Kalit so‘zlar:
tilning leksik asosini darajalash,
darajalangan matnlar, darajalangan Milliy til
korpus, B darajali matnlar, darajalangan til ko‘nikmalari
Annotation:
Leveling the lexical basis of modern Uzbek literary language begins with knowing the
place of each lexical unit in the text - the different semantic and methodological meanings. In the process
of teaching and evaluating a language, writing, reading, listening, and speaking skills all require texts
appropriate to each language level. Selected, selected, and graded texts will only appear in the National
Language Corpus. Therefore, the creation of a national corpus of the Uzbek language is an important
process in the gradual study of the language.
Keywords
: leveling the lexical base of the language, graded texts, graded National language
corpus, B level texts, graded language skills.
Milliy va adabiy tilining yashovchanligini ta’minlash, har qanday til birliklarining mavjud
imkoniyatlarini ko‘rsatib berish va bunda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish nafaqat har bir
tilshunosning, balki o‘z tilini milliy qadriyat sifatida qadrlovchi barcha til sohiblarining asosiy
vazifalaridan biridir. Aynan til taraqqiyotining amaliyotiga o‘tilayotgan bir paytda o‘zbek tilining asl
mohiyatiga kirib borish, ona tilini chet elliklarga va millat egalariga bosqichma-bosqich darajalab o‘qitish
hamda baholash jarayonida o‘zbek tilining milliy korpusini yaratish tilshunoslikdagi barcha bo‘limlarga
oid dolzarb muammolarining yechimini topishda yetakchi va asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Til
korpusining vazifalari ko‘p tarmoqli bo‘lib, undan nafaqat tilshunoslar, ona tilini o‘rganish maqsadidagi
xorijliklar, balki barcha kasb egalari birdek foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Korpus – til birliklarining xususiyatlarini aniqlash maqsadida qidiruv dasturiga mo‘ljallangan
matnlar majmuyi, tabiiy tildagi elektron shaklda saqlanadigan yozma yoki og‘zaki, kompyuterlashtirilgan
qidiruv tizimiga dasturiy ta’minot asosida joylashtirilgan on-line yoki off-line tizimda ishlaydigan matnlar
jamlanmasi. Til korpuslari – til bo‘yicha tadqiqot va amaliy topshiriqlar yechimi uchun inkor etib bo‘lmas
ish quroli [Mengliyev, 2020: 10].
Til korpusi uchun taqdim etiladigan manbalar, usullar va tushunchalar nafaqat lingvistik
tadqiqotlarning, balki tillarni o‘qitishdagi pedagogik amaliyotning muhim impulslarini beradi. Tillarni
o‘qitishda korpuslarni qo‘llash korpus vositalari – haqiqiy matn to‘plamlari va dasturiy ta’minot
to‘plamlari, shuningdek, korpus ma’lumotlari bilan ishlovchi analitik usullardan foydalanishni anglatadi.
Dastlab tillarni o‘rgatish va o‘rganish uchun korpus vositalaridan bilvosita foydalanadigan pedagogik
korpus dasturlari 1997-yildan boshlab yaratila boshlagan. Bu dasturlar o‘qituvchi va o‘quvchilar
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, o‘qitish jarayonida metodik yordam
beradigan korpuslar sifatida shakllantirilgan.
Yirik umumiy korpuslar tilni loyihalashda kommunikativ salohiyatni ta’kidlaydigan o‘quv
dasturlarini tavsiya etadigan bebaho manba ekanligi isbotlangan. Jumladan, ingliz tilining ilk leksik
dasturi sifatida 1987-yilda yaratilgan “Ingliz tilida eng keng tarqalgan so‘z va iboralarning ma’nolari” deb
108
* Magistrant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
oydinnisonasirdinova@gmail.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |