8-мavzu: Hazm fiziologiyasi. Og’iz boshlig’i, me’da hazimlanish. Reja


So‘lak ajralishining boshqarilishi



Download 1,37 Mb.
bet6/22
Sana31.12.2021
Hajmi1,37 Mb.
#200420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
маъруза 8

So‘lak ajralishining boshqarilishi. So‘lak bezlarining sekretsiyasi refleks yo‘li bilan qo‘zg‘aladi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi retseptorlarga ta’sir qiluvchi ovqat moddalari yoki rad etiluvchi moddalar shartsiz so‘lak ajralish reflekslarini vujudga keltiradi. Ta’sirot etarlicha kuchli bo‘lsa, 1-3 sekunddan keyin so‘lak ajraladi. Ta’sirot berilgandan to so‘lak ajralguncha o‘tadigan bu vaqt yashirin, yoki latent davr deb atalgan. Ta’sirot kuchi kam bo‘lsa, latent davr 20-30 sekundga etadi. Ta’sirot davom etayotgan vaqt ichida so‘lak ajralaveradi, ta’sirot to‘xtagach tez orada so‘lak chiqishi ham to‘xtaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining retseptorlari ta’sirlanganda paydo bo‘luvchi impulslar n. trigeminus va n. glossopharyngeus tolalari orqali uzunchoq miyadagi n. facialis va n. glossopharyngeus yadrolari joylashgan sohadagi so‘lak ajratish markaziga borib etadi. Uzunchoq miyaning shu sohasi zlektr toki bilan ta’sirlanganda bir talay so‘lak ajraladi. B. P. Babkin fikricha, uzunchoq miyadagi so‘lak ajratish markazi so‘lak bezlarining turli hujayralarini innervatsiyalovchi ikki bo‘lak - simpatik va parasimpatik qismlardan iborat. Jag‘ oldi bezi n. glossopharyngeus tarkibidagi sekretor tolalardan parasimpatik innervatsiya oladi. Jag‘ osti va til osti bezlari n. facialis tarmog‘i - chorda tympani-dan parasimpatik sekretor tolalar oladi. So‘lak bezlari bo‘yinning yuqori simpatik tugunidan chiqqan tolalardan simpatik innervatsiya oladi. Orqa miyaning 2-6-ko‘krak segmentlari ro‘parasidagi yon shoxlarida joylashgan preganglionar neyronlarning o‘siqlari postganglionar neyronlarda tugaydi, bu neyronlar esa bo‘yinning yuqori simpatik tugunida bo‘ladi.

Og‘iz bo‘shlig‘ining sezuvchi nervlari yoki so‘lak bezlarining parasimpatik va simpatik sekretor nerv­lari qirqib qo‘yilsa, ovqat eyilganda yoki rad etiluvchi moddalar og‘izga solinganda so‘lak ajralishi tamomila to‘xtaydi. Bu, so‘lak bezlari sekretsiyasining reflektor mexanizmi borligini isbot etadi. Chorda tympani tarkibida o‘tuvchi parasimpatik nerv tolalari jag‘ osti bezidan shilimshiq hujayralarga, sim­patik tolalar esa seroz hujayralarga innervatsiya berishi gistologik kuzatishlarda aniqlangan. So‘lak bezlari innervatsiyasining bu xususiyatlari og‘iz bo‘shlig‘i retseptorlarining turli moddalar bilan ta’sirlanishiga javoban so‘lak tarkibining har xil bo‘lishini tushuntirib beradi. Gap shundaki, og‘iz bo‘shlig‘ining turli retseptorlari ta’sirlanganda so‘lak ajratish markazining ikki parasimpatik va simpatik qismlari bir xilda qo‘zg‘almaydi. So‘lak ajratish markazidan efferent (markazdan qochuvchi) impulslar so‘lak bezlarining turli hujayralariga kelishi mumkin. Turli ta’sirlovchilar refleks yo‘li bilan ta’sir etganda so‘lak ajralishining xarakteri har xil bo‘lishiga sabab shu.So‘lak bezlarining sekretor nervlari ta’sirlanganda nerv oxirlarida bez hujayralari sekretsiyasini qo‘zg‘atuvchi mediatorlar hosil bo‘ladi. Masalan, chorda tympani ta’sirlanganda uning nerv oxirlarida atsetilxolin hosil bo‘ladi. Atsetilxolin normal fiziologik sharoitda faqat hosil bo‘lgan joyida ta’sir ko‘rsatadi, chunki to‘qimalar bilan qondagi xolinesteraza fermenti atsetilxolinni darhol parchalaydi. Xolinesteraza aktivligi ezerin yordamida susaytirilsa va atsetilxolinniag parchalaiishi shu tariqa to‘xtatilsa, bu mediator qonga o‘tib, o‘zi hosil bo‘ladigan organdan boshqa organlarga ta’sir ko‘rsata­di. SHuning uchun ezerin berilgan hayvonning biror so‘lak beziga kiruvchi chorda tympani ta’sirlanganda boshqa so‘lak bezlari sekretsiyasini, shuningdek atsetilxolinga xos bo‘lgan bir qancha fiziologik effektlarni (masalan, yurak faoliyatining sekinlashuvi va tomirlarning kengayishi oqibatida qon bosimi pasayganini) kuzatish mumkin. So‘lak bezlarining parasimpatak nervlari ta’sirlanganda, bez to‘qimasida atsetilxolindan tashqari, tomirlarni kengaytiruvchi modda - kallikrein xosil bo‘ladi.




Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish