Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi


-Savol ► Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash



Download 449,5 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2021
Hajmi449,5 Kb.
#67087
1   2   3   4   5
Bog'liq
27. aoli daromadlari va uning tabaala

2-Savol ►


Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash

Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. SHu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilaolmaydi.

O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy o‘sish daromadlarning ko‘payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutloq miqdorda asta-sekin o‘sib boradi. Daromadlarning mutloq miqdori ko‘payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin.

Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig‘idan foydalaniladi.

Y

100

80 V


60 A

40


20

0 20 40 60 80 100 x

36-rasm. Lorens egri chizig‘i. Tik o‘qda daromadlar ulushi, yotiq o‘qda aholi ulushi, %da

Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi imkoniyati burchakni teng ikkiga bo‘luvchi bissektrisa o‘qida ifodalangan bo‘lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko‘rsatadi. Oilalarning 20%, 40% va 60%i mos ravishda barcha daromadlarning 20%, 40% va 60% ni olishi lozim bildiradi va h.k.2



Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi farq daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi.


Lorens egri chiziq bilan daromadlarning tengsizligi darajasini aniqlashni taklif qilgan


Bu farq qanchalik katta bo‘lsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo‘ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo‘lsa, bunda Lorens egri chizig‘i va bissektrisa o‘qi bir-biriga mos kelib farq yo‘qoladi.

Bizning misolda AV yoysimon chiziq bilan AV to‘g‘ri chiziq o‘rtasidagi farqqa qanchalik kattalashsa daromadlarda tengsizlik shunchalik kuchli bo‘ladi. Tengsizlikning haddan oshib ketishiga yo‘l bermaslik uchun uning me’yori kiritilgan. Bunga ko‘ra boylar qo‘lida ja’mi daromadlarning 25-35 foizi to‘planishi mumkin. Boshqa bir me’yorga ko‘ra 10 foiz boylar va 10 foiz kambag‘allar daromadi o‘rtasidagi farq 13-15 martadan oshmasligi talab qilinadi. O‘zbekistonda bu farq turli yillarda 11 dan 2012 yilda 8 martagacha qisqargan. Buni davlatning faol ijtimoiy siyosati ta’minlagan.

Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko‘proq qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlaridan bir ditsel koeffistienti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10% ancha yuqori ta’minlangan aholi o‘rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi.

2012 yilda O‘zbekistonda aholining eng ko‘p ta’minlangan 10 foizi va eng kam ta’minlangan 10 foiz qatlami daromadlari o‘rtasidagi tafovut 8 barobarni tashkil etgan. Bu jahonda eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, jamiyatning keskin tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning samarasidir.

YAlPi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini xarakterlash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffistienti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatgich (italiya iqtisodchisi va statistigi Korrado Jini (1889-1965)) nomi bilan ataladi. Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi.

Lorens egri chiziqi bilan bog‘liq daromadlarning tengsizligi darajasini aniqlashning ancha qiziqarli usullardan biri Shvedsariya iqtisodchisi Paretoga tegishli. U daromadlar taqsimlanishini tadqiq qilib eng kam va eng yuqori darajada daromad oladigan tabaqalar ulushi aholining kamchilik qismini tashkil etishini ko‘rsatadi. Jumladan, AQSH da barcha aholiga nisbatan eng kam daromad oluvchilar 13,5 foizni, eng yuqori daromad oladiganlar 5-20 foizi tashkil etgan. Daromadlarning asosiy qismi o‘rtahol qatlamlarga to‘g‘ri kelgan. Daromadlarning taqsimlanishidagi bu bog‘lanish iqtisodiy nazariada Pareto qonuni deb yuritiladi



Axoli daromadga qarab guruxlanishini daromadlar piramidasi orqali tasavvur qilish oson bo‘ladi

O‘ta boylar Boylar

37-rasm. Daromadlar piramidasi

Ko‘rinib turibdiki, piramidaning asosiy qismini o‘rta qatlamlar egallagan. Aholining o‘rta qatlam toifasiga daromadi tirikchilik umumiy qiymatidan yuqori bo‘lgan, lekin o‘rtacha daromadlar darajasidan oshib ketmaganlar kiradi.

Daromadlar tengsizligida katta farqlar mavjud bo‘lishining asosiy sababi, bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bizning respublikada ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish, daromadlar tengsizligi muammosini keskinlashtiradi. Bu erda asosiy rolni mol-mulkka uy-joy, ko‘chmas mulk, aksiya va boshqalar ega bo‘lish omili o‘ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanish jarayoni etarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o‘n baravar yuqori daromadga ega bo‘lgan ijtimoiy qatlam shakllanadi.

Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o‘tishi bilan oilalarning to‘plagan mol-mulki meros qoldirilishi sababli daromadlar tabaqalanishining kuchayishi ruy beradi. Har xil oilalar uchun turlicha iste’mol muhiti yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va daromadlar taqsimotida adolatlilikni ta’minlab borish muammolari yuzaga chiqadi.

Har qanday iqtisodiyot sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham mavjud bo‘ladi. Bularning asosiylari quyidagilar



  • kishilarning umumiy layoqati (jismoniy, aqliy va estetik) dagi farqlar;

  • ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  • tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  • ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o‘rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib).

Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi.

Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert to‘lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to‘lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75%)ni tashkil qiladi va tengsizlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.





Download 449,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish