86. Иккинчи жаҳон уруши якунлари ва халқаро муносабатлардаги ўзгаришлар. Иккинчи жаҳон уруши якунлари ва халқаро муносабатлардаги ўзгаришлар.
Yaponiya taslim bo‘lmaguncha ikkinchi jahon urushi tugamas edi. 1944-yilning oktabr oyida eng yirik harbiy-dengiz floti jangida AQSH Yaponiya flotini tor-mor keltirdi. 1945-yilning aprel oyida AQSH armiyasi Okinava orolini egalladi. U Tokio shahridan 500 km uzoqlikda edi. Yozga kelib Yaponiya armiyasi Osiyoning katta qismidan quvib chiqarildi. Biroq Yaponiyani taslim etish oson ish emas edi. Buning uchun AQSH Yevropadagi kuchlarini Yaponiyaga tashlashi zarur edi. Urush esa 1946- yilning oxirigacha cho'zilar va AQSH odam va aslaha jihatidan juda katta zarar ko‘rar edi. Shuning uchun ham Sovet davlatining Yaponiyaga qarshi urushga kirishi nihoyatda zarur edi. 26-iyul kuni AQSH, Sovet davlati va Xitoy Yaponiyadan so‘zsiz taslim boflishni talab etdilar. Biroq Yaponiya bu talabni rad etdi. 8-avgust kuni Sovet hukumati Yaponiyaga urush e'lon qildi. 9-avgustda esa Shimoliy-Sharqiy Xitoy, Shimoliy Koreya, Janubiy Saxalin va Kurill orollarida joylashgan Yaponiya armiyasiga qarshi hujumga o‘tdi. Shu orada Xirosima va Nagasaki shaharlariga AQSH aviatsiyasi atom bombasini tashladi. Bu ikki atom bombasidan 100 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi. 400 mingdan ortiq kishi esa radiaktiv nurlandi. Atom bombasining ishlatilishi va Sovet davlatining urushga kirishi Yaponiyani mag'lubiyatga uchraganligini tan olishga majbur etdi va 2-sentabr kuni Yaponiya taslim boflganligi haqidagi hujjat imzolandi. Shunday qilib, Yaponiya mustamlakachilik imperiyasi quladi va Yaponiyaning taslim bo‘lishi bilan ikkinchi jahon urushi ham tugadi.
Dunyoning asosiy davlatlarini o‘z domiga tortgan ikkinchi jahon urushida 40 davlatning hududida harbiy harakatlar olib borildi. Urushda behisob qurbonlar berildi va juda katta vayrongarchilik yuz berdi. Urushda fashistik Germaniya, Italiya va militaristik Yaponiya tor-m or etildi. Ular vaqtinchalik buyuk davlatlar qatoridan tushib qoldi. Ayni paytda fashizm halokatga uchradi, fashistlar partiyasi va tashkilotlari faoliyati taqiqlandi. Uzoq va og‘ir kurashda demokratik va antifashistik kuchlar g‘alaba qozondi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi va uning Ustavi 1945-yilning 24- oktabridan kuchga kirdi. Mustamlakachi imperiyalarning yemirilishi boshlandi. 0 ‘nlab yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Buyuk Britaniya va Fransiya sezilarli darajada zaiflashdi. AQSH esa dunyoning ikki o‘ta qudratli davlatidan biri bo‘lib qoldi. Sovet davlati ham urush natijasida mislsiz talafotlar ko‘rgan bo‘lsa-da AQSH kabi dunyoning o‘ta qudratli davlatiga aylandi. Hozirgi bosqichda Sovet davlati merosxo'ri Rossiya bilan AQSH dunyoni muvozanatda saqlab turibdi. Bugungi kunda Yer yuzida mustahkam tinchlikning o‘rnatilishi, yangi qirg‘inbarot urushlarning ro‘y bermasligi uchun barcha davlatlar (birinchi navbatda, buyuk davlatlar) hamda jahon jamoatchiligi mas’uldir.