Jismoniy tarbiya va sport darsida saf mashqlari haqida umumiy tushunchalar
Saf mashqlari – bu shug‘ullanuvchilarning ma’lum bir safda bir- galikdagi yoki yakka harakatlaridan iborat. Saf mashqlari yordamida mashg‘ulotni tashkil etish, marom va sur’at hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi, jamoa bo‘lib mehnat qilish malakalari shakllantiriladi.
Bu mashqlar kishi qad-qomatini to‘g‘ri shakllantirish vositasi ham- dir. Saf mashqlari aniq ijro etilishiga bo‘lgan talabchanlik intizomlilik va uyushqoqlikni tarbiyalaydi.
Saf mashqlari to‘rt guruhga bo‘linadi:
Saf usullari.
Saflanish va qayta saflanish.
Joydan-joyga ko‘chish usullari.
Orani ochish va yaqinlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |