Birinchi katta qabr toshida Qur’on oyatlari, hadislar bilan bir qatorda, Xoja Muhammad ibn Isoboboiy, 925- hijriy, ikkinchi toshda Amir Jaloliddin, 813-hijriy, uchinchi toshda Mavlono Toxir Muxammad ibn Boboxoji Isoboboiy 925-hijriy, to‘rtinchi qabr toshda Amirxo‘ja ibn Minglikxo‘ja 842-hijriy, tosh Saidbek Maxmud tomonidan taroshlangan va beshinchi qabr toshdagi yozuvlar ancha xiralashib qolganligi uchun quyidagicha o‘qildi “Qutlug‘bek o‘g‘li Tarxonning yodnomasi” yoki “Qutlug‘bek Tarxon Sulton o‘g‘li” 841-hijriy degan yozuvlar bor. Bundan tashqari bir qancha kichik qabr toshlarda Amir Muxammadbek ibn Tarxon 819-hijriy, Amirzoda Abulhusayn ibn Amir Sulton Darxon degan yozuvlarni o‘qish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |