Aholini ijtimoiy himoya qilish



Download 365,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana28.04.2022
Hajmi365,7 Kb.
#587261
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish

 
 


3.Aholini ijtimoiy himoya qilishning Beveridj (Anglosakson) modeli 
Ijtimoiy himoyaning ikkinchi modeli bu 

Beveridj yoki anglosakson modeli 
bo‗lib, Evropaning Buyuk Britaniya va Irlandiya mamlakatlarida foydalaniladi. 
Ushbu model o‗z yo‗nalishi, tashkiliy shakliga ko‗ra oldingi modeldan tubdan farq 
qiladi. Uning asosida ingliz iqtisodchisi lord U.Beveridjning Buyuk Britaniya 
hukumatiga 1942 yilda bergan dokladi hisoblanadi. Beveridj tomonidan berilgan 
fikr mulohazalarda Keynsning yo‗nalishlarining ta‘siri sezilarli bo‗lib, ijtimoiy 
ishlab chiqarish va bandlik dinamikasi asosan to‗lov bilan ta‘minlangan talab 
orqali ifodalanadi, shu bilan birga qayta taqsimotni kam ta‘minlangan aholi 
ijtimoiy guruhlariga taqsimlanishi ommaviy haridorlarning pul talabini oshiradi. 
Beveridj tomonidan ijtimoiy himoya tizimining tamoyillari ishlab chiqilgan bo‗lib, 
ular quyidagilardan iboratdir:1)Universallik tamoyili; 2)Bir xillik tamoyili va 
ijtimoiy xizmatlar unifikatsiyasi, bu o‗z navbatida bir xil xajmdagi pensiya va 
nafaqalarni, ularni to‗lash shartlarini o‗z ichiga oladi. Beveridj―bir xildagi 
ijtimoiy ajratmalardan bir xildagi pensiyalarni to‗g‗ri baholagan. Bu modelning 
asosida har qanday faol aholi minimal ijtimoiy himoya huquqiga egaligi yotadi. 
Beveridj konsepsiyasining mohiyati shundan iboratki, har bir fuqaro uchun 
kafolatlangan aniq daromad mavjud bo‗lishi lozim, uning natijasida oziq 

ovqat 
mahsulotlariga, turar joy va meditsina xizmatlari ehtiyojlari qondiriladi .SHunday 
qilib, bu modelning asosini uni taqsimotidagi haqqoniylik tashkil etib, kasbiy 
hamkorlik emas, balki milliy birdamlik haqida gap yuritiladi. Bunday ijtimoiy 
himoya tizimini moliyalashtirish ijtimoiy ajratmalar hisobidan, shuningdek 
umumiy soliq to‗lovlari orqali amalga oshiriladi. Oila nafaqalarini va sog‗liqni 
saqlash xarajatlari asosan davlat byudjeti mablag‗lari hisobiga amalga oshirilsa, 
boshqa ijtimoiy nafaqalar esa yollanma ishchilar va ish beruvchilarning ijtimoiy 
badallari orqali amalga oshririladi. Bu modelning asosiy xususiyati shundan 
iboratki, ijtimoiy nafaqalarni olishidan oldin shu nafaqani olmoqchi bo‗lgan oila 
daromadlari tekshiruvi bo‗lib o‗tadi. Ushbu modelning asosi bir xil bo‗lgani bilan 
har bir mamlaktda qandaydir o‗zgarishlar mavjud. Masalan, Buyuk Biritaniya 


milliy sog‗liqni saqlash tizimi barchaga tekin tibbiy xizmatini ko‗rsatadilar, ularni 
daromad darajasini hisobga olmagan holda. Irlandiyada esa meditsina hizmatlari 
faqat kam ta‘minlangan aholigagini bepul amalga oshiriladi. 
Beveridj modeli esa ijtimoiy sohada davlatning rolini kuchaytirish zarurligini 
asoslab beradi. Uning fikriga ko‗ra, oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar (yordam), 
milliy sog‗liqni saqlash tizimi davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi zarur
ammo ijtimoiy himoyaning boshqa tadbirlari ish beruvchilar va ishchilar hamda 
davlat subsidiyalari hisobidan ajratmalar asosida amalga oshirilishi kerak. Beveridj 
modelining o‗ziga xos xususiyatlari: davlat – barcha aholining ijtimoiy himoyasini 
kafolatlashi; ish beruvchi – yollanma ishchilarning ijtimoiy sug‗urtasini amalga 
oshirish; ishchi – qo‗shimcha shaxsiy sug‗urtalashni amalga oshirish. 1944 yilda 
Buyuk Britaniya Hukumati U.Beveridj tavsiyalar asosida ijtimoiy sug‗urta tizimini 
isloh qilishga kirishdi. 1952 yilga kelib, yangi ijtimoiy ta‘minot tizimining 
mazmuniga aniqlik kirituvchi asosiy qonun hujjatlari ishlab chiqildi va qabul 
qilindi
9
. Davlat sog‗liqni saqlash xizmati to‗g‗risidagi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz 
hodisalar bilan bog‗liq sug‗urta dasturlari, pensiya sug‗urtasi kabi qonunlar shular 
jumlasidandir. 
Davlatning ijtimoiy ta‘minlashning anglosakson (liberal) modeli yuqorida 
tavsiflangan kontinental modeldan sezilarli darajada farq qiladi. Ushbu model 
asoschisi 1941-1942 yillarda Buyuk Britaniyada ijtimoiy sug‗urta islohotlari 
bo‗yicha ishchi guruhni boshqargan ingliz iqtisodchisi Uilyam Beveridj 
hisoblanadi. Beveridj ijtimoiy sug‗urta tizimiga badallarning yagona miqdorini va 
ijtimoiy ta‘minotning har xil turlari uchun to‗lovlarning bir xil miqdorini 
belgilashni taklif qildi. Olingan badallar va to‗lovlar miqdori oluvchining ijtimoiy 
sug‗urta tizimidagi ishtiroki va u tomonidan o‗tkazilgan badallar miqdoridan qat‘i 
nazar, ma‘lum bir guruhga mansubligi asosida belgilandi. YAshash minimumi 
belgilash taklif qilindi. Agar fuqaro o‗zini yashash minimum bilan ta‘minlay 
olmaydigan bo‗lsa, davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlanadi. 
9
Fenge R., S cheubel B. Pensions and fertility back to the roots: Th eintroduction of Bismarck‘s pension scheme 
and the European fertility decline. European Central Bank. Working paper series. 2014. N 1734. 6 p.


O‗sha davrdagi aksariyat mutaxassislarning fikriga ko‗ra, Beveridj modeli 
urushdan keyin iqtisodiy va ijtimoiy farovonlikni tiklashga, mehnat unumdorligini 
va umuman iqtisodiyotni tiklash uchun sharoit yaratishga imkon berdi. Bundan 
tashqari, ob‘ektiv sabablarga ko‗ra (homiladorlik, nogironlik va hokazo) sug‗urta 
badallarini to‗lay olmaganlar uchun ijtimoiy ta‘minot olish imkoniyatini saqlab 
qolishga imkon berdi. Beveridj modeli dolzarbligi sababli mamlakat tashqarisida 
ham faol qo‗llab-quvvatlandi. Bu modelning muvaffaqiyatli tarzdagi amaliyotga 
tatbig‗ini AQSH, Fransiya, YAponiya, SHveysariya kabi mamlakatlarida ko‗rish 
mumkin. 
Beveridj modelining ba‘zi bir asosiy xususiyatlari quyidagilar: 
- ijtimoiy xizmatlar ―umumiylik‖ tamoyiliga asoslanadi va bir xil miqdordagi 
nafaqalar beriladi (hamma sug‗urta badali to‗laganlarga teng miqdordagi nafaqa 
beriladi); 
- hukumat faqat aholi daromadlarining minimal miqdorini saqlash va zaif 
qatlamlar farovonligi uchun javobgarlikni o‗z zimmasiga oladi, shu orqali ijtimoiy 
sohada minimal ishtirok etadi; 
- ushbu model aniq sug‗urta dasturlari uchun alohida sug‗urta mukofotlarini 
hisobga olmaydi. YAgona ijtimoiy to‗lovlar yordamida daromadlar yig‗iladi va 
ma‘lum ijtimoiy ta‘minot sohasining zarur ehtiyojlariga taqsimlanadi; 
- ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishning moliyaviy asosi bo‗lib birinchi 
navbatda davlat byudjeti emas, balki xususiy sug‗urta badallari hisoblanadi. 
Buyuk Britaniyada zamonaviy ijtimoiy sug‗urta tizimida ikkita tarmoq 
mavjud: 
a) milliy ijtimoiy sug‗urta, unga pensiya sug‗urtasi dasturlari, nogironlarni 
sug‗urtalash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‗urta qilish, onalikni 
qo‗llab-quvvatlash, kasallik uchun nafaqalar; 
b) mamlakat rezidentlariga, shuningdek, Angliyada uzoq vaqt yashagan chet 
elliklarga tibbiy xizmat ko‗rsatadigan milliy sog‗liqni saqlash tizimi. 
Dastlab AQSHda ijtimoiy sug‗urta to‗g‗risidagi qonuni 1935 yil 14 avgustda 
qabul qilingan edi. Vaqt o‗tishi bilan ushbu qonun ijtimoiy sug‗urtaning yangi 


qoidalari bilan to‗ldirildi va qo‗shimchalar qilindi. Qo‗shma SHtatlarda yagona, 
umummilliy, markazlashgan ijtimoiy ta‘minot tizimi mavjud emas. U federal 
qonun yoki shtat qonuni bilan tartibga solinadigan har xil dasturlardan tashkil 
topgan. Amerika Qo‗shma SHtatlaridagi davlat ijtimoiy ta‘minoti tizimi aniq ikki 
sohaga bo‗linadi: ijtimoiy sug‗urta (to‗lovlar ishchilardan olinadigan ijtimoiy 
sug‗urta badallaridan hosil bo‗lgan sug‗urta mablag‗lari hisobidan amalga 
oshiriladi) va ijtimoiy yordam (to‗lovlar byudjet mablag‗lari hisobidan amalga 
oshiriladi. Bu federal yoki shtat byudjeti bo‗lishi mumkin). SHuningdek, bugungi 
kunda AQSHda tibbiy sug‗urtadan tashqari ijtimoiy sug‗urta tizimi ham ancha 
rivojlangan bo‗lib, ijtimoiy sug‗urta orqali ishsizlik, mehnat qobiliyatini 
yo‗qotganlik, boquvchisini yo‗qotganlik, qarilik kabi sug‗urta hodisalari sug‗urta 
qilinadi. 
Tizimning tashkil qilinishiga e‘tibor qaratadigan bo‗lsak, har bir fuqaro 
ijtimoiy sug‗urtalanish huquqiga egaligini tasdiqlovchi muhim hujjat – ―Social 
security number‖ ga ega. SHuningdek, u fuqarolarning hisob kartochkasi bo‗lib 
xizmat qiladi. Sug‗urta hodisasi sodir bo‗lgan paytda, nafaqa miqdori ish stajga, 
daromadga va hokazolarga bog‗liq holda hisoblab chiqiladi. SHu bilan birga 
sug‗urta bilan bog‗liq bo‗lmagan kambag‗allarga, etim va boshqa 
ehtiyojmandlarga davlat tomonidan to‗lanadigan ijtimoiy ta‘minot mablag‗lari 
(masalan, ayrim toifalarga maktabda bepul ovqatlanish, uy-joy va boshqalar 
beriladi) alohida hisoblanadi. 
Boquvchisini yo‗qotganligi bo‗yicha ijtimoiy sug‗urta.
 
Boquvchisini 
yo‗qotish bilan bog‗liq sug‗urta hodisasi yuz berganda, agar vafot etgan shaxs 
sug‗urta qilingan bo‗lib, uning asosiy ish faoliyatidan kelayotgan daromadi orqali 
oilasi ta‘minlanayotgan bo‗lsa, oila asosiy daromad manbaini yo‗qotgan 
hisoblanadi va qo‗shimcha moddiy yordamga muhtoj bo‗lgan taqdirda marhuming 
oila a‘zolariga (odatda turmush o‗rtog‗i) nafaqa to‗lanadi. 
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‗yicha ijtimoiy sug‗urta. Bunda 
ishlayotgan xodimning bajarayotgan mehnatiga bog‗liq bo‗lmagan ravishda 
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‗qotishi natijasida sug‗urta hodisasi yuz beradi. 


Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun xodimning besh yillik 
ish staji va ish beruvchi tomonidan belgilangan sug‗urta badallarining to‗lovi talab 
qilinadi. 
Ishsizlik nafaqasi bo‗yicha sug‗urta. Bunda sug‗urta badallari yillik 
daromadning 6,2 foizini tashkil qiladi, lekin bu raqamni korrektirovka qilishda 
shtatlar tomonidan o‗zgartirishlar kiritilishi mumkin. Umumiy qoida bo‗yicha, ular 
ish beruvchilar tomonidan to‗lanadi. Ushbu badallarni to‗lash sug‗urtalangan 
shaxslarga ishsizlik holatida, tegishli nafaqalarni to‗lashda kafolat berishga imkon 
beradi. 

Download 365,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish