Domla Jaloliddin — naqshbandiya tariqatini voha bo‘ylab keng tarqalishida xolis xizmat qilganlar. Naqshbandiya — islom dinining falsafiy ta’limotlaridan bo‘lib, bu yo‘lga kirganlar o‘zlarini ham zohiran, ham botinan poklab, ya’ni ichki va tashqi ruhiy illatlardan poklanib Alloh visoliga erishish, haqiqatni anglash uchun o‘zlarini doimo takomillashtirib borganlar. Shu sababdan, domla Jaloliddin hazratlari karomot sohibi bo‘lishlari bilan birga mehnat qilish va uni evaziga ro‘zg‘or tebratishlikni xush ko‘rganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |