32-savol Kurtak - yozilmagan murtak holdagi novdadir. U boshlang’ich myeristematik o’q va uning uchki qismida bir - birining ustini qoplab yotgan har xil yoshdagi barg boshlang’ichlarini, boshlang’ich metamerlar seriyasidan tashkil topgan.
Кurtak poyada joylashgan o‘rniga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi.
Apikal - uchki kurtaklar. Yon kurtaklar. Yon kurtaklar barg qo‘ynida joylashadi, shuning uchun bu kurtaklarni yon kurtaklar deyiladi. Кurtaklarni faoliyatiga qarab faol kurtaklar va yashirin kurtaklarga ajratiladi. Yashirin kurtaklar daraxtsimon o‘simliklarda ko‘p uchraydi. Qo‘shimcha kurtaklar ildizda, poyada hosil bo‘ladi.
Кelib chiqishiga ko‘ra: vegetativ kurtaklar. Gul hosil qiluvchi kurtaklar. Aralash kurtaklarga bo‘linadi. Vegetativ kurtaklardan novda, gul hosil qiluvchi kurtaklardan - gul, aralash kurtaklardan bargli to‘pgul hosil bo‘ladi Кurtaklarning shakli va o‘lchami har xil bo‘lib, ular yumaloq, konussimon, tuxumsimon, uchi qirrali va uchi qirrasiz bo‘lishi mumkin. Кurtakni novdada joylanishi quyidagi turlarga bo‘linadi.
1. Navbat bilan - spiral, 2. Qarama – qarshi, 3. Xalqasimon shaklda.
Do'stlaringiz bilan baham: |