13-modda
Kuchga kirish
Ushbu Bitim imzolangan kuni kuchga kiradi.
14-modda
Faoliyat muddati va uning tugashi
Ushbu Bitim o‘n yil muddatda o‘z kuchida qoladi. Bundan kyeyin Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga uning to‘xtatilishi to‘g‘risida yozma xabar bergan kundan boshlab o‘n ikki oy muddat o‘tguncha Bitim o‘z kuchida qoladi. Ushbu Bitim kuchda bo‘lgan sarmoyalarga nisbatan, uning qoidalari Bitim harakati to‘xtatilgan kundan keyin ham yigirma yil muddat ichida o‘z kuchida qolib, umumiy xalqaro huquq qoidalarining qo‘llanishiga muvofiq taxminlarsiz xizmat ko‘rsatadi.
Quyidagilarni tasdiqlab, o‘z hukumatlaridan tegishlicha vakolatlanganlar ushbu Bitimni imzoladilar.
London shahrida, 1993-yil 24-noyabrda, ikki asl nusxada, har biri o‘zbek va ingliz tillarida tuzildi, har ikkala matn ham bir xil kuchga ega.
(imzolar)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI VA ISROIL DAVLATI HUKUMATI O‘RTASIDA
BITIM
INVeSTItSIYaLARNI RAG‘BATLANTIRISh VA O‘ZARO HIMOYa QILISh TO‘G‘RISIDA
1994-yil 4 iyul, Toshkent
(1997-yil 18-fevraldan kuchga kirdi)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Isroil Davlati Hukumati, bundan buyon «Ahdlashuvchi Tomonlar» deb yuritiladi,
Har ikkala mamlakat uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirishni nazarda tutgan holda,
Bir Davlat invyestorlarining ikkinchi Davlat hududidagi yirik invyestitsiyalari uchun qulay sharoit yaratish maqsadini ko‘zlagan holda,
Mazkur Bitim asosida investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish har ikkala Davlatning o‘ziga xos ishchanlik tashabbusi va ravnaq topishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilishini e’tirof etgan holda,
quyidagilar xususida kelishib oldilar:
1-modda
Ta'riflar
Ushbu Bitim maqsadlariga erishish uchun:
1. «Investitsiya» atamasi barcha turdagi aktivlarni o‘z ichiga oladi va quyidagilarni ham qo‘shib hisoblagan holda hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga muvofiq tarzda qo‘llaniladi:
a) qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas mulk, bunday mulkka hamda barcha turdagi mulkka nisbatan har qanday egalik huquqlari;
b) aksiyalar, obligatsiyalarga ega bo‘lish va kompaniyalarda ishtirok etishning boshqa turlari natijasida olingan huquqlar;
v) pul talabnomalari, kompaniyaning xizmat munosabatlari va boshqa ulushlari hamda moliyaviy qimmatga ega bo‘lgan har qanday faoliyatga tegishli huquqlarga oid talablar;
g) intellektual mulk, texnologik jarayonlar va nou-xau sohasidagi huquqlar;
d) qonun yoki kontraktga muvofiq ravishda berilgan huquqlar, tabiiy resurslarni topish, ishlab chiqarish, qazib olish va ulardan foydalanish huquqlarini o‘z ichiga oluvchi ishchan konsessiyalar.
2. Hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari va qoidalariga muvofiq investitsiyalangan va qayta investitsiyalangan aktivlar shaklining o‘zgarishi ularning investitsiya sifatida ushbu Bitimda qayd etilgan mohiyati xarakteriga ta’sir ko‘rsatmaydi.
3. «Investor» atamasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan:
a) Isroil Davlati fuqarosi hisoblanuvchi, bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan;
b) O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari yoki doimiy yashovchilari Tomonidan bevosita yoki bilvosita ravishda nazorat qilinmaydigan kompaniyalar, shu jumladan, Isroil Davlatining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki tuzilgan korporasiyalar, firmalar va assosiatsiyalar.
Isroil Davlatida amalga oshirilgan investisiyalarga nisbatan:
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanib, bir vaqtning o‘zida Isroil Davlatining fuqarosi yoki doimiy yashovchisi bo‘lmagan jismoniy shaxslar;
b) Isroil Davlatining fuqarolari yoki doimiy yashovchilari Tomonidan byevosita yoki bilvosita ravishda nazorat qilinmaydigan kompaniyalar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki tuzilgan korporasiyalar, firmalar va assosiatsiyalar.
4. «Daromadlar» atamasi investitsiyadan, shu jumladan, investitsiyalar, daromadlar, investitsiyalarni to‘laligicha yoki qisman tugatishdan olingan summalar, foizlar, mulk qiymatining o‘sishi, royalti va xizmat turlari uchun to‘lovlardan olingan daromadlar summalarini o‘z ichiga oladi.
5. «Hudud» atamasi Ahdlashuvchi har bir tomonga nisbatan ana shu Ahdlashuvchi Tomonning hududini, shu jumladan, hududiy suv, kontinental shelf va Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zlarining suveren huquqlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan yoki xalqaro huquqqa muvofiq uning yurisdiksiyasida bo‘lgan va eksklyuziv iqtisodiy zonalarni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |