Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet362/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
315 
nomlangan korpus tom ma’noda ingliz tilidagi korpus tadqiqotlarining asosiy kashfiyotlaridan biri 
hisoblanadi. Bunda leksika va grammatika chambarchas bog‘lanib ketgan. Ingliz tilini chet tili sifatida 
o‘qitishda korpusga asoslangan so‘zlar ro‘yxatini tuzishda, asosan, ko‘p qo‘llaniladigan va mavzu 
jihatidan qamrovi keng so‘zlarga alohida e’tibor berilgan. Bunda til o‘rganuvchining imkoniyatlari va 
hayotiy ehtiyojlari inobatga olingan. Bu kabi korpuslarni ishlatib ko‘rgan foydalanuvchilar oddiy 
lug‘atlardagi an’anaviy ma’lumotlardan ko‘ra korpuslarning ma’lumotlari ishonchli va samarali 
ekanligini ta’kidlashgan. So‘nggi yillarda yaratilgan korpuslardan tilning o‘zgaruvchan tabiatini ham 
ko‘rsatib berish maqsadida, foydalanuvchining o‘zi tomonidan topilgan misollar ham korpus dasturiga 
kiritilib borish imkoniyatiga ega [Rumer, 2009: 120] 
Tilning leksik birliklaridan faqat so‘zlardan tashkil topgan korpuslardan ko‘ra frazema (ibora)larni 
o‘z ichiga oluvchi korpuslar frazeologik birliklarning aniqlik, ravonlik va idiomatik sifatlarini o‘zida 
mujassamlashtira oladigan kollakatsion lug‘atlarni tuzib chiqish katta mehnat va vaqtni talab etadi.
Ibora va boshqa turg‘un birikmalar tilning II darajasiga to‘g‘ri kelganligi uchun yaratilishi 
rejalashtirilgan o‘zbek tilining Milliy korpusida miqdoran ko‘p va eng boy lug‘atga asoslanadigan manba 
aynan shu darajadagi korpuslarda namoyon bo‘ladi. Tanlab olinayotgan yozma matnlar barcha nutq 
uslublaridagi matnlarni o‘z ichiga olsa, og‘zaki matnlar esa xalq og‘zaki ijodidagi barcha janrlardan 
tortib, oddiy dialog va barcha diskurslarni qamrab oladi. Bu jarayonda manba sifatida olinayotgan matnlar 
grammatik, stilistik, orfografik va orfoepik talablarga to‘liq javob beradigan, xatosiz mukammal shaklda 
dasturga kiritilishi lozim. Chunki kompyuterning dasturiy tizimi kiritilayotgan har bir belgini avtomatik 
ravishda qabul qiladi hamda qolgan barcha o‘rinlarda shu tarzda o‘quvchiga havola qiladi.
Tillarni o‘qitish va o‘rganish maqsadida yaratiladigan korpuslardagi leksik birliklarning jamiki 
ma’nolari, uslubiy va dialektik xususiyatlarini aniqlash uchun til nazariyotchilari va amaliyotchilardan 
tashqari, butun millat vakillari birgalikda xizmat qilishi va bu jarayonda ishtirok etishi maqsadga 
muvofiq. Aynan til siyosatiga oid mana shu jarayonni tashkillashtirib berishda davlat tomonidan rasman 
e’lon qilinadigan qarorlar, rasmiy hujjatlarning mavjud bo‘lishi ham bu ishning tezlashishiga hamda til 
amaliyotidagi yangi taraqqiy jabhalarining ochilishiga zamin yaratadi. Bunda o‘zbek tilining mukammal 
grammatikasini shakllantirish lingvistlarning, til o‘rganuvchining maqsadlarini inobatga olib tavsiya 
etigan aniq va oson metodika metodistlarning, yozma va og‘zaki matnlarni topish esa butun millat 
vakillarining zimmasida bo‘ladi. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilini darajalashda har bir daraja tasniflovchisi sifatida tanlab olinayotgan 
so‘zlarning tanlanish mezonlari – tanlash manbalari (matnlar), so‘zlarning iste’moldagi chastotasi, 
muayyan mavzuiy guruhlarni qamrab olganlik darajasi va barcha ma’no qirralarini topish kabi masalalar 
tadqiqotchi uchun anchagina qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy. Bu jarayonda tilning milliy korpusi bu 
muammolarga mukammal yechim topuvchi yagona asos bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan, hozirgi o‘zbek 
adabiy tilining darajalangan leksik asosini yaratishda leksik birliklarning o‘z va ko‘chma ma’noliligi, 
shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari – sinonim, antonim, omonim va ko‘p ma’noliligi, mavjud 
matnlardagi o‘rni, uslubiyati – jamiki ma’no qirralarining imkoniyati osondan murakkablikka tomon 
o‘sish darajasida aniqlanishi maqsadga muvofiq. Bir so‘z, ibora yoki qo‘shma so‘zning ushbu keltirilgan 
leksik jihatlari faqat matnlar orqali oydinlashadi. Hozirda bu masalaga yechim izlayotgan tadqiqotchi 
leksik birliklarning barcha ma’nolarini topishda faqatgina izohli lug‘atlar, sinonim, antonim, omonim 
lug’atlar bilan cheklanishi turgan gap. Bu bilan cheklanish leksemalarning nazariy jihatini ko‘rsatib 
beradi, xolos. Ularni amaliyotda qo‘llash uchun esa leksemalarning barcha matnlardagi o‘rni va mavzuiy 
guruhlarini topish maqsadga muvofiq.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining II daraja leksik asosini yaratishda jahon miqyosidagi daraja 
ko‘rsatkichlari talablari va ona tilini o‘qitishda davlat ta’lim standartlarining mezonlarini inobatga olsak, 
ushbu daraja ko‘rsatkichlari birlamchi fabulaga ega bo‘ladi. O‘zbek tilini darajalashda bu yo‘sinda ish 
ko‘rish bu boradagi boshlang‘ich qadam bo‘lsa-da, mohiyatan to’liq va mukammallik kasb etmaydi. 
Ta’limda ikkinchi til darajasining B1 va B1+ bosqichidagi til sohiblari DTS mezonlariga ko‘ra 10-11-sinf 
o‘quvchilarining o‘zbek tilini bilish qobiliyati bilan o‘lchangan. Bunda ushbu yoshdagi o‘quvchilarning 
til bilish mahorati quyidagi til kompetensiyasidagi leksik bilimlarga asoslangan: 
“B1 daraja leksika: so‘zlarning ko‘chma ma’nosi, uslubiy xususiyatlari va atamalarni farqlay oladi, 
ulardan nutqda to‘g‘ri foydalana oladi. O‘zbek tili leksikasining rivojlanishi, boyish manbalarini izohlay 
oladi. 



Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish