2009-yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari natijalariga
ko‘ra, pushtun millatiga mansub nomzod aholining ko‘pchilik
ovozi bilan g‘alaba qozondi. Bu Afg‘oniston Islom Respublikasida
hokimiyat
organlarining
aksariyati
pushtunlar
tomonidan
egallanganligini hamda ular davlat boshqaruvida yetakchi rolni
o‘ynab kelayotganliklarini ko‘rsatib beradi.
Afg‘onistonda 2014-yilgi prezidentlik
saylovlari natijasida
oliy hokimiyatning demokratik tamoyillar asosida bir shaxsdan ik-
kinchi shaxsga o‘tganligini mamlakat tarixidagi ulkan ijobiy voqea
deb hisoblash mumkin. 2014-yilning 2-fevral kuni Afg‘oniston
Islom Respublikasi Mustaqil Saylov Komissiyasi (MSK) shu yil-
ning 5-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi prezidentlik
saylovi rasman boshlanganligini e ’lon qildi va shu bilan saylovoldi
kompaniyasi ham boshlandi.
Mamlakat prezidentligiga 11 ta nomzod - Doktor Abdulla
Abdulla, Ashraf G‘ani Ahmadzoy,
Zalmay Rasul, Abdul Qayum
Karzay, Abdul Rab Rasul Sayyof, Abdul Rahim Vardak, Muhammad
Daud Sultonzoy, Muhammad Nodir Naim, Qutbuddin Hilol, Hido-
yat Amin Arsala va Gul Og‘a Sherzoylar o‘z nomzodini olg‘a su-
rishdi. Yuqorida nomlari tilga olingan 11 nafar nomzoddan 10 nafari
pushtun millatiga mansub edi. Prezidentlikka
nomzodlardan faqat
Abdulla Abdulla etnik tojik bo‘lganligi sababli saylov jarayonlarida
mamlakatning tojik millatiga mansub aholisi to‘laligicha Abdulla
Abdullani qo‘llab-quvvatladi. 2001-yildan buyon mamlakatning
muvaqqat va o‘tish hukumatlari hamda 2004-yildan boshlab pre
zident lavozimini egallab kelayotgan H.Karzay,
Konstitutsiyaga
binoan ushbu lavozimga uchinchi marta saylana olmaydi.
Afg‘on Mustaqil saylov komissiyasining e’lon qilgan pre
zidentlik saylovining natijalari bo‘yicha, doktor A.Abdulla
saylovchilaming 45 % ovozini olgan holda birinchi o'rinni egallagan
bo‘lsa, Ashraf G‘ani Ahmadzoy esa 32 % ovoz bilan ikkinchi o‘rinni
egalladi. Shu tariqa, dastlabki bosqichda hech bir nomzod 50%dan
yuqori ovoz to‘play olmadi. Shundan so‘ng, demokratik mezonlar
va mamlakat
Konstitutsiyasiga muvofiq, dastlabki turda eng ko‘p
ovoz olgan ikki nafar nomzod o‘rtasida saylovning ikkinchi bos-
qichi o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
2014-yilning 14-iyun kuni prezidentlik saylovining ik
kinchi bosqichi o‘tkazildi. Bunda Ashraf G ‘ani Ahmadzoy
saylovchilaming 55,27% ovozini olgan bo‘lsa,
Abdulla Abdulla
saylovchilaming 44,73% ovozini oldi. Mamlakatning sobiq moli-
ya vaziri bo‘lmish Ashraf G ‘aniga 3,93 mln. nafar saylovchi ovoz
berdi. Ushbu saylovchilar asosan mamlakatning sharqiy, janubiy va
g‘arbiy viloyatlarida istiqomat qiluvchi etnik pushtunlar edi.
Sobiq
Tashqi ishlar vaziri bo‘lmish A.Abdulla mamlakatning markaziy
va shimoliy qismidagi aralash etnik guruhlar tarafidan qo‘llab-
quvvatlandi va unga 3,18 mln. nafar saylovchi ovoz berdi.
2014-yilgi prezidentlik saylovlari jarayonida qonun buzilishi
holatlarining ro‘y berishi hamda saylov yakuniy natijalarini e’lon
qilishning cho‘zilib ketishi, nomzodlaming
bir-birini ayblashlari
umumiy jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, saylovda ishtirok
etgan mamlakatdagi ikki siyosiy yetakchilar - A.Abdulla va A.G‘.
Ahmadzoyning rasmiy natijalar e’lon qilinmasdan turib saylovda
g‘olib chiqqanliklari xususida ishonch bilan ma’lum qilishlari va
buning oqibatida yuzaga kelgan bahsli vaziyat AQSH yetakchiligida
muvofiqlashtirilishi122 alohida e’tibomi talab qiladi.
Afg‘onistondagi demokratik jarayonlaming kechishida o‘z
mas’uliyatini anglagan AQSH ikki nomzod o‘rtasida yuzaga kelgan
bahsni hal etishda muhim rol o‘ynadi
va muzokaralar natijasida
ikkala tomon hokimiyatni bo‘lishish to‘g‘risida o‘ziga xos
Do'stlaringiz bilan baham: