228
Chorvachilik fermalarida qoramollarni parvarish
qilish va ish jarayoni bilan tanishish
Buzoqlarni parvarish qilish
chorvachilikda muhim ahami-
yatga ega. Yaxshi boqilmagan va noqulay sharoitda saqlangan
buzoqlar zotdor sigir bolalari bo‘lishiga qaramay, ulardan
mahsuldor sigir chiqmasligi mumkin.
Emadigan buzoqlarni boqish. Buzoqlar maqsadga qarab
go‘sht olish, naslga qoldirish uchun boqiladi. Bo‘rdoqiga
boqiladigan buzoqlarga ko‘proq oqsilli, o‘stirish uchun
qoldirilgan buzoqlarga esa dag‘al va shirali oziqlar beriladi.
Buzoqlarga emish davrida ikki oygacha 200–250
kg yog‘i
olinmagan, ikki oylik bo‘lgandan so‘ng yog‘i
olingan sut
ichiriladi. Buzoqlarni sut bilan boqishda so‘rg‘ichlardan
foydalaniladi.
Buzoqlar 10–12 kunlik bo‘lganda yumshoq poyali pichan,
20 kunlikdan boshlab suli yormasi, zig‘ir kunjarasi berila
boshlaydi. Ikki oylik buzoqlarga
yuvib tozalangan shirali
oziqlardan xashaki lavlagi va sabzi beriladi, uch-to‘rt oyligidan
boshlab esa, sekin-asta sifatli silosga o‘rgatiladi.
Emizib boqish. Bu usulda sigirlar sog‘ilmaydi,
buzoqlar
sigirni emib katta bo‘ladi. Ayrim
hollarda buzoqlar onasidan
ajratib olinib, kamroq sut beradigan sigirlarga biriktirib
qo‘yiladi. Bunda har bir sigir bilan ikkita buzoqni boqish
mumkin. Sersut sigirlar butun sut berish davrida 4–6 ta
buzoqni to‘ydira oladi. Bunday boqish ko‘proq yaylov
sharoitida bo‘lib, boqish uchun mablag‘ ko‘p sarflanmaydi,
yosh mollar yaxshi rivojlanadi.
Emizish-sog‘ish usuli keng tarqalgan bo‘lib, buzoqlar
dastlabki 5–6 kungacha onasi yonida bo‘ladi, og‘iz sutini
emadi, so‘ng ular ajratilib, sigirni sog‘ish oldidan va sog‘ib
229
bo‘lgandan so‘ng bolasiga emiziladi. Buzoqlarni emizib-
sog‘ish usulida sigirning sutini ko‘paytirish va buzoqlarni
yaxshi o‘stirish mumkin. Chunki
buzoqlar onasi bilan birga
bo‘lganligi uchun qaymog‘i olinmagan sutga muhtoj bo‘lmaydi,
sigirlarni fermalarda boqish va mexanizmlar bilan sog‘ishni
tashkil etish qiyinlashadi. Shuningdek, sigirlar buzoqsiz qolsa,
sutdan tez chiqadi.
Ajratib boqish. Bu usulda buzoqlar tug‘ilishi bilan onasidan
ajratilib, maxsus buzoqxonada boqiladi. Buzoqxonalar
nihoyatda toza, quruq va sharoiti yaxshi bo‘lmog‘i lozim.
Shuning uchun buzoqlar sog‘lom o‘sadi.
Shunday sharoitda
asralgan buzoqlarga og‘iz suti ichiriladi. Buzoqlar og‘iz suti
bilan ta’minlansa yaxshi o‘sadi, chunki og‘iz sutida tez hazm
bo‘luvchi oqsil, mineral tuzlar va kasallikdan saqlaydigan
himoya moddalar bo‘ladi. Buzoqlarga tug‘ilgandan so‘ng
dastlabki 10–15 kun ichida kuniga to‘rt mahal og‘iz suti
ichirib turiladi. Agar buzoqning o‘z onasi kasallanib qolsa,
unga bir vaqtda tug‘gan va boshqa sog‘lom sigirning sutini
berish tavsiya etiladi.
Buzoqlar taxminan 20 kundan so‘ng
umumiy buzoqxonaga
ko‘chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: