7-mavzu. Inson kapitali va inson taraqqiyoti (4 soat)


Инсон капиталининг таркиби



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana18.11.2022
Hajmi0,58 Mb.
#867860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
7- мавзу Inson kapitali va inson taraqqiyoti

Инсон капиталининг таркиби 
Ажратиб бериладиган инсон 
капиталининг турлари 
Ажратиб берилмайдиган инсон 
капиталининг турлари 
Маданий-аҳлоқий 
Саломатлик (биофизик) 
Меҳнат 
Ташкилий-тадбиркорлик 
Ижтимоий-маданий 
Социал 
Таркибий 
Ташкилий 
Мижоз (бренд-капитал) 


5. 
Intellektual kapital
. Intellektual faoliyatning mahsuloti muallifning mutlaq 
mulki sifatida mualliflik huquqi bilan patentlanadi va mustahkamlanadi. Bu 
kapitaldan iqtisodiyotda qanday foydalanish yo‘nalishlarini va shakllarini belgilash 
huquqi muallifga tegishlidir. Intellektual mulk ob’ektlari xo‘jalik aylanmasiga 
korxonalarning moddiy aktivlari sifatida jalb etiladi hamda ularning, shuningdek 
ushbu aktiv egalarining daromadlarini ko‘paytiradi. 
6. 
Tashkiliy-tadbirkorlik kapitali
. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 
yoki korxona personalini boshqarish uchun tashkilotchilik qobiliyati, yuksak 
mas’uliyat, ishbilarmorlik, yangilikka intilish, tejamkorlik, iroda, oqilona 
tavakkalchilik qilish talab qilinadi. Ana shu kapital – nou-xau, tijorat sirlariga ega 
bo‘lish ularni tashkiliy-tadbirkorlik kapitaliga aylantirish imkonini beradi. 
Ishbilarmonlik darajasi xususiy va nazorat qilinadigan kapital miqdorida o‘z 
ifodasini topadi. Bu esa kichik, o‘rta va yirik biznesni ajratib ko‘rsatish imkonini 
beradi. 
Yuqorida qayd qilingan inson kapitalining turlari mazkur iqtisodiy 
kategoriyaning 
ajratib berilmaydigan
turlariga taaluqlidir. 
Ajratib beriladigan
inson kapitali turlariga esa qo‘yidagilar kiradi: 
• ijtimoiy-madaniy inson kapitali.
Bu kapital xodimlar madaniy sifatlari va 
qobiliyatlarining integratsiyalashishi va kooperatsiyalashishini, ijtimoiy takror 
hosil qilish tarkibida doimiy axborot, ilmiy, ta’lim, texnologik oqimlar mavjud 
bo‘lishini aks ettiradi; 
• sotsial kapital.
Sotsial normalar, ishonch va hokazolar uning unsurlari 
xisoblanadi. Sotsial kapital har bir iqtisodiy sub’ekt u yoki bu tarzda ijtimoiy 
munosabatlar tizimiga integratsiya qilinganligii bilan bog‘liqdir. Inson kapitalining 
ushbu turi qator o‘ziga xos xususiyatlarga egadir: 
birinchidan, bu hamisha tashkillashtirilgan o‘zaro munosabatlar mahsulidir, 
shuning uchun shaxsiy emas, balki ijtimoiy shaklga egadir; 
ikkinchidan, sotsial kapital tashkiliy-ijtimoiy tizim amal etishining unsuri 
sifatida xususiy mulk bo‘lishi mumkin emas, ya’ni ijtimoiy ne’mat xisoblanadi. 
A.I. Merko sotsial kapital axborot, g‘oyalar, ishonch, kooperatsiya, hissiy 
qo‘llab-quvvatlash va tashkiliy darajaning boshqa unsurlarini qamrab olgan deb 
xisoblaydi. Bundan kelib chiqqan xolda u ijtimoiy kapitalning ikki darajasini 
ajratib ko‘rsatadi
15

1. Tarkibiy kapital – bu xo‘jalik yurutuvchi sub’ektning bozorning o‘zgarib 
boradigan kon’yunkturasiga moslashgan hamda buni korxona uchun manfaatli 
yo‘nalishga qaratgan holda o‘z tashkiliy tuzilmasini boshqarish qobiliyatidir
16
.
Hozirgi davr iqtisodiyotida firmalar ish ko‘radigan raqobat muhiti 
innovatsiyalar ta’siri ostida mutassil o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlarning 
yuqori sur’ati korxona muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni 
murakkablashtiradi. Ana shunday sharoitlardan biri - korxonada salmoqli darajada 
tarkibiy kapital mavjud bo‘lishidir. 
15
Мерко А.И. Социально–ответственный бизнес–взаимосвязь государственной и корпоративной политики в 
глобализирующемся мире. Монография. – М., 2009. - С.180. 
16
Костюк В.Н. Теория эволюции и социоэкономические процессы. – М.: УРСС, 2004.- С.126. 


2. Tashkiliy kapital. Moxiyat jihatidan bu xo‘jalik yuritishning tizimga solish 
malakasi hamda tashkiliy imkoniyatlardir. Tashkiliy kapital quyudagilarni qamrab 
oladi: 
innovatsiyalar kapitali
– ularga muhofaza qilgan tijorat huquqlari, intellektual 
mulk hamda boshqa nomoddiy aktivlar va firmani yangilanishga qodirligini 
ta’minlaydigan qadriyatlar kiradi; 
jarayonlar kapitali
– ularga, masalan, ishlab chiqarish, mahsulotni sotish, 
maxsulot sotishdan so‘ng servis xizmati ko‘rsatish tizimlarini, ya’ni ular natijasida 
mahsulot qiymatini shakllantiradigan kapitalni kiritish mumkin. 
Shu bilan birgalikda 
mijozlar kapitali (brend-kapital
) ham farqlanadi. 
Mijozlar kapitaliga ega bo‘lgan korxona faoliyatini mahsulot yoki xizmatdan 
foydalanuvchini “iste’mol qiymatini birgalikda yaratish va takomillashtirishga jalb 
etish” korxonasi deb atash mumkin. Bunda xaridor korxona tomonidan yaratilgan 
barcha mahsulotlar va xizmatlarning oliy hakami vazifasini bajaradi
17

Inson kapitalining yuqorida qayd qilingan tarkibi mazkur iqtisodiy kategoriya 
insonning o‘zi serqirra ekanligi bilan izohlanadi. Ishlab chiqarish kapitali 
doirasidagi ashyoviy va inson kapitali yaxlitligi va ajralmasligiga qaramasdan 
inson kapitali tobora mavqei ortib, yetakchi rol o‘ynamoqda. Bevosita inson 
kapitali iste’mol qilinayotgan jismoniy kapitalning tovarlardagi qiymatini saqlab 
turadi hamda ish kuchi qiymatini qoplaydigan va kapital egalariga foyda 
keltiradigan yangi qiymat yaratadi. 
Professor q.X. Abdurahmonovning fikricha, “Inson kapitalini ahamiyati tabiiy 
resurslar, moddiy boylik va vositalarga qaraganda yuqoriroqdir”
18
. Shuning uchun 
inson kapitali iqtisodiy o‘sish va samaradorlikning asosiy omilidir. Inson 
kapitalining iqtisodiy kategoriyasi sifatidagi tushunchasi jahon axborot 
hamjamiyati va “bilimlar iqtisodiyoti” rivojlanishi bilan birgalikda muntazam 
ravishda kengayib bormoqda. Hozirgi davrda inson kapitali intellektual va 
boshqaruv mehnatini, yashash va mehnat faoliyati muhitini qamrab oladigan 
iqtisodiyotni, jamiyat va oilani rivojlantirishning intensiv ishlab chiqarish omilidir. 
Bu inson kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqaruvchi omili sifatida samarali va 
oqilona amal etishini ta’minlaydi
19

Inson kapitali nazariyasiga muvofiq, inson kapitalining to‘planishi turli 
shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Ularning eng asosiylari ta’lim olish hamda 
kasbiy tayyorgarlik davomida qobiliyatlarni rivojlantirish asosida kapitalni 
to‘plashdir. Odatda bu qatordan oiladagi tarbiya ham o‘rin oladi.
Shu bilan birga kapitalni to‘plashning boshqa shakllari ham mavjuddir. O‘z 
sog‘lig‘i to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish (investitsiya kiritish), migratsiya, 
iqtisodiyot, mehnat bozori amal etishi to‘g‘risida axborot olish hamda insonning 
intellektual va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni, bu qobiliyatlardan 
17
Эдвинссон Л., Мэлоун М. Интеллектуальный капитал. Определение истинной стоимости компании. –М.: 
Академия, 1999. - С. 442.
18
Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти. –Т.: Меҳнат, 2009. - Б.182.
19
Корчагин Ю. А. Инвестиционная стратегия. — Ростов-на-Дону: Феникс, 2006. С. 17. 


foydalanish mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan boshqa 
shakllar shular jumlasidandir. 
Inson kapitalining shakllanishi manbalaridan (davlat, oila, xususiy shaxslar va 
boshqalar) qat’i nazar undan foydalanish va bevosita daromad olish insonning o‘zi 
tomonidan nazorat qilinadi. 
Alohida shaxsning inson kapitali
uning salomatligi, sog‘lig‘i, qobiliyati, bilimi 
va ko‘nikmalaridan iboratdir. “Insonning qiymati” uning hayoti bosqichlarida ortib 
boradi, bu qiymatdan mehnat unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi, ayni 
paytda shaxsiy kapital daromadlarini ko‘paytiradi va insonni o‘z qobiliyatini 
yanada oshirishga shaxsiy investitsiyalar kiritishga rag‘batlantiradi. 
Korxonaning inson kapitali
da xozirgi vaqtda savdo belgisi, personal va yangi 
texnologiyalar sifatidagi nomoddiy aktivlar alohida rol o‘ynaydi. Bu kapitalga, 
shuningdek shaxsiy inson kapitali aktivlarini (litsenziyalar, patentlar, mualliflik 
guvohnomalari), firmaning nomoddiy aktivlarini (tovar belgilari) tashkiliy kapital, 
tarkibiy, kapital, brend-kapital va ijtimoiy kapitalini kiritish mumkin. 
Milliy inson kapitali
ijtimoiy, siyosiy kapitalni, milliy intellektual 
ustuvorliklarni, milliy raqobat ustunliklarini va millatning tabiiy salohiyatini 
qamrab oladi. Milliy inson kapitali har bir rivojlanayotgan mamlakat milliy 
boyligining yarmidan ko‘prog‘ini, jaxonning taraqqiy etgan davlatlarida esa 70,0-
80,0 % dan ortig‘ini tashkil etadi. 
7.3. 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish