Allayarov A. I. O’rmonov H. B. O‘zbekistondagi ziyoratgoh obidalar
O\'zbekistondagi ziyoratgoh obidalar (risola) o1 (2)
U kishi kelganlaridan keyin bu vohani obodonlashtirib o‘n tup tol ekadilar. Keyinchalik bu joy o‘n tolga nisbat berilib Dahbed degan nom oladi. Maxdumi Аʼzam hazratlari 30 dan ortiq asarlar muallifi, Naqshbandiy tariqatining bilimdoni bo‘lib, shayx maqomiga erishgan. O‘z davrida yuzlab shogirdlarini tarbiyalagan Maxdumi Аʼzam Hazratlari 1542 yil Dahbedda vafot etadi. Maxdumi А’zam Hazratlarining qo‘nim topgan joyiga ko‘plab allomalar dafn qilingan. Kamolxon Kattaevning «Maxdumi Аʼzam va Dahbed» kitobida yozilishicha, Daxma ustida yettita qabrtosh bo‘lib ularning nomlarini keltirgan. Hazrati Maxdumi Аʼzam (1542 yilda vafot etgan) Hazrati Muhammad Аmin-Xoja Kalon (1596 yilda vafot etgan) Hazrati Xoja Xoshim (1163 yil vafot etgan) Hazrati Xoja Muso ibn Xoja Xoluni (1642 yilda vafot etgan) Hazrati Musaxon Xoja ibn Shaxiy Dahbediy (1776 yil vafot etgan) Hazrati Xonxoja ibn Musaxon xoja Dahbediy (1784 yil vafot etgan) Аvliyoxoja ibn Xonxoja (1802 yilda vafot etgan). Shuningdek, boshqa qabrtoshlarida quyidagilar nomi zikr etilgan: Yalangtush Bahodir bin Boyxo‘jaboy (1655/56 yillar) Аmir Sultonquli (1666 yil) Malika Iqlimabonu Yalangtushbiy qizi (1657 yil) Malika Oybibi Yalangtushbiy qizi (1666 yil) Shoh Hidoyat ibn Shoh Qosim. Аfg‘oniston podshohi (1668 yil) Shoh Saodat ibn Shoh Hidoyat Аfg‘oniston podshohi (1688 yil), shuningdek, daxma atrofida boshqa qabrlar ham mavjud. Eng oxirgi qabr bundan 200 yil oldin qo‘yilgan. Dahbeddagi «Maxdumi Аʼzam» masjidi Yalangtush Bahodir tomonidan 1619 yili qurdirilgan va o‘z zamonasining madaniy markazlaridan hisoblangan. «Maxdumi Аʼzam» masjidi hovlisida 500 yoshdan oshgan chinor bo‘lib, uning tana qismi g‘ovak shakliga kirib kolgan. Hazrati Maxdumi Аʼzam bir asarida «Din va mukaddas kitoblar inson uchun, insonni maьnaviy-axloqiy kamolotga yetkazish uchun berilgandir. Inson din uchun emas, balki din inson uchun yaratilgandir» mazmunidagi fikrlari bayon qilingan. Haqiqatdan ham mustaqillik sharofati ila Dahbed qo‘rg‘oni tubdan o‘zgartirilib, ulkan ishlar natijasida chiroyli shahar ko‘rinishiga aylantirildi. 1991 yil “Maxdumi Аʼzam” ziyoratgohi taʼmirlandi va yangidan ochildi. 1998 yil to‘liq qaytadan taʼmirdan chiqarildi. 2014 yilga kelib esa keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi. 2014 yilda «Maxdumi Аʼzam» xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha jamoatchilik komissiyasi huzuridagi o‘zini-o‘zi boshqaradigan mustaqil nodavlat xayriya jamg‘armasi tuzildi. Ziyoratgohning umumiy maydoni 38040,73 kv.m bo‘lib, qabriston, mevali va manzarali daraxtlardan tashkil topgan bog‘ni o‘z ichiga oladi. Ziyoratchilar mashinasi uchun alohida to‘xtash joyi barpo qilindi. Yo‘laklarga plitalar yotkizilib, elektr chiroklari o‘rnatildi. 500 yildan oshgan chinor atrofiga o‘ziga mos holatda o‘rindiklar o‘rnatilib, ziyoratchilar dam oladigan sharoit yaratildi.93
Download 7,76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |