Adaptiv (lot. adapto – moslashtiraman) signal/shovqin nisba- tini maksimallashtish uchun mo‘jallangan signallarga ishlov beruvchi antennaning turi hisoblanadi. Maksimallashtirish alo- hida qabul qilish kanallaridan keladigan signallar bilan qo‘shib chiqiladigan vazn koeffitsiyentlarini avtomatik rostlash orqali amalga oshiriladi.
Ko‘pincha adaptiv antenna – antennalar panjarasi hisoblanadi. Odatda, adaptiv antenna chiqishidagi yig‘indi xalaqitlar signali- ning so‘ndirilishini ta’minlaydigan signallarga ishlov berish foydali signalni qabullashgacha amalga oshiriladi. Ishlov berish tizimi apparaturalari vazn koeffitsiyentlari amplitudalarini va fazalarini rostlash uchun qurilmalardan foydalanishga asoslangan.
Vazn koeffitsiyentlarini rostlash signallarga ishlov berish tizimi chiqishi va adaptiv antennaning qabul qilish kanallari orasidagi teskari aloqa yordamida avtomatik amalga oshiriladi. Moslashtirish jarayoni dastlabki yo‘naltirilganlik diagrammasidan (YD) optimal vazn koeffitsiyentlarini ishlab chiqish jarayonida shakllantiriladigan kompensatsion YDni ayirishga ekvivalent bo‘ladi, shu tufayli natijaviy YD xalaqitlar manbalari yo‘nalishlarida og‘ishlarga ega.
Xalaqitlarni so‘ndirish chuqurligi, zarur signallarga ishlov berish apparaturasining hajmi ishlatiladigan moslashtirish usuli va uning aniq bir amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘ladi. Adaptiv antennaning variantlaridan biri o‘zi fokuslanadigan antennalar panjarasi hisoblanadi. Qabullash rejimida u qabul qilinadigan istalgan fazaviy frontli to‘lqinga barcha elementlar signallar sinfaz qo‘shib chiqiladigan ishlov beradi. Shu tufayli izotrop keladigan tashqi shovqinlarda adaptiv antenna chiqishidagi signal/shovqinning maksimal nisbati ta’minlanadi. O‘zi fokuslanadigan adaptiv antenna qabul qilish-uzatish rejimida ham ishlatilishi mumkin. Bunda signalning nurlanishi qabul qilinadigan to‘lqin manbayi yo‘nalishida amalga oshiriladi. Ham qabullash rejimida, ham uzatish rejimida qabul qilinadigan signal adaptiv antennaning alohida elementlaridagi toklar fazalarini boshqarish uchun ishlatiladi. O‘zi fokuslanadigan qabul qilish-uzatish adaptiv antennasi ma’lum ma’noda, xususan, optikada ishlatiladigan to‘lqin frontlarini boshqarish tizimlariga o‘xshash bo‘ladi. Adaptiv antennalar aloqa tizimlarida, radiolokatsiyada, radioastronomiyada va boshqa- larda qo‘llaniladi.