Amaliy mashgulot №30 Mavzu: Respirator viruslar: Ortomiksoviruslar-gripp virusi va adenoviruslarning laboratoriya diagnostikasi. Paramiksoviruslar-paragripp, paratit, kizamik viruslarining laboratoriya diagnostikasi



Download 42 Kb.
bet6/28
Sana30.12.2021
Hajmi42 Kb.
#196480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Амалий машғулот №30

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Pandemiya vaqtida gripp viruslarini cho‘chqa, it, ot, sigir, uy va yovvoyi qushlardan ajratib olingan. Odamlar orasida gripp tarqalgan vaqtda xayvonlar organizmida virus maxsus antitelolar titrining oshishi kuzatiladi. Balkim, hayvon va qushlar gripp virusining tabiatda aylanib yurishida muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Infeksiya manbai bemor, u aksirganida, yo‘talganida, gaplashganida virus zarrachalari so‘lak tomchilari bilan atrof-muhitga tarqaladi. Gripp nihoyatda yuqumli, shu sababli epidemiya va pandemiya shaklida tarqaladi. Aholining barcha tabaqalari (bolalar ham, keksalar ham) bu kasallikka moyil.

Kasallikning yashirin davri juda qisqa – bir necha soatdan 1–3 kungacha. Gripp virusi yuqori nafas yo‘llarining shilliq kavatidagi epitelial hujayralarga kiradi. YUqori nafas yo‘llari hujayralariga bir dona virus zarrachasi tushsa, 8 soatdan keyin 1017 gacha ko‘payadi. Organizmda virusemiya kuzatiladi. Gripp virusi qonga tushgach gemopoez va immun tizim susayadi, natijada leykopeniya, bakterial va virusli ikkilamchi infeksiyalar: rinit, yiringli sinusit, otit, bronxit va zotiljam rivojlanishi mumkin. Ba’zan qon tomirning endoteliy hujayralari shikastlanib, jarayonning letallik bilan tugash hollari kuzatiladi. Bu kasallikning 2–3-kunlarida ro‘y beradi, shu sababli buni “chaqmoqsimon” gripp deb yuritiladi. Ammo bu ahyonda bir kuzatiladi, chunki bunga nomaxsus himoya omillari, immun sistemasi kuchlari, organizmda doim uchraydigan antitelolar va interferonlar yo‘l qo‘ymaydi. Natijada, virusli infeksiya rivojlanishi sekinlashadi yoki to‘xtaydi, bir necha kundan so‘ng IgM sinf antitelolari hosil bo‘lib, organizmni himoya qiladi. 2 hafta o‘tgach IgG va IgA sinf antitelolari hosil bo‘lib, ular organizmga gripp virusining shu serovarianti tushishining oldini oladi.

Kasallikning klinikasida gavda haroratining ko‘tarilishi (380–390S ba’zan undan ham yuqori), holsizlik, et uvishishi, bosh og‘rishi kabi belgilar kuzatiladi.

Gripp mavsumiy kasallik bo‘lib, qish va bahorda ko‘p uchraydi. Har 10

yilda gripp epidemiyasi va pandemiyasi qayd etiladi. Kasallikning qaytalashi virusning yangi varianti hosil bo‘lganidan so‘ng yuzaga keladi. Bu antigendagi dreyf va shift o‘zgarishlar natijasida A tipdagi virusning N va N antigenlarida almashinuv ro‘y beradi, bu yangi antigenlarga ega bo‘lgan virusning tipi hosil bo‘lishi hisobiga sodir bo‘ladi. Masalan: 1968 yili gripp A virusining yangi pandemiya beruvchi varianti (H3 N2) paydo bo‘ldi va uni “gonkong” shtammi deb ataldi. Bu virus hozir ham kuzatiladi. 1977 yili to‘satdan gripp A virusining yangi varianti (H1 N1) paydo bo‘ldi. Bu 1947-1957 yillardagi viruslarga o‘xshash edi, keyinchalik bu “osiyo turi” tomonidan siqib chiqarildi. SHunga asosan yangi taxmin paydo bo‘ldi, bunga ko‘ra virusning shift variantlari yangi viruslar bo‘lmay, balki oldingi yillarda qayd etilgan viruslarning yangi serotiplaridir.

Epidemiyaga olib kelgan A virusning yangi variantiga qarshi aholi organizmida immunitet hosil bo‘ladi, natijada virusning tarqalib turishi to‘xtaydi.5

Gripp virusining A turi shift antigen variantlari uzoq yillar davomida yovvoyi va uy hayvonlari, ayniqsa qushlar organizmida saqlanadi va tabiatda tarqalib turadi. Bunda qushlar organizmidagi viruslar bilan odamda kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslar o‘rtasida genetik rekombinatsiya sodir bo‘ladi, natijada yangi antigenlarga ega boshqa variantlar hosil bo‘ladi. Boshqa taxminga ko‘ra gripp virusining barcha turlari aholi orasida aylanib yuradi, ammo ularda immuniteti pasayganda epidemiyaga sababchi bo‘ladi. 6

Gripp virusi V turining tuzilishi virusning A turiga o‘xshash. Virusning V turi pandemiya keltirib chiqarmaydi. Gripp virusining S turida kasallik, asosan, sporodik ko‘rinishda kechadi.

Vaqti-vaqti bilan gripp pandemiya shaklida tarqaladi. Uning birinchi pandemiyasi 1889 yili Xitoyda boshlanib, 2 yil ichida butun er yuziga tarqalgan. 1918 yilgi pandemiya ham Xitoydan boshlanib, 20 mln odamning o‘limiga sabab bo‘lgan. Kasallik Ispaniyada og‘ir kechganligi uchun “Ispan” grippi deb yuritiladi. SHu tariqa virusning yangi antigen variantlari yuzaga kelib, u ham o‘ziga xos pandemiya shaklida davom etaveradi.


Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish