ILMIY TURIZM. O‘qish, ta’lim olish maqsadida, malaka oshirish maqsadida safar qilish xalqaro turizmning nisbatan yangi turlari safiga kiradi.
INDIVIDUAL TUR. Turistlarga ko‘proq erkinlik va mustaqil harakatlanish imkonini beradi. Guruhli turlarga nisbatan qimmatroq, chunki individual turlar tarkibiga kiruvchi ichki marshrutdagi transport, gid xizmatlari va ba’zi boshqa xizmatlar uchun to‘lov to‘lig‘icha turist zimmasiga tushadi.
INKLYUZIV TUR (IT) Bu oldindan rejalashtirilgan va dam olishning yoki turizmning ma’lum turi, hamda turistlarning ma’lum ijtimoiy guruhiga va uning yoniga yo‘naltirilgan qat’iy xizmatlar to‘plamidir.
ICHKI TURIZM - o‘z davlati chegarasi doirasida doimiy yashovchi fuqarolarni vaqtinchalik tashrif buyurovchi joyda (to‘lanadigan faoliyatsiz) turistik maqsadlarda sayohat qilishi.
IQTISODIY BO‘G‘IN (KLASS) MEHMONXONASI- Kichik yoki o‘rta sig‘imli korxonalar (150 o‘rinli va undan ortiq) magistral yo‘l yoqalarida joylashadi. Xizmatlar to‘plamini cheklanganligi, oddiy va tez xizmat ko‘rsatish bilan ajralib turadi. Iste’molchilari – ko‘rsatilgan (istie’mol qilingan) xizmatlar uchun haqiqiy to‘lovni amalga oshirishga intiluvchi va to‘liq pansionga muhtoj bo‘lmagan biznesmenlar, xususiy turistlar uchun mo‘ljallangan.
IXTIYORIY SERTIFIKATLASh qo‘yidagi holatlarda qo‘llaniladi, uchinchi shaxslar yoki qo‘shma korxonadagi chet el sheriklari ishlab chiqariladigan tovarlar va taqdim etiladigan xizmatlar uchun qo‘shimcha sertifikatni talab etgan vaziyatlarda foydalaniladi.
KIRUVCHI TURIZM- faoliyati to‘lanmaydigan turistlik maqsadlarda doimiy yashamaydigan shaxslarni o‘zga mamlakat hududiga tashrifi, sayohati.
KO‘NGIL OCHAR TURLAR– (entertainment) turizm dasturlarida ma’lum ma’noda turistlar uchun qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. «Turistning yaxshi ko‘ngil ochishi» uchun xizmatlarning barcha qirralarini ochishda yordam beradi. Bu faol o‘yinlar (golf, kriket, kegli), otlarda sayr qilmoq, attraksionlarga borish (tematik bog‘lar, masalan, Disneylend, Delfi kari, zooparklar), restoranlar, dangsinglar, disko klublar, magazinlar, kazino va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
LUKS KLASS. Ushbu klass bo‘yicha turlarni tashkil qilishda odatda eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadi: 5 yulduzli xashamatli mehmonxonalar, birinchi klass va biznes aviatsiya samalyotlarida uchish, xashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida transport luks klass mashinalarida, alohida gid xizmatlari va h.k. Bunday turlar VIP-xizmat ko‘rsatish turkumi (razryadi) bo‘yicha taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |