Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: Turistik yo’nalishlar haqida tushuncha bering
Turistik yo’nalishlarning shakllanishiga ko’ra turlarini ayting
Turistik yo’nalishlarning turlari:uyushgan va uyushmagan misollar keltiring.
O’zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish istiqbollari haqida tushuncha bering.
7 - Ma’ruza yuzasidan nazorat testlari 1. Masalan, O’rta er dengizida bir oyda qanchadan dan ortiq dengiz yo’nalishlari tashkil qilinadi va o’rtacha 5-10 davlatlarga boradigan yo’nalish ho’yicha turistlarga sotiladi.
A) 300 dan ortiq dengiz yo’nalishlari
B) 450 dan ortiq dengiz yo’nalishlari
V) 500 dan ortiq dengiz yo’nalishlari
G) 800 dan ortiq dengiz yo’nalishlari
2. Har yili diniy turizmda qatnashayotgan turistlar soni dunyo bo’yicha necha milliondan ko’p.
A) 4-5 milliondan ko’p.
B) 8-9 milliondan ko’p.
V) 6-7 milliondan ko’p.
G) 10-11 milliondan ko’p.
3. ……… Oldingi hayotini qo’msash natijasida boshqa joylarga sayohat qilish.
A) Nostalgiya turizmi
B) Sarguzasht turizmi
V) Ekologik turizm
G) Kiruvchi turizm
4. ……… - Maxsus turlarni o’z ichiga olib, standart yo’nalishlarga qo’shimcha joylarga borish va maxsus turlarni tuzish turistlarning talabiga asosan tuzilgan yo’nalishlar.
A) Uyushtirilgan
B) Uyushtirilmagan
V) Qiziquvchi
G) Tanishtirilgan
5. ……… - Maxsus yoki ishlayotgan yo’nalish bo’lib, ayrim turistlar o’zi borishi mumkin. Bu yo’nalishlar turoperator va turagentlar tomonidan sotilmasdan, turistlarning o’zi borib turmahsulotni joyida sotib olishi jarayonida paydo bo’ladi.
A) Uyushtirilmagan
B) Uyushtirilgan
V) Sarguzasht turizmi
G) Qiziquvchi
6. ……… – bu kishilarning doimiy yashash joyidan qishloq uylariga, qo’rg’onlariga va fermer xo’jaliklariga turistik sayohatni amalga oshirishi hisoblanadi.
A) Qishloq turizm (agroturizm)
B) Sarguzasht turizmi
V) Ekologik turizm
G) Nostalgiya turizmi
7. YeI.ning 35 foiz shahar aholisi, ta’til davrini qishloq joylarida o’tkazishni afzal bilishar ekan. Gollandiyada esa uning ulushi ancha yuqori hisoblanib, necha foizni tashkil qiladi.
A) 49 foizni tashkil qiladi.
B) 56 foizni tashkil qiladi.
V) 60 foizni tashkil qiladi.
G) 72 foizni tashkil qiladi.
8. Italiya qishloq turizmi bo’yicha yangi ish o’rinlarini yaratish hamda real daromad olish bo’yicha Yevropada eng oldingi o’rinlardan birini egallab, ushbu faoliyat turidan o’rtacha yiliga qancha mln. AQSh dollari miqdorida foyda oladi.
A) 350 mln. AQSh dollari
B) 380 mln. AQSh dollari
V) 390 mln. AQSh dollari
G) 460 mln. AQSh dollari
9. Italiyada “Agroturizm” to’g’risidagi qonun nechanchi yilda qabul qilingan bo’lib, u mamlakatda qishloq turizmini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga mustahkam zamin yaratgan.
A) 1985 yilda qabul qilingan
B) 1989 yilda qabul qilingan
V) 1995 yilda qabul qilingan
G) 1999 yilda qabul qilingan
10. 1975 yilda qaysi mamlakatda «Turistik portlash» yuz berdi?
A) Ispaniyada
B) Fransiyada
V) Italiyada
G) Gresiyada