pishiq g’ishtdan foydalanilgan. Masjid kvadrat shaklida bo’lib, katta gumbazi ham bor.99
1910-yilda Buhoro amirligining so’ngi hukmdori Abd al-Ahadvafot etadi. U ham Qosim Shayx maqbarasi yonida dafn qilingan. Amir avval g’ishtli sag’anada dafn qilingan bo’lgan, so’ng qabr ustiga marmardan ishlangan qabr toshi ya’ni dahma o’rnatilgan. Qurilish ishlari bir yil mobaynida davom etgan. Bu vaqt ichida maqbara hududi kengaytirilgan. Masjidning janubiy tomonida 2000 kishini sig’dira oladigan toshdan qurilgan maydon barpo etilgan.
Bugungi kunda Qosim Shayx maqbarasi 2000ta artefaktni o’zida mujassam-lashtirgan muzeyni, maraka-marosimlarni o’tkazishga mo’ljallangan ehsonxonani, masjid imomi turargohini va mevali bog’ni o’z ichiga qamrab olgan.
Masjidning markaziy kirish qismi mukammal tarzda ishlangan arka va arab tilida yozilgan yozuvlardan iborat. Masjidning ichki devorlari, ustunlari oq rangda bo’lib, o’yma naqshli ganchlardan iborat.100
Do'stlaringiz bilan baham: |