Adabiy-nazariy qarashlar mumtoz Sharq adabiyotining takribiy qismi sifatida



Download 25,23 Kb.
bet6/8
Sana01.08.2021
Hajmi25,23 Kb.
#135133
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi 1-amaliy

4. “Sharqda o’n ikki qismdan, jumladan lug’at, sarf, nahv, maoni, bayon, aruz, qofiya, sanoye’ kabi ilmlar turkumini ilmi adab deb ataganlar. O’rta asr adiblari asarlarida bu ilmlar ko’pincha qorishiq tarzda ko’ringan, ya’ni muallif o’zining asarlarida ilmi adabning turli sohalari bo’yicha mulohaza yuritgan, ularni bir-biri bilan bog’li tarzda tavsif qilgan va sharhlagan. Shuning natijasida she’r va shoirlik haqidagi fikrlar turli ilmlar haqida bahs yuritilganda ham bayon qilingan”.

Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al-Farobiy (873-950)ning “Shoirlar san’ati qonunlari haqida risola” (Arabchadan A.Irisov tarjimasi), Abu Rayhon Beruniyning “Al-osor ul-boqiya an al-qurun ul-holiya” (“O’tmish davridan qolgan yodgorliklar”), Abu Ali ibn Sinoning “Shifo” kabi kitoblarini misol keltirish mumkin.

Jumladan, Abu Nasr Forobiy eslatilgan asarida yozadi: “Biz yana shunday deymiz: bu san’at ahli bilan (uyga) naqsh beruvchi rassom san’ati o’rtasida qandaydir munosabat bor. Bular ikkalasining san’atdagi moddasi turli-tuman bo’lsa ham, ammo shaklda, yaratilish va maqsadlarda bir-biriga mos keladi. Yoki aytaylik, o’sha ikkala yaratilgan narsada, ular shakllarida va maqsadlarida bir-biriga muvozanat, o’xshashlik bor. Bu shundayki, she’r san’atini bezaydigan narsalar so’z-mulohazalar bo’lsa, rassomlar san’atini bezaydigan narsa-buyoqlar sanaladi. Bularning ikkovi o’rtasida farq bor, ammo ikkalasi ham odamlar tasavvuri va sezgilarida bir maqsadga-taqlid qilishga yo’nalgan bo’ladi”1 .

X asrdayoq she’r san’ati-so’z, rassom san’ati-buyoq ekanligi, ikkalasi ham odamlar qalbini obrazli ifoda qilishi haqidagi bu mulohaza-adabiyot ilmining ancha chuqur o’rganilganligini isbotlaydi.

5. Sharq mumtoz adabiyotida she’riyat (adabiyot) qonun-qoidalari haqida maxsus nazariy risolalar ham yaratilgan. Ularda “ilmi qofiya”, “ilmi aruz”, “ilmi muammo” va so’z san’atlari ilmi kabi maxsus sohalar tekshirilgan va poetika masalalari o’rganilgan. Jumladan, Abulhasan Saraxsiyning “Kanz ul-qofiya”, Vohid Tabriziyning “Jam’i muxtasar”, Rashidi Vatvotning “Hadoyiq us-sehr fi da qoyiq ush-she’r” asarlarini ko’rsatish mumkin. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”, Muhammad Boburning “Muxtasar” asarlarida aruz qonun-qoidalari mufassal tekshirilgan. Alisher Navoiyda 19 bahr o’rganilgan bo’lsa, Bobur tavil bahri (mutalifa) doirasida hosil bo’luvchi ariz va amiq bahrlarini ham qo’shadi va aruzning 21 bahrini, 537 vaznini tavsif qiladi.


Download 25,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish