238.(41) Turkum. Karelittia Less. - Oqbosh
1 .K. caspia (Pall) Less.-Kaspiy oqboshi.
Ko‘p yillik o‘t. Bo‘yi 50-100 sm. Poyasi tik, shoxlangan.
Barglari butun, tekis, bir oz etli, poyani yarim o‘rab turadi.
Savatchasi silindrsimon, uzunligi 10-15 mm, eni 4-8 mm.
Gullari naysimon, pushti-siyoh rang. Savatcha chetida ko‘p
qatorli ipsimon urug‘chi gullar joylashgan. Iyun-avgust oylarida
gullab urug‘laydi. To‘qayzor, bo‘sh yotgan yerlarda, begona o‘t
sifatida o‘sadi.
239. (42) Turkum. Inula L. - Andiz
1.1. grandis Schrenk - Sariq andiz.
Ko‘p yillik o‘t. Bo‘yi 60-120 sm. Ildiz bo‘g‘zidagi barglaming
uzunligi 70 sm, eni 20-30 sm, keng ellipssimon. Savatchasining
diametri 2-3 sm. Tilsimon gullari to‘q sariq. Iyul-avgust oylarida
gullab urug‘laydi. Mayin tuproqli tog‘ yonbag‘irlarda o‘sadi.
Barglari mayin, ostki qismi duxobasimon tukli. Tashqi o‘rama
bargchalari tuxumsimon (206-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |