Pahlavon Mahmud majmuasi
50x30 m bo‘lib, dastlab Pahlavon Mahmud qabri ustiga XIV asrda mo‘’jaz sinchkori imorat qurilgan. Majmuaga shimoliy tomondagi darvozaxona orqali kiriladi. Darvozaxona eshigidagi yozuvga ko‘ra, Pahlavon Mahmud majmuasining darvozaxonasini 1701 yilda Shohniyozxon qurdirgan. Gumbazning naqshin bezaklari, asosan, moviy rang sirli sopollardan terilgan. Bino ichkarisi nafis bezatilgan. Uning izorasidan tortib gumbazli qubbasigacha oq va moviy naqshli bezaklar orasidagi kitobaga Pahlavon Mahmud ruboiylari bitilgan. Xonaqohning g‘arbiy eshigi orqali ziyoratxonaga va maqbarasiga o‘tiladi. Unda Pahlavon Mahmudning sirkor sag‘anasi joylashgan.
Pahlavon Mahmud majmuasidagi asosiy binolar Odina Muhammad Murod boshchiligida qurilgan. Bezaklarini Mulla Nurmuhammad Qalandar o‘g‘li, So‘fimuhammad Abdujabbor o‘g‘li va Abdulla “jin”lar bajargan. Ziyoratxona eshigi tashqari eshik usta Nurmuhammad tomonidan (1810) ishlangan. 1960 yilda usta Ro‘zimat Masharipov ishtirokida qorixona va ayvon ta’mir etilgan.
Pahlavon Mahmud (Puryoyvaliy, Qitoli) – shoir va mutafakkir. Tasavvuf yo‘lidagi ulug‘ peshvolaridan biri. Fors-tojik tilida ijod qilgan. Po‘stindo‘zlik, telpakdo‘zlik bilan shug‘ullangan. Saqlangan rivoyatlarga ko‘ra Hindiston va Eronda polvonlikda dong taratgan. Shunga sabab, Pahlavon Mahmud deb atalgan.116
Pahlavon Mahmud 1247 yilda Xiva shahrida po‘stindo‘z (kosib-hunarmand) oilasida tug‘ilgan. Yoshlik yillarda ota kasbi po‘stindo‘zlik bilan shug‘ullangan, so‘ngra xat-savod chiqarib, buyuk shoir faylasuf darajasiga erishgan. U juda ham zabardast pahlavon bo‘lib 79 yillik hayotida biron marta kuragi erga tegmagan.
Pahlavon Mahmud sharq adabiyotida alohida o‘rin egallaydi. Pahlavon Mahmudni shu davrda “Xorazm Xayyomi” , “Mazondaron yo‘lbarsi” deb ulug‘lashgan. U “Qitoli”,-jangchi taxallusi bilan g‘azallar bitgan, u “Kanz ul-haqoyiq”,- Haqiqatlar xazinasi 1303-04 yil” nomli asar yozgan, lekin asar hali topilmagan. Uning teran mazmunli nafis va o‘ynaqi, zo‘r san’atkorona ruboiylari “Xayyomnoma” ruhda ekanligini qarang.
Tarixiy manbalarda maqbaraga Amir Temur tomonidan eshik o‘rnatilgani yoziladi. Maqbara ichida Abulg‘ozixon, Anushaxon va Arangxonlarning qabri borligi ular xukmdorlik qilgan davrlarida ham shoir qabri obod bo‘lganligidan dalolat beradi.1701-1702 yillarda Xiva xoni Shoniyozxon maqbarani yangidan quradi, bu davrdan bizga maqbaraga kiraverishdagi eshik yodgor qolgan. Eshikdagi yozuvlardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, unda qur’on oyati, hadis va she’riy tarixlar bitilgan, turunch, madohil va boshqa islimiy gullar bilan bezatilgan.
Hozirgi vaqtda binoda O‘zbekiston Musulmonlarning diniy idorasi, “Pahlavon Mahmud jamg‘armasi” faoliyat ko‘rsatmoqda.
Inshootning ayrim joylari ta’mirtalab bo‘lganligi uchun 2007 yilda, ayvon ustunlari, yo‘laklar, quduq atrofi va uning tepasidagi chiroyli oshyonli yog‘och gumbaz, peshtoqning ba’zi tushib ketgan sirli koshinlari qayta ta’mirlandi.117
Shayx Mavlon bobo majmuasi. Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida XIX asrda qurilgan bo‘lib masjid, qabriston va minora majmuasidan iborat. Ushbu erdagi qabristonda Shermuhammad Munis va Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogohiyning qabri bor Maqbara 1989-1999 yillarda ta’mirlangan, sahni120 kv metr, balandligi 11-metr. Majmua 1999 yilda Ogohiyning 190, 2010 yilda 200 yillik to‘ylari arafasida ta’mirlangan.
Shermuhammad Munis Xorazimiy (1778-1829 yy) iste’dodli shoir, hassos san’atkor, hushhat hattot, mohir tarjimon, tarixchi, olim, jon kuyar ma’rifatparvar va xalqparvar madaniyat arbobi, o‘tkir siyosatdon. U hayotda juda yaxshi «Mirob» undan «Munisul-ushshoq» “Oshiqlar do‘sti” nomli devoni hamda, marifatparvar pedogog sifatida “Savodi ta’lim”asari va «Firdavs-ul-iqbol» nomli asarlar me’ros qolgan, tarjimon sifatida Mirxondning «Ravzat-us-safo» “Sof hovo bog‘i” asarini tarjima qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |