Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni


MAKTAB O‘QUVCHILARINING KITOBXONLIK MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA XUDOYBERDI



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

MAKTAB O‘QUVCHILARINING KITOBXONLIK MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA XUDOYBERDI 
TO‘XTABOYEV ASARLARINING O‘RNI 
 
ABDUG‘AFFOROVA H., TDO‘TAU talabasi. 
 
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy kamoloti azal-azaldan dolzarb masala sanalgan. Buni biz donishmand 
xalqning farzandlariga qo‘yib kelgan quyidagi talablarida yanada yaqqol ko‘ramiz: to‘g‘ri o‘yla, to‘g‘ri so‘yla; senga 
ishonib topshirilgan vazifaga mas’uliyat bilan yondash; bir soat ichida uddalashing lozim bo‘lgan ishingni darhol bajar, 
keyinga qoldirma; burchingni va’da bergan vaqtda ado et, va’dasizlik qilma; yaxshi o‘qi; o‘zingga mos hunar tanla; 
hayotda tadbirkor bo‘l; qo‘pol so‘zli bo‘lma, xushmuomalali bo‘l; o‘z ishingda, o‘z so‘zingda qattiq tur. Bu kabi ibratli 
gaplar qattiq, ammo to‘g‘ri talab. Agar kimda bunday xususiyatlar bo‘lsa, u hech qachon hayotda qiynalmaydi. 
Bizning mustaqil diyorimizda barkamol avlodga e’tibor yanada kuchaygan. Yoshlarning yaxshi o‘qishlari, 
kasb-hunar o‘rganishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 2010-yilning „Barkamol avlod yili“ deb nomlanishi 
fikrimizning isbotidir. 
Yurtimizning birinchi prezidenti I.A.Karimovning 2009 yilda chop etilgan «Yuksak ma’naviyat – yengilmas 
kuch»
Bugungi kunda o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish, badiiy adabiyotga 
oshno kitobxonni tarbiyalash borasida yanayam samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yurtimiz rahbari 
Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: Yosh avlod tarbiyasi xaqida gapirganda, Abduraif Fitrat 
bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini 
men juda-juda istardim. 
“Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir 
bo‘lishi yoki zaif xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi 
ularning o‘z ota-onalaridan bolalaikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”.  
…biz asrlar mobaynid ashakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimiz boy merosiga tayanamiz. 
Farzandlarimiz, ayniqsa, qizbolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni egallashlari, har tomonlama 
sog‘lom va barkamol bo‘lib, hayotdan munosib o‘rin topishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar 
etamiz. [1, 14] 
Darhaqiqat, hozirgi globallashuv jarayonida bolalar ongini turli xil tahdid va xurujlardan himoya qilish 
masalasi kun tartibiga aylanmoqda. Chunki butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan turli xil o‘yinlar, ijtimoiy 
tarmoqlardagi ayrim mazmunsiz materiallar, hatto kattalarni ham o‘z domiga tortib boryapti. Xalq hayotida 
adabiyotning bugungi kundagi o‘rni, ayniqsa, bolalar adabiyotining kundalik hayotimizdagi roli qoniqarli darajada 
emas. Sababi o‘zbek adabiyotida bolalar uchun yaratilayotgan asarlar nisbatan kamdek. 
XX asr 60-90-yillarida Hakim Nazir, Farhod Musajon, Sunnatulla Anorboyev, Anvar Obidjon, Xudoyberdi 
To‘xtaboyev kabi adiblarimiz samarali ijod qildilar. Ularning asarlari maktab darsliklaridan o‘rin oldi. Bolalar 
adabiyotini o‘rganuvchi adabiyotshunoslar ular haqida turli monografiyalar, risolalar yaratishdi. Adabiyotshunoslar 
tomonidan eng ko‘p o‘rganilgan, asarlari tahlilga tortilgan yozuvchi, shak-shubhasiz, Xudoyberdi To‘xtaboyevdir.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘zining asarlari bilan nafaqat o‘zbek, balki dunyo 
bolalar adabiyoti xazinasiga ham sezilarli darajada hissa qo‘shdi. X.To‘xtaboyev hodisasi o‘zbek adabiyotida 
fenomenal hodisadir. Adib asarlari bolalar uchun yozilgan bo‘lsa-da, ularda millat dardi, asarda aks ettirilgan davr, 
ijtimoiy holat adibni bolalar yozuvchisigina emas, balki xalq yozuvchisi bo‘lish darajasigacha olib chiqdi. “Jannati 
odamlar”, “Mungli ko‘zlar”, “Qiz bolaga tosh otmang”, “Qiz talashgan o‘smirlar” kabi asarlarida yozuvchi o‘smir 
yoshdagi yigit-qizlarning zavq-shavqqa to‘la ba‘zan esa armonli hayot yo‘llarini haqqoniy va chiroyli tasvirlaydi. 
Masalan, ko‘pchilikka tanish bo‘lgan “Sariq devni minib” romanida Hoshimjon obrazi orqali adib hozirgi zamon 
67 


bolalariga xitob qiladi. Hoshimjondagi xususiyatlar ijodkor hayotiy kuzatishlaridan kelib chiqqan holda yaratilgan. 
O‘smir yoshdagi bolalarning fe‘l-atvori, ruhiy holati ushbu obrazda umumlashtirilgan. Sodda, biroz quv, o‘yinqaroq 
bo‘lgan Hoshimjon o‘zining bolalarcha tasavvuri natijasida matematika, ona tili fanlarini o‘zlashtirmay turib ham 
agronom, zootexnik bo‘la olaman deb hisobaydi. Lekin asar davomida uning bu qarashlari o‘zini oqlamaydi. Hayotga 
bolalarcha yengil qarash, maqsadlarga oson erishish mumkinligi haqidagi fikrlari u ro‘baro kelgan muammolar 
qarshisida o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Kitobxon asarni o‘qib, Hoshimjonning emas, u tushib qolgan muhitning ustidan 
kuladi. U, asosan, ishlarini sehrli qalpoqcha yordamida bitiradi. Kuni kelib bu osonlikning ham yakuni ko‘rinib qoladi. 
Hayotda sehrli qalpoqcha ham hal qila olmaydigan muammolar, tashvishlar, yechimlari faqat odamlarning o‘zlarigagina 
bog‘liq masalalar ham bor va Hoshimjon buni yaxshihamki, bola vaqtidayoq aynan o‘z yordamchisi va hamrohi sehrli 
qalpoqcha orqali anglab yetadi.
Sehrli qalpoqcha asarda bosh detal bo‘lib xizmat qiladi. Asardagi peripetiya-keskin burilish, hal qiluvchi 
xulosalar sehrli qalpoqcha tilidan bayon qilinadi. U Hoshimjonga bu hayotda hech narsaga ilmsiz erishib bo‘lmasligi, 
osonlikcha qo‘lga kiritilgan yutuqlarning muvaqqat ekanligini aytib, uni ilm olishga, yuksak maqsadlar sari intilishga 
undaydi. Muallif yuqorida ta‘kidlaganimizdek, Hoshimjon obrazi orqali butun millat bolalariga ilm-ma‘rifatning 
naqadar muhim hayotiy hodisa ekanligini uqtiradi.
O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad asarning 1987-yilgi nashriga yozgan so‘zboshisida Hoshimjonga qarata: 
“Sen hali butun dunyoni sayr qilishing, o‘zbek bolalarining naqadar ilmga tashna ekanini, ularning samimiyati, sof 
ko‘ngli, uddaburonliklari haqida xabar berishing kerak” deganda asarning bugungi kundagi istiqbolidan umid qilgan 
bo‘lsa ajab emas. Asar dunyoning 24 tiliga tarjima qilinib, millionlab nusxada hozirgacha nashr qilinmoqda va butun 
jahon bo‘ylab o‘z muxlislarini topmoqda. 
Mazkur asar o‘zining betakror syujeti, g‘ayriodatiy obrazlari bilan kichik kitobxon qalbidan munosib o‘rin 
egallaydi. Undagi poetik maqsad kitobxon ma’naviyatini yuksaltirishga, badiiy idrokini tarbiyalashga munosib zamin 
yaratadi. 

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish