqlik kayfiyatlarini
yaratish bilan uyin orqali bola taraqkiyotiga erishiladi.
Tavsiya etilayotgan o‘yinlarning xar birini bitta bola bilan ham, bir necha
bola bilan ham tashkil etish mumkin.
Agar butun oila birgalikda uynasa, nur ustiga a’lo nur. Siz bolaga hadya
etgan kuvonch sizning ham kuvonchingizga aylanadi, u bilan utkazilgan xar bir
shodlik daqikasi birgalikdagi xayotingizni yanada kuvonchliroq, baxtliroq qiladi.
Bolaning qiziquvchan, aqlli, ziyrak bo‘lib o‘sishi uchun nima qilish lozim?
Uning barcha qobiliyatlari namoyon bo‘lishi uchunchi? bolani diqqat bilan
tinglashga, uning yosh xususiyatlarini tushunishga, individual xususiyatlarini
baholay olishga harakat qilish lozim.
Bolaning ilk yosh davri nihoyasiga etib, maktabgacha yoshi boshlanadigan
davrdir. Bola o‘zini o‘rab turgan kattalar olamidan ajrata boshlaydi, bir muncha
mustaqilroq xayotta qadam tashlaydi. Kichkintoy ko‘proq narsalarni tushunadi,
biladi, yanada ko‘proq narsani bilib olishga harakat qiladi. Sizning vazifangiz - bu
borada bolaga yordamlashishdan iborat. Bolaning aqliy taraqqiyotida uni o‘rab
turgan olam bilan tanishtirish muxim axamiyat kasb etadi. Narsalarning shakli,
kattaligi, rangi, fazoda joylashuvi - bolani o‘ziga tortadigan jixatlar ana shulardir.
SHu yoshdagi bolalarga tavsiya etadigan o‘yinlar, bolalarning turli predmetlar bilan bajaradigan faoliyatiga asoslanib tuzilgan. Idrokni rivojlantirish
uchun narsalarni rangi, shakli, kattaligi buyicha taqqo-slash, ular orasidagi
o‘xshashlarini topishga doir topshiriqlar berish foydalidir. Ba’zan narsalarning
boshqa muxim jihatlariga e’tibor bermaslik ham talab etiladi, masalan, uning
ishlatilishiga. Agar bu narsa bolaga qiyin bo‘lsa, unga ko‘maklashing.
Diqqatni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar narsalarni diqqat bilan kuzatish,
taqqoslash, farqi va o‘xshashligini aniqlashni talab etadi. Nutq xotirasini o‘stirish
uchun rolli uyinlar tavsiya etamiz. Bu uyinlarda bola o‘z roli doirasida so‘zlarni
eslab qolishi lozim bo‘ladi. Boshqa uyinlar esa ko‘ruv xotirasini mustahkamlashga
qaratilgan. Ta’limiy uyinlar katta guruxdagi bolalar tafakkurini rivojlantirish
maqsadida o‘tkaziladi.
Bola bilan shug‘ullanar ekansiz, uning xatti-harakatlari endigina u yoki bu
maqsadni ko‘zlab amalga oshirilayotganini yodda tutish maqsadga muvofiqdir.

Kichkintoy hali o‘z oldiga qo‘ygan maqsad asosida rejali ish qilishga qiynaladi, tez chalg‘ib ketadi. Bir mashg‘ulotdan boshqasiga osongina o‘tib ketadi. Tez charchab koladi. Bola dikqati bir vaktning uzida bir yula bir necha narsani anglashi kiyin. Bolaning bir narsaga kizikishi oson (ayniksa, yorkin, rangdor narsani kursa), shuningdeq qizikishi sunib kolishi ham oson. SHu sababli, agar ota-onalar bola bilan rivojlantiruvchi o‘yin- mashg‘ulotlar tashkil etmoqchi bo‘lganida, kuyidagi uch narsaga doimo amal qilish lozim.


Birinchidan - o‘yin o‘tkazishga mo‘ljallangan uyinchoqni bolaga muntazam
uynash uchun bermaslik.
Ikkinchidan - o‘yin vaqtida bolani chalg‘ituvchi narsalar bulmasligiga e’tiborni
qilish. Xamma ortiqcha narsalar bola nazaridan chetda bo‘lgani ma’kul.
Uchinchidan - o‘yinlar iloji boricha sodda, kisqa bo‘lgani ma’qul, xatto, besh
dakiqa ham kifoya. Lekin, bola boshlagan ishini oxiriga etkazib kuyish maqsadga
muvofiq bo‘ladi. SHundan so‘ng, yangi uyin taklif etish kerak. SHunda, bolaning
dikqati yangidan jonlanib, qiziqishi yanada ortadi.


Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Sh.Shodmonova. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi.Fan va texnologiya.-T:,2008 y.


  2. F.Qodirova, N. Qayumova Maktabgacha pedagogika. Darslik. Toshkent. Tafakkur nashriyoti. 2019


  3. Karimova V.M. “Oila pedagogikasi”. Darslik-T.: Fan va etxnologiya, 2008-y


  4. Shoumarov G.B. tahriri ostida. “Oila pedagogikasi”. T.: Sharq. 2009-y.




Download 41,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish