A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

Muhammadjon Mirzayev
0 ‘zbekiston  Xalq  artisti,  bastakor  va  sozanda  Muhammadjon 
Mirzayev  ajoyib,  shirali  qo'shiq,  yalla,  ashula  cholg‘u  musiqa  va 
raqs  kuylari  bilan  el-yurt hurmat e’tiboriga  sazovor  bo‘Iib,  XX  asr 
o‘zbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi.
U  bastakorlik  an’analarini  davom  ettirgan  holda  yaratgan 
asarlarida  zamonaviy  hayotni  Vatanni,  sevgi  muhabbatni,  vafo  va 
sadoqatni,  mardlik  va  jasoratni  ardoqlab  baralla  kuyladi. 
0 ‘zbekiston  bastakorlari  va  musiqashunoslari  uyushmasi  a’zosi 
Muhammadjon  Mirzayev  Toshkentda  1913-yilning  13-avgustida 
ishchi oilasida dunyoga keldi.  1920-yillardan boshlab to‘qimachilik 
kombinatida ishladi. Havaskorlar musiqa to‘garagiga faol qatnashib, 
mandolina  chalishni  o‘rgandi. 
1936-yil  0 ‘zbekiston  davlat 
filarmoniyasi  qoshida  mashhur  bastakor  sozanda  To‘xtasin  Jalilov 
rahbarligida  tashkil  topgan  “0 ‘zbek  ashula  va  raqs  ansambli”da 
sozanda  lavozimida  ishladi.  Mazkur  ansambl  uning  hayotida 
ijrochilik maktabini o‘tadi.
Ikkinchi  jahon  urushi  yillari  filarmoniya  tarkibida  tashkil 
topgan front konsert brigadalarning biriga mashhur yozuvchi Oybek 
rahbar,  kompozitor  Dadaali  Soatqulov  esa  musiqa  rahbari 
lavozimiga  tayinlangan  edilar.  Ana  shu  konsert  brigadada 
Muhamadjon Mirzayev ham sozanda lavozimida xizmat qildi.  1946- 
yili  yana  filarmoniyaga  qaytdi.  1948-yili  esa  Toshkent  davlat 
konservatoriyasida  “0 ‘zbek  xalq  cholg‘ulari”  kafedrasi  tashkil 
qilindi.  Muhammadjon  Mirzayev  birinchi  talabalar  qatorida 
o‘qishga  kirdi  va  1953-yili  bitirdi.  Shu  yildan  boshlab,  hayotining 
oxirigacha  filarmoniyada  rubobchi  yakkanavoz  ijrochi  sifatida 
shuhrat  qozondi.  Mohir  sozanda  Muhammadjon  Mirzayevning 
bastakorlik  ijodiyoti  XX  asming  50  -   80-yillarida  keng  quloch
44


yozdi,  gullab  yashnadi.  U  yillar  davomida  xalqimizning  sevimli 
xonanda,  sozandalariga  atab,  ulaming  ijrochilik  imkoniyatlariga 
mo‘ljallab,  300 dan Ortiq qo‘shiq va ashulalar yaratdi. Bular orasida 
‘Qachon  bo‘lg‘ay”,  “Sho‘xi  jononim  mening”,  “Yor  istar”, 
“Yo'lingda”  (Z.Furqat  she’rlari),  “Yakka  bu  Farg'onada” 
“Ko‘zlaring”,  “Suvrating”,  “Yolg'iz”,  “Yana”  (Muqimiy she’rlari), 
“Shaydo bo‘libman” (Kamtar she’ri), “Zor etding” (Jannatiy she’ri), 
“Parvo etib ket” (S.Abdulla she’ri) va h.k.
Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimkii,  bastakor  yillar  davomida 
Mukarama  Turg‘unboyeva  nomidagi  “Bahor”  raqs  ansambli 
0 ‘zbekiston davlat  filarmoniyasining  “Shodlik”,  “Lazgi”  ashula  va 
raqs  ansambllari  repertuarlarini  boyitib  keldi.  Ulaming  ijrolarida 
“Bahor  valsi”,  “Intizor  etma”,  “Ufori  sanam”,  “Gulnoz”  raqs 
qo‘shiqlari  va rubob  uchun bastalagan  kuylari juda mashhur bo‘lib 
ketdi.  Yorqin  iste’dod  sohibi,  zukko  bastakor  Muhammadjon 
Mirzayev  o‘z  davrining  mashhur  kuychisi  1937  -   1951  va  1959- 
yillarda  Moskvada  o‘tkazilgan  0 ‘zbekiston  adabiyoti  va  san’ati 
dekadalarida faol qatnashdi, turli orden va medallar, faxriy yorliqlar 
va 0 ‘zbekiston Xalq artisti faxriy unvoni bilan mukofotlandi.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish