IV BOBNI TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA MASALALAR
1. Agar jism anizotropiya xossasiga ega bo‘lsa, u albatta kristall jism bo‘lishi shartmi?
Shart emas, chunki ba’zi amorf yoki suyuq moddalar ham anizotroiyaga ega
2. Agar shisha amorf bo‘lmay, kristall jism bo‘lsa, shisha puflovchilar kasbi paydo bo‘larmidi?
Yo’q, amorf bo’lgani uchun u issiqda oquvchan bo’lib, shisha puflovchilar buyum yasaydilar
3. O‘ta to‘yingan eritmaga yoki qorishmaga joylashtirilgan kristallning o‘sish tezligi turli yo‘nalishlarda turlicha bo‘lishini qanday isbotlash mumkin?
Turli yo‘nalishlarda turlicha o’sishini sababi – kristallning anizotropiyaga egaligidir.
4. Monokristalldan qirqilgan kubni qizdirganda, u parallelepipedga aylanishi mumkin. Bu hodisa sababini tushuntiring.
Monokristall anizotrop xususiyatga ega bo‘ladi, shuni uchun qizdirganda, u kub shaklidan parallelepipedga aylanadi
5. Kristallning o‘sishi jarayonida uning sirti yaqinida eritmaning yuqoriga ko‘tarilib boruvchi konsentratsion oqimi kuzatiladi. Bu hodisani tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |