9-mavzu: din madaniyat fenomeni


-§. O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan diniy tashkilotlar



Download 101,87 Kb.
bet12/13
Sana26.05.2023
Hajmi101,87 Kb.
#944211
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
11-Din madaniyat fenomeni

7-§. O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan diniy tashkilotlar
1. Bir maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilish uchun birlashgan dindorlar yoki diniy tashkilotlar birlashmasi diniy uyushmani tashkil qiladi. Diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga ko‘maklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish ko‘radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o‘z-o‘zini boshqaruvchi uyushmaga diniy tashkilot deyiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi (1998) qonunida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusum va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi. Tegishli ustav (nizom) asosida faoliyat yurituvchi respublika diniy uyushmalari O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi O‘zbekiston musulmonlariga rahbarlik qiluvchi diniy tashkilot bo‘lib, musulmonlarni birlashtirish, ularning ibodati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, islom asoslarini targ‘ib qilish, malakali din xodimlarini tayyorlash, diniy adabiyotlar nashr etish kabilarni amalga oshiradi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi davlatdan ajralgan mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. Idora o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunga rioya qiladi. Oliy organi – Oliy hay’at va Allomalar kengashi bo‘lib, raisi muftiy hisoblanadi. Hozir O‘zbekiston musulmonlari idorasining muftiysi Usmonxon Alimovdir. O‘zbekiston musulmonlari idorasi ko‘pgina xorijiy diniy tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgan.
2. Bugungi kunda O‘zbekistonda 16 ta diniy konfessiyaga mansub 2276 ta diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Bu diniy tashkilotlardan 2093 tasi islomiy, 183 tasi noislomiy diniy tashkilotlar bo‘lib, ularning ichida 166 ta xristian cherkovi, 8 ta yahudiy ibodatxonasi, 6 ta bahoiy jamoalari, 1 ta krishnani anglash jamiyati mavjuddir.
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida boy tarixiy ma’naviy meros va milliy qadriyatlarni tiklash masalasiga katta e’tibor qaratilib, tarixiy ma’naviy merosimizda esa din omili muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekistonda tarixiy, ma’naviy merosni tiklashda Qur’onu karim, Hadisu sharif, Sharq mutafakkirlarining adolatli jamiyat qurish, komil insonni tarbiyalash masalasiga taalluqli bo‘lgan ma’naviy merosiga katta e’tibor qaratilmoqda. Milliy urf-odat, an’ana, udumlar va marosimlarga diniy omil bevosita ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, davlatchilikning tashkil topishi, huquqiy tizimning takomillashishi milliy g‘oya, ma’naviyat tarbiyasi, odat huquqidagi diniy qadriyatlar ga bevosita bog‘liq dir.
3. O‘zbekistonda dunyoviy davlat barpo etilmoqda. Lekin davlat dindorlarning haq-huquqlarini kafolatlash majburiyatini o‘z zimmasiga olgan holatda o‘z siyosatini olib bormoqda. O‘zbekiston Konstitutsiyasiga ko‘ra barcha fuqarolar uchun vijdon erkinligi kafolatlangan. Mazkur konstitutsiyaviy norma negizida O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan. O‘zbekiston Konstitutsiyasi va milliy qonunchilikda kafolatlangan vijdon va e’tiqod erkinligi barcha fuqarolarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda. O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri – bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqaroviy o‘zaro ahillikni mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lib, ushbu jarayonda din omiliga ham katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston zamini islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri bo‘lib, xalqimizning boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, jahon afkor ommasiga keng tanishtirish, eng muhimi, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish masalasi davlatimiz siyosatida muhim o‘rin tutmoqda. O‘zbekistonda din va e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
4. Hozirgi davrda inson, jamiyat haqidagi masalada diniy va dunyoviy dunyoqarashlar o‘rtasida dialog olib borilmoqda. Din sivilizatsiyalar ma’naviy birligini kuchaytirishning, sotsiomadaniy sohadagi hissiy va ilohiy elementlarning garmonik birligini tiklashning omiliga aylanib bormoqda. Sharq dunyoqarashida diniylik va dunyoviylik keskin ajralib turmaydi. Unda diniy, falsafiy qarashlar o‘zaro chirmashib ketgan. Sharq falsafasida ishlab chiqilayotgan g‘oyalar diniy mohiyatga ega bo‘lsada, insonning falsafiy dunyoqarashini kengaytiradi. O‘zbekistonning milliy mafkurasi o‘zining dunyoviy va diniy ildizlariga ega bo‘lib, bu dunyoviy va diniy ildizlar O‘zbekistonda adolatli, insonparvar jamiyat qurishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat dunyoviylik asosida rivojlanib, fuqarolarda ilmiy bilimlar asosida dunyoviy dunyoqarash shakllantirilmoqda. Diniy bilimlar, diniy dunyoqarashga ma’naviy meros, qadriyat sifatida munosabat shakllantirilib, inson kamoloti, jamiyat taraqqiyotiga yordam beruvchi dinning axloqiy, tarbiyaviy jihatlaridan ijobiy tarzda foydalanilmoqda. Globallashuv sharoitida diniy va dunyoviy dunyoqarashlar, mafkuralar o‘rtasida o‘zaro muloqot jarayonlari kuchayib bormoqda. Demokratiya tamoyillari jamiyat hayotida kuchayib borgan sari diniy va dunyoviy mafkuralar o‘rtasidagi munosabatlarda hamkorlik, hamjihatlak aloqalari mustahkamlanmoqda. Fuqarolar ma’naviyatini yuksaltirish, ular ongida bag‘rikenglik, hamkorlik munosabatlari ruhini shakllantirishda ham diniy va dunyoviy dunyoqarashlar uyg‘unligining ahamiyati katta bo‘lmoqda. Milliy mafkurada diniy va dunyoviy qadriyatlar hamohonglikda, yagona maqsadning qirralari sifatida namoyon bo‘lib, fuqarolar dunyoqarashining shakllanishida muhim o‘rin tutmoqda.
5.Fanda din va diniy dunyoqarashning paydo bo‘lib shakllanishiga oid ikki xil yondashuv mavjud bo‘lib, birinchi yondashuvga ko‘ra dinning paydo bo‘lishi bevosita inson va jamiyatning yaratilishiga bog‘liq deb hisoblanadi. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O‘zini tanitdi, natijada inson ilk dinga e’tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda “teologik yondashuv” deb nomlanadi. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan har qanday diniy ta’limot o‘zining paydo bo‘lishini inson va jamiyatning yaratilishi – ilk inson bilan bog‘lashini ko‘rish mumkin. Mazkur ta’limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan bo‘lib, Islom dinida butun yer yuzidagi insoniyat Odam Ato va Momo Havoning avlodlari bo‘lib hisoblanadi. Teologik yondashuvga ko‘ra, turli buyumlarga sig‘inish va ko‘pxudolik, jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga kelgan.
Dinning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi yondashuv uni fan taraqqiyoti bilan bog‘liq holda tushuntirib berishga harakat qiladi. Mazkur qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari tomonidan ilgari surilgan edi. Inson va jamiyatning paydo bo‘lishi tadrijiy taraqqiyotning natijasi ekanligi, insonda ong tafakkurning paydo bo‘lishi ilk diniy tasavvurlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lganligi fandagi yutuqlarga tayangan holatda asoslanadi. Ratsionalizm inson dunyoni aql yordamida bilishi, tushunishi mumkinligini e’tirof etadi. Hurfikrlilik diniy aqidalarga tanqidiy yondashib, dunyoni, insonni, jamiyatni o‘z davridagi fan yutuqlariga tayangan holda tushuntirishga harakat qildi. Charlz Darvin, Avgust Komt, Lyudvig Buxner va boshqalarning qarashlariga tayanilgan holda din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, hissiyotining mahsuli. Dinlar soddadan – murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko‘pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy tadrijiy taraqqiyot jarayonini bosib o‘tgan, degan yondashuv ilgari surildi.
Bugungi kunda dunyoda turli dinlarga e’tiqod qiluvchi kishilar mavjud bo‘lib, shu bilan birgalikda tarixning ma’lum paytlarida paydo bo‘lib, o‘z sivilizatsiyalarining yo‘q bo‘lishi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotgan qadimgi Misr, Yunoniston, Qadimgi Rim, Mesopotamiya, Urartu, Xett, Qadimgi german va slavyanlar, Amerika hindularining dini kabi dinlar mavjud bo‘lgan. Qadimgi Markaziy Osiyoda tangrichilik, zardushtiylik, moniylik kabi dinlarga e’tiqod qilingan. Shu bilan birgalikda yahudiylik dini iudaizm, Hindiston dinlari veydizm, vishnuizm, shivaizm, braxmanlik, hinduizm, jaynizm, sikxizm, Xitoy dinlari konfutsiychilik va daosizm, Yapon dini sintoizm, jahon dinlari bo‘lib hisoblangan buddaviylik, xristianlik, islom dinlari paydo bo‘lib, ulardan ayrimlari o‘z mavqelarini yo‘qotgan bo‘lsalar, ayrimlariga jahondagi ko‘pchilik odamlar e’tiqod qilib kelmoqdalar. Bugungi kunda globallashuv, axborotlashuv sharoitida dunyoning diniy manzarasida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Geopolitik maqsadlar, mehnat migratsiyasining kuchayishi, yaxshi hayotni orzu qilib boshqa hududlarga ko‘chish natijasida avvallari asosan xristianlar yashab kelgan Yevropada musulmonlar soni ko‘payib bormoqda. Hozirgi paytda islom dini e’tiqod qiluvchilari soni eng tez ko‘payib borayotgan din hisoblanadi. Shuningdek, aholisi an’anaviy ravishda buddaviylik va islomga e’tiqod qilib kelgan o‘lkalarda xristianlikni yoyishga intilish kuzatilib, mazkur jarayon ayrim xristian tashkilotlari va yo‘nalishlarining faol missionerlik harakati natijasida sodir bo‘lmoqda.
Xozirgi davrda diniy va dunyoviy dunyoqarashlar uyg‘unligi fuqarolar axloqiy va estetik tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Inson va jamiyatning ma’naviy kamolotida ilmiy bilimlar bilan birgalikda diniy e’tiqod alohida o‘rin tutib, u islom qadriyatlari va ruhiy bilimlar mag‘zini, ezgulik va poklikka da’vat etuvchi o‘gitlarni odamlar qalbiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Islom dini asrlar davomida xalqimizning muqaddas e’tiqodi, ma’naviy hayotining dasturilamali bo‘lib kelib, milliy ma’naviyatimiz va qadriyatlarimiz bo‘lgan islomiy axloq-odobdan yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalashda foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Islom jamiyat a’zolarini eng yuksak bashariy fazilatlar egasi qilib tarbiyalab, ularga insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, halollik, boshqa dinlarga ehtirom ko‘rsatish, olijanoblik va axloq kabi tushunchalarni singdiradi.
Islom dini o‘zining ma’naviy pokligi tufayli yangi demokratik davr talablariga javob bera oladi. Islomning kundalik hayot bilan chambarchas aloqasi shundaki, u har bir odamning o‘zligini anglashiga imkon beradi, shuningdek ularda odamlarning o‘zaro qon-qardosh va birodar ekanliklarini tan olish hissini tarbiyalaydi. Islom dini insonlarning tengligi, savob ishlarning muhimligi haqida ta’lim berib keldi. Islom dini negizida vujudga kelgan tasavvuf tariqati ilm-fan, madaniyat va adabiyot rivojiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Tasavvuf ta’limotiga ko‘ra bilimning boshi yuksak axloq-odobdan boshlanib, axloqiy me’yorlar, qoidalarning muayyan tizimi tasavvufning amaliy qismi, ya’ni mohiyatini ifodalaydi. Markaziy Osiyo xalqlari Uyg‘onish davri ma’naviy madaniyatining shakllanishi va taraqqiyoti, uning falsafiy-ilmiy va badiiy-estetik yo‘nalishlari mohiyatini tushunishda tasavvufning o‘rni va ahamiyati muhimdir. Tasavvuf ta’limotida komil inson masalasi Allohga yaqin bir vujud sifatida qaraladi. Dunyoviy bilimlarni o‘rganish, shariat ilmini, ilohiy bilimlarni egallash va unga amal qilish - hammasi inson kamolotining muhim jihatlari sifatida e’tirof etiladi. Komil insonning sifatlari tasavvufda, dinda, ilm ahllari orasida o‘ziga xos tarzda talqin etiladi. Shariat ahli nazarida komil inson - farz-sunnatning amallarini ado etuvchi mo‘min-musulmon hisoblansa, dunyoviy ilm namoyondalari unga aklli zot, deb ta’rif beradilar. Tasavvufda esa komil inson bo‘lish uchun inson fozillik, aqllilik, odillik, mo‘min-musulmonlikni bekamu ko‘st bajarishi zarur deb hisoblanadi. Komil insonda yaxshi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va ma’rifat namoyon bo‘ladi. Tasavvufning ma’naviy barkamol inson tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan insonparvarlik, soflik, haqiqat, go‘zallik, kamolot goyalari bugungi kunda barkamol insonni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Diniy ilmlar insonni ruhiy va ma’naviy yuksaklikka yetaklasa, dunyoviy ilmlar dunyoning mohiyatini anglash va insonning tafakkurini shakllantirish uchun xizmat kiladi. Islom dini avval boshidanoq insonni o‘qib-o‘rganishga va ilm vositasi bilan dunyoni anglab yetishga targ‘ib qilib kelgan. Jamiyat hayotida axloqiy va estetik tarbiya diniy va dunyoviy bilimlar hamda odamlar mehnati va maishiy hayoti bilan bog‘liq holda rivojlantirilgan. Islom madaniyati bugungi kunda ilm-fan, bilimlar, odob-axloq, huquqiy me’yorlar hamda go‘zalliklar vositasida anglanib, tarbiya jarayonida qo‘llanilib kelinmoqda.
Diniy urf-odatlar tarixiy ma’naviy meros va milliy qadriyatlarning tiklanishida, shaxs dunyoqarashi va tafakkurining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Diniy urf-odat va marosimlar fuqarolarning diniy ta’limotlardan, ularning qonun qoidalari va aqidalaridan kelib chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlaridan iboratdir. Diniy urf-odat va marosimlar diniy e’tiqod va ibodatning amaldagi ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi. Islom dinida aqiqa, amri-ma’ruf, xatna, ro‘za tutish va ramazon hayiti, qurbonlik qilish va qurbon hayiti, namoz, haj, janoza, sunnat, nikoh va boshqa urf-odat va marosimlar mavjud bo‘lib, bu urf-odat va marosimlar milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashib ketgandir. O‘zbekistonda diniy urf-odat va marosimlarning erkin o‘tkazilishi ta’minlanadi, ammo bunda qonunlar va jamoat tartibi buzilmasligiga, shahsga hamda fuqarolarning huquqiga dahl qilinmasligiga e’tibor qaratiladi. Diniy urf-odat va marosimlar ibodatxona, diniy tashkilot muassasalari, ziyoratgohlar, fuqarolarning xonadonlarida o‘tkazilib, xalqimizning milliy o‘zligini anglashida, tarixiy xotirasining tiklanishida, milliy qadriyatlarning yanada takomillashib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Diniy marosimlar dindorlarda Allohga itoatkorlik hissini uyg‘otishga qaratilgan odatlarni o‘zida ifodalaydi.



Download 101,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish