Deggaron majmuasi (XIV.) Karmana shahrining 30 km g’arbidagi hazora qishlog’ining yonida Movarounnahrdagi eng qadimgi masjidlardan biri — Deggaron masjidi joylashgan. Uning qurilish davri XI asr boshlaridan nariga o’tmaydi. Bu bino Zarafshonning so’l qirg’og’ida, endilikda vayron bo’lgan, lekin ilgari yaxshi mustahkamlanib qurilgan qadimiy kichik bir qishloq hududida joylashgan. qishloqning ham, masjidning ham nomi bu yerda yashagan, aholining asosiy mashg’uloti — o’tga chidamli qozon tayyorlashdan olingan.
Shunisi e’tiborliki, Хojagon Sulukining mashhur sufiylaridan biri bo’lmish Shayx Mavlono Orif Deggaroniy (1313–1376) shu qishloqda tug’ilgan va shu yerda dafn etilgan. Bu zot Naqshbandiya tariqatidagi Хojagon Sulukining buyuk namoyandasi bo’lmish Bahouddin Naqshbandning ustozlaridan biri hisoblanadi.
Keyinroq, ХVII asrda Deggaron qishlog’i masjiddan biroz narida
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |