141
Бобокупов И.И. Афганская трансформация: приоритеты и ключевые
проблемы / Центральная Азия и Кавказ, Том 16, Выпуск 2, 2013.
ming nafarga yaqin AQSH harbiy kuchlari zimmasiga yuklatilgan
asosiy vazifa ham aynan Afg‘oniston milliy armiyasi va politsiya-
sini jangovar shayligi va qobiliyatini oshirish hisoblanadi142.
AQSH va uning ittifoqchilari ko‘magi doirasida, bugungi kunda
AIRdagi 350 ga yaqin harbiy obyektlar barcha infratuzilmaviy
sharoitlar bilan ta’minlanib, 15 mingga yaqin harbiy avtomobillar,
1600 atrofida bronetexnika vositalari afg‘on armiyasi ixtiyoriga
topshirildi. 2012-2014-yillar oralig‘ida 7 ta umumiy harbiy
hamkorlik mashg‘ulotlari va 40 ga yaqin AM A hamda XKXK
hamkorligida maxsus taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi143.
2001-yil oxiri va 2002-yil boshlaridan boshlab mamlakatga
XKXK kiritilgandan so‘ng
Afg‘on Milliy Politsiyasi
(AMP)ning
yangi tarkibini shakllantirish ishlari boshlandi. Afg‘oniston Islom
Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi tarkibiga kiruvchi quyidagi turli
tuzilmalar faoliyat yuritadi: Afg‘on umumiy politsiyasi, Afg‘on
Milliy yordamchi politsiyasi, Afg‘on fuqarolik nazorati politsi
yasi, Afg‘on Narkotiklarga qarshi kurash politsiyasi, Terrorizmga
qarshi kurash departamenti, Afg‘on mahalliy politsiyasi va Chegara
politsiyasi144.
Ushbu bir-biridan mustaqil boshqarma va bo‘limlar turli
vazifalami bajarishi belgilangan. Masalan, Afg‘on Milliy yordamchi
politsiyasi politsiyaga ko‘mak berib turgan hamda unda bir yil
xizmat qilgan va maxsus ko‘rikdan hamda qo‘shimcha kursdan
o‘tgan harbiy xizmatchilami politsiya tarkibiga olishni belgilagan.
Afg‘on umumiy politsiyasi - AMPning yirik tuzilmasi bo‘lib, bu
gungi kunda ushbu tuzilma saflarida 90 ming nafardan ortiq politsiya
xodimi faoliyat yuritmoqda. Afg‘on umumiy politsiyasi qonunchilik
142 SECURITY AND DEFENSE COOPERATION AGREEMENT
BETWEEN THE UNITED STATES OF AMERICA AND THE ISLAMIC
REPUBLIC OF AFGHANISTAN. 2014. http://mfa.gov.af/en/news/bsa
143 Anthony H. Cordesman. Transition in Afghanistan: Loosing the Forgotten
war? The need to reshape US strategy in Afghanistan, Pakistan, and Central
Asia. - Washington, D.C.: CSIS, 2015. - P. 91.
144 Center for Security Governance. The Afghan National Security Forces
Beyond 2014: Will They Be Ready? - №2, February 2014.
bajarilishini nazorat etish, Afg‘on hokimiyat idoralarini qo‘riqlash,
jamoat tartibini saqlash kabi vazifalami bajaradi va mamlakatning
barcha viloyatlarida ushbu tuzilmaning bo‘linmalari mavjud. Shu-
ningdek, Afg‘on patrul politsiyasi ham Afg‘on umumiy politsiyasi
tarkibida faoliyat olib boradi va ushbu tuzilmaga mamlakat bo‘ylab
yo‘llarda harakatlanish bo‘yicha xavfsizlikni ta’minlash mas’uliyati
yuklatilgan. Afg‘on fuqarolik nazorati politsiyasi - 2006-yilda katta
shaharlarda tartibsizliklarni oldini olish, favqulodda holatlarda
hududlar barqarorligini ta’minlash, yuqori darajali tahdid mavjud
hududlami qo‘riqlash kabi vazifalar yuklatilgan. AMPning ush
bu bo‘limi 14 500 nafar xodimdan iborat bo‘lib, hozirda Kobul,
Qandahor, Hirot, Gardez va Helmand viloyatlarida bo‘linmalari
mavjud.
Afg‘on chegara politsiyasi - Afg‘oniston chegaralarini
qo‘riqlash, mamlakatga kirish va chiqishni nazorat qilish, noqo-
nuniy tovarlar kirim-chiqimi (kontrabanda), xalqaro aeroportlar
hududlari, fuqarolar xavfsizligini, shuningdek, chegaralardan 50 km
uzoqlikdagi ichki hududlar xavfsizligini Afg‘on umumiy politsiyasi
bilan birgalikda ta’minlash vazifalarini bajaradi. Afg‘on chegara
politsiyasida 40 ming nafardan ortiq chegarachi mavjud. Hozirgi
kunda Afg‘on chegara politsiyasining joylarda 6 ta bo‘limi hamda
ularga qarashli postlari mavjud. Jumladan, 0 ‘zbekiston bilan
chegaradosh hududlarda Mozori Sharif chegara bo‘limining Balx
bo‘linmasiga qarashli Sho‘rtepa va Kaldor postlari faoliyat yuritadi.
Jinoyat-qidiruv departamentida AMPning 4000 nafardan ortiq
xodimlari faoliyat yuritib keladi va ulaming ko‘pchiligi poytaxt
Kobulda jinoyat-qidiruv ishlari hamda ulami sudga oshirishga oid
hujjatlashtirish, jinoyat ekspertizasi kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.
2003-2004-yillar davomida 35 ming nafar xodim bilan tashkil
etilgan AMP shaxsiy tarkibida so‘nggi yillarda o‘sish tendensiyasi
kuzatilmoqda. Afg‘on Milliy Politsiyasi tizimidagi e’tiborga loyiq
j ihat shundaki, uning tarkibida ко ‘pchilik xotin-qizlar faoliyat yuritib
kelmoqda va bunday holat islom an’analariga xos hayot tarziga rioya
etuvchi mamlakat uchun katta ahamiyatga ega. Xususan, hozirgi
vaqtda AMP tarkibida 4 ming nafarga yaqin ayol politsiyachilar
mavjud. 2014-yil yanvar oyida polkovnik Jamila Biyaz ilk bor Ko
bul politsiya bo‘limining boshlig‘i etib tayinlandi. Afg'oniston IIV
ko‘rsatmasiga ko‘ra, kelgusida xavfsizlik choralarini kuchaytirish
maqsadida har yili politsiya saflariga 1000 nafardan ortiq xotin-
qizlaming ishga qabul qilinishi belgilab olindi. Chunki, Afg‘oniston
sharoitida so‘nggi yillarda “Tolibon” harakati va boshqa ekstremistik
guruhlar tomonidan qo'poruvchilik maqsadlarida ayollardan keng
foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda. Afg‘on an’analariga
ko‘ra esa, begona erkakning notanish ayolga yaqinlashishi va tintuv
qilishi taqiqlangan. Islom shariati normalari amal qilinadigan
davlatda bunday harakatlar aholi tomonidan salbiy qabul qilinadi
va shu sababli hozirgi paytda bu kabi vazifalami ayol politsiyachilar
bajarishi belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, shubhali jinoyatchilar
ayollar orasiga kirib ko‘zdan yashirinmoqchi bo‘lsa, uni ta’qib qi
lish ayol politsiyachiga noqulaylik tug‘dirmaydi va fuqarolar orasida
ham norozilikka sabab bo‘lmaydi. Shu boisdan, Afg'oniston
hukumati yaqin kelajakda AMP tarkibida ayollaming ulushini 10
%ga yetkazishni rejalashtirishmoqda. Bu borada 2015-yil yanvar
oyidan maxsus loyihani amalga oshirish boshlandi va mazkur loyiha
doirasida yaqin 10 yil davomida AIR politsiya tizimida ayol politsi-
yachi xodimlar sonini 10 ming nafarga yetkazish mo‘ljallanmoqda.
Texnik jihatdan va qurollar turi bilan ta’minlanishiga ko‘ra
hozirda AMP tasarrufida 1000 dan ortiq avtotexnika vositalari
mavjud. 2014-yilning sentabr oyida Uelsda bo‘lib o‘tgan NATO
sammitida Shimoliy Atlantika Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan
Afg‘on Armiyasi va Politsiyasiga berilayotgan moddiy yordam
hajmini 2014-yildan keyingi davrda yiliga 4,1 mlrd. AQSH
dollaridan 5,1 mlrd. AQSH dollarigacha oshirishga qaror qilindi.
Afg‘on Milliy Xavfsizlik Kuchlarini mamlakatda istiqomat qi
luvchi milliy-etnik birliklar nisbatidan kelib chiqib shakllantirish
muhim ahamiyatga ega.
2003-yilda Afg'oniston Qurolli Kuchlari shakllantirilishi
jarayonida etnik balansni saqlab qolishni kafolatlovchi rahbariy
tamoyillar e’lon qilingan edi. Xususan, shaxsiy tarkibning
38% pushtunlardan, 25% tojiklardan, 19% hazoriylardan, 8%
o‘zbeklardan tashkil topishi kerak edi. Ammo, bugungi kunda
Afg‘on Milliy Xavfsizlik Kuchlari etnik tarkibida asosiy o‘rinni
pushtunlar va tojiklar egallab kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |