Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Turistik yo’nalishlar uyushtirilgan va uyushtirilmagan



Download 5,2 Mb.
bet48/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

Turistik yo’nalishlar uyushtirilgan va uyushtirilmagan

Uyushtirilgan Maxsus turlarni o’z ichiga olib, standart yo’nalishlarga qo’shimcha joylarga borish va maxsus turlarni tuzish turistlarning talabiga asosan tuzilgan yo’nalishlar. Bu yo’nalishlar o’ziga xos bo’lib, bir-biriga o’xshamasdan aniq bir turist talabini hisobga olgan holda tuziladi va tashkil qilinadi
Uyushtirilmagan Maxsus yoki ishlayotgan yo’nalish bo’lib, ayrim turistlar o’zi borishi mumkin. Bu yo’nalishlar turoperator va turagentlar tomonidan sotilmasdan, turistlarning o’zi borib turmahsulotni joyida sotib olishi jarayonida paydo bo’ladi.
O’zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish istiqbollari
Ma’lumki, bundan 15-20 yillar avvallari turistik ob’ektlarning asosiy qismi shahar joylarida va qisman shahar atroflarida hududlarda turistlarni qabul qilishi va xizmat ko’rsatish imkoniyatlari mavjud bo’lgan bulsa, bugungi kunga kelib qishloq joylaridagi turistik ob’ektlar ham xalqaro marshrutlarga kirib borishi qishloq turizmini hududiy tashkil etish va rivojlantirishda muhim qadamlardan biri bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Geografik tadqiqotlarda aholi manzilgohlaridan biri hisoblangan shaharlar keng ko’lamli o’rganilgan. Ammo qishloq joylari turistik jihatdan nisbatan kam o’rganilgan. Binobarin, qishloq joylari ham murakkab ijtimoiy kategoriyalardan hisoblanadi. Geografiya fanlari tizimida qishloq joylar – bu kompleks tadqiqot ob’ektlaridan biridir. Boshqa soha vakillaridan farqli, o’laroq, geograflar, eng avvalo qishloq joylarni, ularning komponentlarini (tabiati, rekreatsiya va turistik ob’ektlari, aholisi, xo’jalik tarmoqlari) alohida olingan holda, hamda bir butunlikda, ya’ni majmuali tarzda rivojlanishining hududiy qonuniyatlarini o’rganishga asosiy e’tiborni qaratadilar. Qishloq joylar katta-katta maydonlarni, muayyan tabiiy shart-sharoit, go’zal manzara, ekzotik makon va boshqa salohiyati, aholi, uning joylashuv tizimi va ijtimoiy tuzilmalarini hamda ishlab chiqarish salohiyatini o’zida mujassamlashtirgan hududlar yig’indisidan iboratdir.
Hozirgi davrda qishloq joylar bir butun, kompleks tarzda o’rganilgan tadqiqotlarni yetarli deb bo’lmaydi, ammo iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va turdosh fanlar doirasida uning komponentlari (turli darajada va aspektlarda) tadqiq etilgan. Ayniqsa, mustaqillik yillarida mamlakatimizda qishloq joylarni (xuddi shahar joylari kabi) har tomonlama o’rganishning zarurligi ko’pchilik geograflar mutaxassislar (A.Soliev, M.Nazarov, Z.Tojieva, A.Sattorov) tomonidan ta’kidlangan.
Qishloq joylar-bu shaharlardan tashqaridagi aholi yashaydigan barcha joylardir (Kovalev, 1980). Qishloq joylarga berilgan bunday qisqa va lo’nda ta’rifni V.A.Maksimov (1992) yanada rivojlantirgani holda, uni tabiiy sharoit va resurslar, qishloq aholisi va uning o’ziga xos turmush tarzi, odamlar mehnati natijasi-turli-tuman asosiy fondlar, qishloq aholisining ishlab chiqarish faoliyati kabilar bilan boyitdi.
Qishloq joylarni geografik tadqiq etishning metodologik muammolaridan biri-uni o’rganishdagi turli yo’nalishlarni o’zaro nisbati va bog’liqligidir. So’nggi yillarda qishloq joylarni sotsial-geografik jihatdan tadqiq etish ishlari kuchaymoqda. Ularni asosiy mazmuni esa qishloq joylarning barcha qirralarini aholi va uning turmush sharoitlari va faoliyati nuqtai-nazaridan baholashga qaratilgan. Qishloq joylarning barcha elementlarini bir xilda o’rganilgan deb bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligidan tashqari moddiy ishlab chiqarishning boshqa elementlari, va shuningdek xizmat ko’rsatish sohalari, qishloq turizmi, agroturizm kabi sohalar yaxshi o’rganilmagan. Qishloq joylar aholisining o’ziga xos turmush sharoitlari va hayot tarzi, qadriyatlari, an’ana va urf-odatlari qishloq turizmini hududiy tashkil etish nuqtai nazaridan o’rganish katta ahamiyatga ega deb, hisoblaymiz.
O’zbekistonga tashrif buyuruvchi chet ellik sayyohlarning mamlakatimizda sayohat qilish vaqtini uzaytirish, mahalliy turistlar uchun dam olishning yangi turlarini tatbiq etish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan agroturizmni rivojlantirish ustida ishlar olib borilmoqda. 
2018 yil uchun davlat dasturining 104-punkti - Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalar ijrosi maqsadida 4 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Agroturizmni rivojlantirish dasturi" tasdiqlandi. 
Agroturizm Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Gresiya va Fransiyada yaxshi rivojlangan. Bu mamlakatlarga borgan sayyohlar muayyan vaqt davomida qishloq joylarda yashab, mahalliy xalq madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi bilan tanishishadi, an’anaviy qishloq xo’jalik ishlarida ishtirok etishadi. Masalan, Buyuk Britaniyada fermerlarning 60 foizi turizm sohasidan tizimli ravishda daromad olishni yo’lga qo’yishgan, o’rtacha yillik daromad 10-50 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.
Qishloq turizmi uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va rivojlantirish istiqbollari. Bugungi kunda qishloq turizmi turizmning yangi va istiqbolli yo’nalishlaridan biri hisoblanib, mamlakat ichki va xalqaro turizmini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qishloq joylarida turizmni rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qishloq hududlarini barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Xususan, qishloq joylarida infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirishda, qishloq aholisi turmush darajasini oshirishda, mahalliy aholi daromadini o’stirishda, yangi ish o’rinlarini yaratishda, madaniy urf-odatlar va milliy an’analarni qayta tiklashda, shuningdek, atrof-muhitni himoya qilishda qishloq turizmi muhim rol o’ynaydi.

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish