Reyting jаdvаli.
Mаksimаl bаll – 10 b.
8.6-10 bаll – “5” bаhо.
7.1-8.5 bаll – “4” bаhо.
0.5-7.0 bаll – “3” bаhо.
0- bаll – “2” bаhо
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Аbdulla Qоdiriy nоmidagi Jizzах dаvlаt pеdаgоgikа instituti
TаbiIY FANLAR fаkultеti
gеоgrаfiya VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI kаfеdrаsi
TURIZM VA REKREATSIYA GеоgrаfiyaSI
fanidan
GLOSSARIY
Tuzuvchi: o’qit. Usmanov M.
Jizzах
AТAМAЛAР ЛУҒAТИ GLOSSARIY
1. Turizm - jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy - amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil maddatga jo‘nab ketishi.
2. Turist - O‘zbeksiton respublikasi hududi bo‘ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo‘nab ketgan) jismoniy shaxs.
3. Turistik faoliyat - sayohat va ular bilan bog‘liq xizmatlarni tashkil etish borasidagi faoliyat.
4. Ekskursiya faoliyati - turistik faoliyatning tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar va boshqa ob’ektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ekskursiya yetakchisi hamroxligidagi 24 soatdan oshmaydigan ekskursiyalarni tashkil etishga doir qismi.
5. Turistik resurslar - tegishli hududning tabiiy - iqlim, sog‘lomlashtirish, tarixiy - madaniy, ma’rifiy va ijtimoiy - maishiy ob’ektlari majmui.
6. Turistik faoliyat sub’ektlari - belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan va turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi bo‘lgan korxonalar, muasssasalar, tashkilotlar.
7. Turistik industriya - turistik faoliyatning turistlarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi turli sub’ektlari (mehmonxonalar, turistik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy ovqatlanish, transport korxonalari, madaniyat, sport muassasalari va boshqalar) majmui.
8. Tur - muayyan yo‘nalish bo‘yicha turistik xizmatlar majmui (joy bandlash, joylashtirish, ovqatlantirish, transport, rekreasiya, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar) bilan ta’minlangan aniq muddatlardagi turistik sayohat.
9. Turistik xizmatlar - turistik faoliyat sub’ektlarining joylashtirish, ovqatlantirish, transport, axborot -reklama xizmatlari ko‘rsatish borasidagi, shuningdek, turistlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa xiz-matlar.
10. Turistik guruh rahbari - turistik faoliyat sub’ektining vakili bo‘lgan va uning nomidan ish ko‘rib, turistlarga hamroxlik qiluvchi, turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlovchi jismoniy shaxs.
11. Gid (ekskursiya yetakchisi) - tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi doirasida ekskursiya -axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar va malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs.
12. Litsenziya - turistik faoliyatni amalga oshirishga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi maxsus ruhsatnoma.
13. Sertifikat - turistik xizmatlar sifatini va ularning muayyan standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat.
14. Turistik yo‘llanma (vaucher) - turistning yoki turistlar guruhining tur tarkibiga kiruvchi turistik xizmatlarga bo‘lgan huquqini belgilovchi va bunday xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjat.
15. Turistik industriya (sanoat) - turistlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tashish, joylashtirish, ovqatlantirish sub’ektlari.
16. Turizm infratuzilmasi - inshootlar majmui, yo‘llar, muhandislik va kommunikasiya tarmoqlari, sug‘urta, bank va boshqa tarmoqlar.
17. Turistik tovarlar - turistik sovg‘alar, xaridlar.
18. Turistik (tur) mahsulot - turizm jarayonida amalga oshiriladigan xizmatlar va harajatlar yig‘indisi.
19. Turistik sug‘urta - turistlarning hayotini majburiy sug‘urtalash.
20. Turistik (tur) yo‘nalish - turistlarni turizm faoliyatini amalga oshirishlari uchun olib borilgan yo‘nalish.
“TURIZM ASOSLARI” FANI BO‘YICHA GLOSSARIY
Do'stlaringiz bilan baham: |