A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

Muxtorjon Murtazoyev
0 ‘zbekistonda 
xizmat 
ko‘rsatgan 
madaniyat 
xodimi, 
0 ‘zbekiston  Bastakorlari  uyushmasi  a’zosi,  sozanda,  xonanda  va 
bastakor  Muxtorjon  Murtazoyev  zabardast  san’atkor lard an  biri.  U 
turli  mavzularda  bastalagan  rang-barang, jozibali  qo‘shiq,  yalla  va 
ashulalari xalqimizning sevimli xonandalarining bir necha avlodlari 
ijrolarida yangrab kelmoqda.
Mohir  ijrochi  sozanda,  atoqli  bastakor  ko‘p  yillik  ijodiy 
faoliyati  bilan XX asr o‘zbek musiqasi tarixida o‘chmas iz qoldirdi. 
M.Murtazoyev  Qo‘qon  shahrida  1909-yil  dunyoga  keldi.  U 
bolaligida  musiqaga  qiziqdi.  Ustozlar ko‘rdi.  Mashaqqatli hayot va
42


ijod  yo'lini  bosib  o‘tib,  ajoyib  ovozi  va  mohir  sozanda  sifatida 
xalqqa  tanildi.  0 ‘zbek  xalqining  musiqiy  merosini  chuqur 
o‘zlashtirgan  holda  o‘tmishdagi  va  zamondosh  bastakorlarga 
ergashdi.  Bastakorlik  ijodida o‘z  uslubiy  yo‘nalishini topib  olishda 
izlandi  va  ijobiy  natijalarga  erishdi.  1933-1940-yiIlarda  Qo‘qon 
shahar musiqali  drama teatrida musiqa  rahbari  lavozimida  ishlagan 
yillar  uning  uchun  haqiqiy  ijod  maktabi  bo‘ldi.  Bu  dargohda 
mashhur,  ajoyib  san’atkorlar  bilan  doimiy  ravishda  muloqotda 
bo‘ldi.  Mahalliy  shoirlarning  so‘zlariga  ilk  bor:  “BoMsin  omon”, 
“Bir  ishva  bilan”,  “Ey  go‘zal”,  “Obod  o‘lkam”,  “Jon jo ‘rajonim”, 
“Yigit qo‘shig‘i”,  “Hur diyor”,  “Umring ziyoda bo‘lsin”,  “Vatanga 
muhabbat”  kabi  qo'shiq  va  ashulalari  teatming  yakkaxon  xonan- 
dalari  tomonidan konsertlarda ijro  etilardi.  Teatming spektakllariga 
o‘zbek  xalq  musiqalaridan  tanlab  kiritdi  va  o£zi  ham  musiqalar 
bastaladi.
Ikkinchi  jahon  urushi  boshlangan  yili  Yangiyo‘l  teatrida 
bastakor  Yunus  Rajabiy  musiqa  rahbari  lavomiziga  tayinlandi.  U 
respublikada  nomlari  mashhur  bo'lgan  sozanda  va  xonandalami 
hamda  ayrim  iste’dodli  yosh  san’atkorlami  teatrda  ishlashga  taklif 
qildi.  Ulaming  orasida  Muxtorjon  Murtazoyev  ham  bor  edi.  Bu 
tinib-tinchimas  sozanda,  hofiz va  bastakor o‘z vazifasini  bajo  etish 
bilan  birga  vatanparvarlik,  jangovar  ruhda  “Vatanim”,  “Tor-mor 
aylay  bugun”,  “Maktubingizni  oldim”,  “Vafodorlar”,  “Malohat” 
kabi qo‘shiqlami yaratdi.
Urushdan keyingi  1945-1957-yillarda  Muxtorjon  Murtazoyev 
Muqimiy  nomli  Respublika  davlat  musiqali  teatrida  jo ‘mavoz 
lavozimida,  0 ‘zbekiston  Radiokomitetida  va  Qo‘qon  musiqali 
teatrida  faoliyat  ko‘rsatdi  hamda  mumtoz  va  zamondosh 
shoirlarning  turli  mavzularda  yozgan  she’rlariga  100  dan  ortiq 
qo‘shiq  va ashulalar yaratdi.  Ulaming  orasida:  “0 ‘rtama”,  “Gulzor 
makon”  (A.Navoiy  g'azallari),  “Bizni  tashlab”  (Miskin  g‘azali), 
“Jonim ila jonim” (Fuzuliy g‘azali), “Aylading qo‘yding” (Muqimiy 
g‘azali),  “Bir  ishva  bilan”  (Hamza  she’ri),  “Ey  ko‘ngil”, 
“Bulbullaring”,  “Tasadduq”,  “Jafo  ham  qilmading”,  “Shahlo- 
laringmu”,  “0 ‘rgilay”.  “0 ‘n  sakkiz  yoshimdadur”,  “Bamoligin- 
gizdan”,  “Vafodorlar”,  “Sumbullaringdan”  (Charxiy  she’rlari), 
“Jonim  erursan”  (Kamtar  she’ri),  “Tamanno”  (Kamtar  yoki
43


X.Yahyoyev  so‘zlarida  ijro  etadilar),  “Farg‘ona  tong  otguncha” 
(Haziniy she?ri) kabi ashulalari umrboqiyliklari bois yillar davomida 
mashhur  va  yosh  xonandalarrting  ijrolarida  yangrab,  xalqimizga 
ma’naviy ozuqa berib kelmoqdalar.
Ajoyib  inson,  yorqin  iste’dod  sohibi  bastakor,  xonanda  va 
sozanda Muxtorjon Murtazoyev o‘z noyob san’ati bilan xalq  dilida, 
musiqa san’atimiz tarixida o'chmas iz qoldirdi.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish