2-modda
Investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoyalash
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri o‘z davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalarini rag‘batlantiradi va ularni amalga oshirish uchun barcha qulay sharoitlarni yaratadi hamda o‘ziga qonun tomonidan berilgan huquqlarga muvofiq ravishda shunday sarmoyalar kiritishga yo‘l qo‘yadi.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning invyestorlari amalga oshiradigan investitsiyalari uchun ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida adolatli va bir xil rejim, to‘liq himoya va xavfsizlik ta’minlanadi. Ahdlashuvchi Tomonlarning hech qaysisi o‘z hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning menejment, xizmatlar ko‘rsatish, investorlarning investitsiyalarini qo‘llash va joylashtirish, ulardan foydalanish borasida asossiz yoki ularni kamsituvchi choralar qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
3-modda
Milliy rejim va mumkin qadar qulayliklar yaratish rejimi qoidalari.
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri o‘z hududida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalari yoki daromadlari uchun o‘z invyestorlarining investitsiyalari yoki daromadlari uchun yoki istalgan uchinchi Davlat investorlarining investitsiyalari yoki daromadlari uchun yaratilganidan ko‘ra ziyodroq imkoniyatlar, qulay shart-sharoitlar yaratib beradi.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning investorlari uchun menejment, xizmatlar ko‘rsatish, ularning investitsiyalaridan foydalanish, ularni qo‘llash va joylashtirish borasida o‘z investorlari yoki istalgan uchinchi davlat investorlari uchun yaratilganidan ko‘ra yanada qulayroq bo‘lgan rejim yaratib beradi.
4-modda
Zararlar uchun tovon to‘lash
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining investori investitsiyalariga boshqa Ahdlashuvchi tomon hududida sodir bo‘lgan urush yoki boshqa qurolli to‘qnashuvlar, inqilob, favqulodda holatlar, isyon, qo‘zg‘olon, fuqarolar o‘rtasidagi tartibsizliklar yoki shunga o‘xshash boshqa voqealar oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplash ana shu Ahdlashuvchi Tomonga boshqa Ahdlashuvchi Tomon o‘z investorlari yoki istalgan uchinchi Davlat investorlari uchun yaratilganidan ko‘ra yanada qulayroq rejimda restitutsiyalar, tovon to‘lash yoki zararlarni qoplash tarzida amalga oshiriladi. Bunday to‘lovlar erkin ravishda o‘tkaziladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandiga xolis munosabatda bo‘lgan holda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining investorlariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yuqorida sanab o‘tilgan vaziyatlardan birortasi oqibatida, ya’ni:
a) ularning mulki boshqa Tomonning kuchi yoki hukmronligi natijasida rekvizitsiya qilingan holda, yoki
b) ularning mulki bosqinchilik xatti-harakati sodir etilganligi tufayli yoki vaziyat taqozosi bilan yuz bermagan holatlarda boshqa Tomonning kuchi yoki hukmronligi natijasida vayron etilgan holda yetkazilgan zarar uchun restitutsiya yoki aynan shunday tovon to‘lovlari to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |