7-мavzu: Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi. Reja



Download 1,03 Mb.
bet14/15
Sana31.12.2021
Hajmi1,03 Mb.
#200414
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
маъруза 7

Sun’iy nafas. Nafas markazi shikastlanganida ishlamay qo‘yib, mustaqil nafas olish to‘xtaydi, shunda gaz almashinuvini bir qadar ta’minlovchi sun’iy nafas oldirish chorasi ko‘riladi. Sun’iy nafas oldirish usullarining uch turi bor: 1) nafas yo‘llari orqali o‘pkaga havoni ritmik ravishda kiritish; 2) ko‘krak qafasini tabiiy nafas harakatlaridagi kabi sun’iy ritmik kengaytirish va qisish; 3) nafas muskullarini elektr toki bilan ritmik stimullash.

Birinchi usul ko‘proq tarqalgan bo‘lib unda qo‘l yoki motor bilan harakatga keltiriladigan maxsus mesh yoki nasos yordamida o‘pkaga havo kiritiladi. Nafas chiqarish (ekspiratsiya) odatda passiv ravishda ro‘y beradi. O‘pkaga havoni aktiv kiritish bilan birga o‘pkadan havo so‘rib oluvchi apparatlar ham yaratilgan. Maxsus apparatlar bo‘lmaganda tez yordam berish uchun eng oddiy usul — og‘izdan og‘izga nafas oldirish usulini tatbiq etish mumkin. Bunda birinchi yordam ko‘rsatuvchi kishi nafasidan chiqayotgan havoni zararlangan kishining og‘ziga zo‘r berib puflaydi va uning o‘pkasini shishiradi. Nafasdan chiqadigan havodagi kislorod miqdori (16—17%) normal gaz almashinuvi uchun butunlay etarli, nafasdan chiqadigan havodagi karbonat angidridning yuqori protsenti (3—4%) esa shikastlangan kishining nafas markazini stimullashga imkon beradi.

Sun’iy nafas oldirishning ikkinchi usuli — ko‘krak qafasini ritmik kengaytirish va qisishning turli modifikatsiyalari qo‘llanadi. Ularning eng oddiysi — ko‘krak qafasini tabiiy nafas olish ritmida qo‘l bilan qattiqroq qisishdir. Bosish to‘xtatilishi bilan ko‘krak qafasi har gal passiv ravishda kengayadi va o‘pkaga havo kiradi. Uzoq vaqt sun’iy nafas oldirish uchun «temir o‘pka» degan maxsus apparat ishlatiladi. U sarkofag tipidagi metall kameradan iborat bo‘lib, ichiga shikastlangan kishi joylashtiriladi. Kameraning oldingi devorida bosh bilan bo‘yin uchun teshik va maxsus yoqa bor. Odam kameraga joylashtirilganda maxsus yoqa kameraning germetikligini ta’minlaydi. Ayni vaqtda bosh kameradan tashqarida bo‘lib, odamning nafas yo‘llari atmosfera havosiga tutashadi. Donders tajribasida shisha idishdagi bosim o‘zgartirilgani kabi, maxsus kompressor kamerada yuqori va past bosimni hosil qilib turadi. Kameradagi bosim pasayganda atmosfera havosi nafas yo‘llari orqali o‘pkaga kiradi va ko‘krak qafasini kengaytiradi. Kameradagi bosim ortganda esa ko‘krak qafasi qisilib, o‘pkadan havo chiqadi. Sun’iy nafas oldirishning bu usulini uzoq vaqt (ba’zan bir necha oy) tatbiq etish mumkin. Sun’iy nafas oldirishning uchinchi usuli eksperimentda tekshirib ko‘rilmoqda. Bu usul hayvonlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda, biroq klinik praktikada hali keng joriy etilgani yo‘q.

So‘nggi vaqtda sun’iy nafas oldirish uchun qo‘llaniladigan apparatlar bu apparatlarning ishini qondagi kislorod miqdoriga qarab avtomatik ravishda boshqarib turuvchi maxsus qurilmalarga ulab qo‘yiladi. Gemoglobinning kislorod bilan to‘yinishi kamayganda sun’iy nafas olish tezlashadi va o‘pka ventilyasiyasi kuchayadi.



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish