Baholarni jamlash usuli. Mutaxassisning baholangan sifatlari ballari
yig’indisi asosida attestatsiya xulosasi chiqariladi.
2. Belgalangan guruhlar usuli. Attestatsiya qilinayotgan mutaxassislar
namoyon etgan sifatlari bo’yicha guruhchalarga bo’linadi. Shundan so’ng bu
guruhchalardagi sifati quyi ball bilan baholangan mutaxassislar yuqori ball olgan
mutaxassislar bilan almashtiriladi.
3. Test sinovlari. G’arb davlatlarida keng tarqalgan usul. Hozirgi vaqtda
O’zbekistonda ham keng qo’llanilmoqda. Bu usulda mutaxassislar test savollari
javoblariga qarab attestatsiya qilinadilar.
Baholashning sun’iy miqdoriy usullari. Ularni qo’llash orqali mutaxassis
faoliyatining miqdoriy ko’rsatkichlari to’g’risida muayyan darajada xolis xulosalar
chiqarish mumkin. Bunday usullar guruhiga quyidagilar kiradi: