A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

SHAKLLANTIRILISHI
2004-yil iyun oyida Afg‘onistonda prezidentlik lavozimiga 
umumxalq saylovlari o‘tkazilishi mo‘ljallangan edi. H.Karzay 
boshchiligidagi o‘tish davri hukumati zimmasida bo‘lgan asosiy 
vazifalardan biri ham ana shu saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish, 
ovoz berish huquqiga ega saylovchilami ro‘yxatga olish, ovoz


berish uchastkalarini saylovga tayyorlash hamda saylovda ishtirok 
etuvchi nomzodlarga qonun doirasida barcha sharoitlami yaratib 
berish kabi masalalar edi. Ammo, saylovda ovoz berish huquqiga 
ega bo‘lgan saylovchilaming (10,5 mln. nafar) barchasini ro‘yxatga 
olish ishlari tugallanmaganligi, saylovni o‘tkazish bilan bog‘liq 
moliyaviy xarajatlarning yetarli emasligi hamda mamlakatdagi 
beqaror vaziyat tufayli saylovlar muayyan muddatga kechiktirildi.
2004-yil 9-oktabrda Afg‘oniston tarixida ilk bor demokratik 
ravishda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovda mamlakat 
o‘tish hukumati rahbari H.Karzay, Shimoliy Alyans namoyandasi 
M.Yu.Qonuniy, mamlakat shimolida katta ta’sirga ega general 
A.Do‘stum, sobiq rejalashtirish vaziri M.Muhaqqiq, shuningdek, 
ayollar shifokori doktor M.Jalol va boshqa nomzodlar ishtirok 
etishdi. Saylov natijalariga ko‘ra H.Karzay saylovchilaming 55,4% 
ovozini olib Afg‘oniston Islom Respublikasining dastlabki pre- 
zidenti lavozimini egalladi. Shuningdek, M.Yu.Qonuniy 16,3%, 
M.Muhaqqiq 11,6 %, A.Do‘stum 10,2 %, doktor M.Jalol esa 1,2% 
ovoz olishdi.
Afg‘oniston prezidentlik respublikasi bo‘lgani uchun yangi 
saylangan prezident o‘ziga xolis hukumatni shakllantirishi lozim- 
ligi mamlakat Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan. H.Karzay ham 
saylov natijalari rasmiy e’lon qilinganidan birmuncha muddat o‘tib
2004-yilning 23-dekabrida yangi hukumat tarkibi tuzilganligini ma’­
lum qildi. Yangi hukumatda asosiy o‘rinlami pushtun millatiga man­
sub shaxslar egallashdi. Chunki H.Karzay, agar saylovda g‘olib chiq- 
sa, koalitsion hukumat tuzish rejasi yo‘qligini saylovoldi kompaniyasi 
jarayonida bir necha bor 4a’kidlagan edi. Bunday holat mamlakatni 
toliblar zulmidan ozod qilishga katta hissa qo‘shgan Shimoliy 
Alyans vakillarining hokimiyatdan chetlashtirilganligini bildirardi 
va ba’zi noroziliklarga sabab bo‘ldi. Shunday qilib, Afg‘oniston 
rahbariyatining Karzayga sodiq bo‘lgan o‘zagini vise-prezidentlar -
Afg‘onistonning Rossiya Federatsiyasidagi sobiq elchisi A.Z.Mas’ud 
va hazoriylar namoyandasi M.K.Xaliliy hamda pushtun millatchilari
- Ichki Ishlar vaziri A.A.Jaloliy, Mudofaa vaziri A.Vardak, Moli-


ya vaziri A.H.Ahadiy, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish vaziri 
X.Atmar, Oliy Sud raisi F.X.Shinvoriy va Qobul gubematori mulla 
T.Muhammadlar tashkil qilishdi.
2009-yilning 20-avgustida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari 
natijasida H.Karzay yana davlat rahbari lavozimini egalladi121. 
Biroq, 2004-yil prezident saylovlarida muvaffaqiyat qozongan 
H.Karzay uchun 2009-yilgi prezident saylovlarida g‘alaba qozo- 
nish birmuncha qiyin kechdi. Saylov jarayonining cho‘zilishi, 
AQSHning talabi bilan ikkinchi turning belgilanishi, ikkinchi turda 
ishtirok etgan mamlakat sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla 
tarafdorlarining H.Karzayni ayblashlari ostida tashqi kuchlaming 
muayyan darajadagi sa’y-harakatlari yotganligini va bu orqali 
ular H.Karzayga bosim o‘tkazib, biroz cho‘chitib qo‘shishni 
istaganliklarini anglash mumkin. H.Karzayga nisbatan bu kabi bo­
sim o‘tkazish saylov tugagach ham to‘xtagani yo‘q va aksincha, yan­
gi hukumatni shakllantirish, hukumat siyosatini belgilash bo‘yicha 
g‘arb mamlakatlari o‘zlarining quyidagi talablarini ilgari surdilar:
- AQSH ma’muriyati Afg‘oniston prezidentiga hukumatni is- 
loh qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish uchun 6 oylik ultimatum 
e’lon qildi;
- Buyuk Britaniya Bosh vaziri Gordon Braun Afg‘onistonni 
poraxo‘rlik avjiga chiqqan mamlakat deya atadi va yangi hukumatda 
dala qo‘mondonlarini ko‘rishni istamayotganligini bildirdi;
- Fransiya Tashqi Ishlar vaziri Bemar Kushner H.Karzayni 
“g‘arbning odami” deya atadi hamda rasmiy Parij bo‘lib o‘tgan 
saylovlardagi H.Karzayning asosiy raqibi - doktor Abdullani 
Afg‘ onistonning yangi hukumatida keng vakolatlarga ega vazir 
lavozimida bo‘lishini talab qildi;
- BMT Bosh kotibining Afg‘onistondagi maxsus vakili Kay 
Eyde esa, korrupsiyaga qarshi kurashish va tuzilajak hukumat 
tarkibini shakllantirish bo‘yicha takliflar berdi.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish