Iqtisodiy qudrati jihatidan jahonda AQSHdan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Yaponiya kema, avtomobil’, traktor, metallga ishlov beruvchi uskunalar, turmush elektronikasi robotlarni ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda birinchi o`rinni egallaydi. M.A.660 yilda imperator Dzimmu dastlabki davlatga asos soladi. Bir necha asrlar mobaynida Yaponiya Xitoy va Koreya madaniyati ta`siri ostida qoladi.Aynan shu davlatlardan VI asrda Yaponiyaga buddaviylik dini kirib keladi. 522 yilda Yamato sulolasi hokimiyatga keladi va Nara shahrini poytaxt deb e`lon qilib, Xitoy ma`muriy boshqaruv tizimini joriy etishadi. 794 yildan Xeyan davri boshlanib, poytaxt Kiotoga ko`chiriladi. IX asrda yapon yozuvi shakllanadi. XI asrdan rasman hukmdor bo`lib,amalda hokimiyat Syogun qo`liga o`tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |