A jiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Boshlanǵich sinf o’quvchilariga ekologik ta`lim-tarbiya berish samaradorligini aniqlash usullari



Download 1,47 Mb.
bet17/22
Sana13.08.2021
Hajmi1,47 Mb.
#146860
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Диплом жумиси С.Гаипов

2.3. Boshlanǵich sinf o’quvchilariga ekologik ta`lim-tarbiya berish samaradorligini aniqlash usullari
O’zbekiston va Qoraqalpoǵiston Respublikalarida ekologiya va tabiatni muhofaza qilish muammolarining dolzarbligi pedagogika fani oldiga muhim vazifani-tabiatni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni biladigan yosh avlodni tarbiyalash masalasini quymoqda. Bu uta murakkab masala uquvchilar tomonidan inson va tabiat uzaro aloqadorligining ilmiy asoslari tula egallangan vaqtdagina ijobiy hal qilinishi mumkin.

Hozirgi zamon olimlari ekologik ta`lim-tarbiyaning maqsadi uquvchilarga atrof-muhitga mas`ullik munosabatini tarbiyalashga xizmat qiladigan bilim, qarash va e`tiqodlar tizimini shakllantirishdan iboratdir, deb hisoblamoqdalar.

Ekologik ta`lim-tarbiyaning bu maqsadi jamiyatimiz umumiy maqsadlari bilan chambarchas boǵliqdir. Vatanga sadoqat va mehnatga ongli munosatni atrofimizni urab turgan muhitga ma`sullik, ehtiyotkorlik va ǵamxurlik munosabatlarisiz tasavvur etish qiyin. Shuning uchun ham ekologik ta`lim-tarbiyaning maqsadi «xulq», «munosabat», «mas`ullik» kabi shaxsga xos tushunchalar, ularning keng qamrovli kategoriyalari bilan tavsiflanadi. Pedagoglar tomonidan uquvchilarga berilgan ekologik ta`lim-tarbiyaning natijasi bu insonning tabiatga nisbatan yuqori xulq madaniyatini shakllantirishdan iborat, deb ta`kidlashlari bejiz emas.

Bugungi kunda tabiatning uquvchi shaxsiga kursatadigan tarbiyaviy ta`siri, ularda tabiatga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish yullari va metodlarini ishlab chuqish muammosi ta`lim-tarbiya muammolari bilan shuǵullanuvchi pedagoglar, psixologlar va metodistlar diqqat-e`tiborini etarli darajada uziga qaratganicha yuq. Biroq keyingi yillarda «ekologik madaniyat» tushunchasi, uning mohiyatini aniqlash, shaxsning ekologik madaniyatini shakllantirish Shart-sharoitlarini tavsiflash, bu madaniyatning turli darajalari kursatkichlarini belgilashga oid qator ishlar amalga oshirildi.

Qoraqaploq maktablarining boshlanǵich sinf uquvchilariga beriladigan ta`lim-tarbiya mazmunini ekologik tushunchalar bilan boyitish muhim ahamiyat ega. uquvchilarda ekologik madaniyat elementlarini shakllatirishni pedagogik-psixologik jihatdan asoslangan holda uning umumiy mazmunini kursatish orqali Qoraqaploq maktablarida boshlanǵich sinf uquvchilariga ekologik ta`lim-tarbiya berish mezonlari, turlari, shakl va usullarini tanlashga yordam berishi mumkin.

Shunday qilib, kichik maktab yoshidagi uquvchilarda ekologik madaniyat elementlari, ya`ni tabiat, atrof-muhitga mas`ullik munosabatini shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari quyidagilarni uz ichiga oladi:

1. Boshlanǵich sinflarda ekologik ta`lim-tarbiya maqsadlari, vazifalari va tamoyillarining birligi.

2. Boshlanǵich sinflardagi ekologik ta`lim-tarbiyaning maqsadini kichik yoshli uquvchilarda ekologik madaniyat elementlarini (atrof-muhitga ma`sullik munosabatini) shakllantirish va faqat tabiatga iste`molchilik munosabatlarini bartaraf qilish sifatida tushunish.

3. Boshlanǵich sinflardagi ekologik ta`lim-tarbiya mazmuni va uning didaktik tamoyillarini aniqlash.

4. Qoraqaploq maktablarining boshlanǵich sinflarida ekologik ta`lim-tarbiyaning uziga xos tamoyillarini asoslash.

5. Kichik maktab yoshidagi uquvchilar dunyoqarashining tarkibiy elementi sifatida tabiatga ijobiy munosabatni qaror toptirish.

Qoraqaploq maktablarining 1-sinf uqish fani buyicha uquv dasturida bir marotaba sayr va sayohatlarga olib boriladi va «Tabiat alifbosi» bilan tanishtiriladi. Ular suv, havo, tuproq, usimlik va hayvonot dunyosi, insonlarning ular bilan munosabatini rasmlar, she`r, topishmoq, xalq maqollari, kichik hajmli mantlar orqali tanishadilar. Tabiat bilan tanishuv jarayonida uni muhofazalash, avaylab-asrash, unga mehr-muhabbat bilan qarashga hamda uvol, isrof, savob, nobud kabi suzlarning luǵaviy ma`nosinigina emas, balki amaliy ahamiyatini anglashga urgatish lozim.

Kichik maktab yoshi tabiatga oid bilimlarni uzlashtirish layoqati va qizuqishlari rivojlanib boradigan davrdir. Bu yoshdagi uquvchilar juda mehribon va ta`sirchan buladilar. Shu sababli, ularni ma`lum maqsadga yunaltirib, darslik va qushimcha adabiyotlardan olingan matnlar asosida tabiatni muhofaza qilishga undash mumkin.

Qoraqaploq maktablari boshlanǵich sinf uquvchilariga ekologik ta`lim-tarbiya berishning uziga xos mezonlari mavjud.

Mezon (kriteriya) suzi asosan ulchov, belgi, alomat ma`nolarini bildiradi. İlmiy tadqiqotimizning qiymatini belgilovchi mezonlar quyidagilardan iborat:

Qoraqaploq maktablarining boshlanǵich sinflarida ekologik ta`lim-tarbiya berishning pedagogik-psixologik asoslarini belgilash zaruriyati mavjud. Shuningdek, boshlanǵich sinflarda ekologik ta`lim-tarbiya berish mezonlari, uning turlari, shakl va usullarini aniqlash jarayonida xuddi shu pedagogik-psixologik asoslarga tayanish lozim. Qoraqaploq maktablarining boshlanǵich sinflarida ekologik ta`lim-tarbiya berishning bir qancha turlari mavjud. Masalan, bu sohadagi ishlarda uqish darsi jarayonida xalq pedagogikasi namunalaridan foydalangan holda ekologik ta`lim-tarbiya berish katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda Xalq mutafakkirlarining ilǵor fikrlari, qur`on va Hadislardan olingan hikmatli suzlar, ekologik tarbiyaga asoslangan fikrlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ekologik ta`lim-tarbiya boshlanǵich sinf uquvchilarining yosh xususiyatlariga, ruhiy holatiga asoslanib amalga oshiriladi. Qoraqaploq maktablarining boshlanǵich sinflarida ekologik ta`lim-tarbiya berishning shakl va usullarini aniqlash bir-birini boyitadi.

Qoraqaploq maktablarida boshlanǵich sinf uquvchilariga ekologik ta`lim-tarbiya berishda quyidagilarga e`tibor qaratish lozim. Masalan:

-yil fasllarini urgatuvchi mavzularga asoslangan holda atrof-muhitni tasvirlash.

-milliy qadriyatlarimizga suyangan holda, yaxshilik, odoblilik, insoniy qadriyatlarni, tozalik, mehnatsevarlik kabi xislatlarni urgatishga yunaltirish.

Maktablarda atrof-muhitni urganishning yana bir shakli «Bizing vatanumuz qaraqalpaqstan» kabi mavzudagi ma`lumotlarni uzlashtirish bilan boǵliq buladi. Bu xususda ulkamizda Nukus shahrining tabiiy kurinishi, Qoraqaploq millatiga xos bulgan jihatlarni ifodalovchi «Atam ekken bayterek» mavzusidagi matnlarni urgatish muhim ahamiyat kasb etadi.

Qoraqalpoǵiston ulkasida chorvadorlikning rivojlanishi u erdagi sur quyon, qaldirǵochlarni ifodalovchi mavzularni uqish darsi jarayonida tushuntirish orqali uquvchilarga ekologik bilim berishning yangi shakllari hosil buladi. Demak, Qoraqaploq maktablarida boshlanǵich sinf uquvchilariga ekologik bilim berish shakllari dars jarayonida shakllanib, rivojlanib boradi. Uni yanada takommillashtirish uchun ekologik bilim berishning usullarini tashkil etish kerak.

Bugungi kunda uquv dasturi maktab uquvchilarining tabiat, atrof-muhit va ekologik bilimlarini chuqurlashtirishga baǵishlangan uquv fanlarining mazmuni va maqsadiga boǵliq tarzda yaratilmoqda. Uqitish usullari har xil bulishi mumkin. Shularni hisobga olgan holda maktablarda ekologik ta`lim-tarbiya berish uchun qulay usullardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Jumladan:




Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish